10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə31/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu PB

Konferensiya usuli — ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Bu usulda tinglovchilar guruhi har biri 3—4 kishidan iborat bo‘lgan guruhchalarga bo‘linadi. Har bir guruhcha o‘z etakchisini tanlaydi. U guruhcha ishini tashkil etadi. SHundan so‘ng o‘qituvchi guruhcha muhokamasiga qo‘yilayotgan muammoni e’lon qiladi. Ushbu muammoni hal etish hamda so‘zga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish uchun muayyan vaqt (bu vaqt muammo murakkabligiga qarab belgilanadi) ajratiladi.
Mazkur mashg‘ulotning tarkibiy qismi hisoblanadigan bahs-larning birinchi bosqichida tinglovchilar muammoni hal etish yuzasidan bir fikrga kelishga harakat qiladilar. O‘qituvchi har bir guruhcha etakchisiga 3 daqiqagacha so‘z beradi. Etakchi guruhchaning muammoni hal etish xususida fikrini bildiradi. Boshqa guruhchalar etakchilari bu fikrlarga e’tirozlarini bayon etishlari mumkin. O‘qituvchi guruhchalar fikrlarini qayd qilib boradi.
Bahslarning ikkinchi bosqichida,guruh bildirilgan fikrlarni tahlil etadi va ulardan eng maqbulini tanlaydi. O‘qituvchi mashg‘u-lotga yakun yasaydi.
Ehtimol tutilgan voqealarni tadqiq etish usuli. Bu amalda bo‘lgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan aniq vaziyatlarning yozma bayonidir. Tinglovchilarga ushbu hodisani o‘rganish, yuzaga kelgan muammoni aniqlash, uning ahamiyatini tahlil etish, muammoni hal etishning bir necha yo‘llarini taklif etish va bu yo‘llardan birini tanlab, ijrosini ta’minlash taklif etiladi. Bu usulda o‘qituvchi-yo‘riq-chining mahorati guruhdagi barcha tinglovchilarni yozma ravishda bayon etilgan muammo muhokamasiga faol jalb eta olishida namoyon bo‘ladi. U tinglovchilarning muammoni hal etish yo‘llari haqidagi fikrlarida tafovut bo‘lishiga rag‘bat berib turishi, muammoning muhokama ishtirokchilari nazaridan chetda qolgan jihatlari yuzasidan bahs yuritishda tashabbuskor bo‘lishi ham talab etiladi.
Hodisa usuli ham muammoli o‘qitish turlaridan biridir. Ushbu holda o‘qituvchi muammo to‘g‘risida umumiy tushunchalarni bayon etadi. Tinglovchilar esa ushbu hodisani ko‘rib chiqish jarayonida o‘z rollarini mustaqil ravishda topishlari taklif etiladi. Muammo yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar agar tinglovchilar bu haqda savol bergan taqdirlaridagina ma’lum qilinadi.
Hodisa uslubi ayniqsa, menejerlar va ularga bo‘ysunuvchilar, shuningdek, mehnat jamoalari a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tahlil etishda qo‘l keladi. Ushbu uslubning maqsadi menejerlarni zarur axborotlarni yaxshiroq tanlab olib, ulardan oqilona qaror qilish uchun mohirona ishlata olishga o‘rgatishdir.
Aqliy hujum" usuli. Tinglovchilar bu usulda o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan muammoni hal etish uchun „jamoa aqli"ni ishga soladilar. Har bir tinglovchi muammoni hal etish yuzasidan o‘zining betakror takliflarini kiritadi. Bu takliflar muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. O‘qituvchi mashg‘ulotda erkin muhitni yaratadi, tinglovchilarni mulohaza yuritish, o‘zgalar takliflarini, shu jumladan noto‘g‘ri va qo‘llash uchun nomaqbul takliflarini to‘ldirishga rag‘batlantiradi. Mashg‘ulotga maxsus taklif qilinadigan ekspert barcha takliflarni tahlil etib chiqadi va kelgusi mashg‘ulotda o‘z xulosalarini tinglovchilarga ma’lum qiladi. „Aqliy hujum" usulida bahs bo‘lmaydi, lekin ushbu usulning xususiyatlari tinglovchilarni ijodiy fikrlash, betakror va kutilmagan takliflar kiritishga imkoniyat yaratadi.
Ehtiroslarni aniqlash" usuli tinglovchilarni muayyan bir ixtilofli vaziyatda munosabatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar davomida olingan natijalar tinglovchilar shaxsiy xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu usuldan foydalanish eng avvalo muhokama uchun ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq juda o‘tkir va hayotiy muammoni tanlashni talab etadi. SHu taqsirdagina muhokama tinglovchilarda kuchli ehtiros uyg‘ota oladi.
Muammoni ehtiros bilan muhokama etish tinglovchilarning shaxsiy sifatlarini yaqqol namoyon etadi. Bu usulda ham mashg‘ulotlarga ekspert-ruhshunos yoki pedagog taklif etilishi maqsadga muvofiqdir. Lekin bu haqda tinglovchilarga ma’lum qilinmaydi. U o‘qituvchi bilan birga mashg‘ulotda qatnashib, so‘ng o‘z kuzatuvlarini yozma ravishda bayon etadi.
Rahbar xodimlar, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘in menejerlari uchun so‘nggi vaqtda personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda keng qo‘llanilayotgan ijtimoiy-psixologik mashq usuli juda foydalidir. Bu mashqlardassex, uchastka, brigada boshliqlari, boshqa rahbarlar, menejerlar mehnat jamoasiga boshchilik qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini egallaydilar. Mashqlardan kutilgan umumiy maqsadlar quyidagilardan iboratdir:

  • shaxs, guruh psixologiyasi, o‘zaro munosabatlar sohasidagi bilimlarni egallash;

  • amaliy munosabatlar o‘rnatish, bahslar qatnashchisi va rahbar bo‘lish, amaliy suhbatlarni to‘g‘ri olib borish, suhbatdoshini tinglash va tushunish, suhbatdosh bilan aloqa o‘rnatish, suhbatlashish jarayonida o‘zaro munosabatlarni yaxshilay olish ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • o‘zini va o‘zgalarni, shuningdek, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish.

Mashqlar o‘tkazish jarayonida guruhlarning maxsus ish tamoyillari izchil amalga oshiriladi. Ushbu tamoyillardan

Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin