10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə34/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu PB

O‘qitish dasturlari nazariy tayyorgarlikni puxtalash va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan. Ular tarkibiga tushuntirish ilovasi, malaka oshirish kurslari, o‘quv rejalari va mavzu rejalari, dasturlar mazmuni kiradi.
Malaka oshirish dasturlari kompaniya yoki firma barcha asosiy texnologik yo‘nalishlari uchun ishlab chiqiladi. Ular nazariy materiallarni ma’ruzalarda hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar asosida mustaqil ravishda egallashni ko‘zda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlar
mashq qildiruvchi texnikadan foydalanilgan holda tashkil etiladi. Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi orqali displey sinflarda aniq ishlab chiqarish vaziyatlari tahlil etiladi. Nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun mashq qildiruvchi qurilmalardan foydalaniladi.
Jahon tajribasi texnik, iqtisodiy va tashkiliy innovatsiyalarni joriy etishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri — rahbarlarning ham, ijrochilarning ham bilimi va kasb ko‘nikmalari etarlicha emasligidan yaqqol dalolat berib turibdi. Ishlab chiqarishga fan va texnika yutuqlarini joriy etishga intilish, personalni maqsadsiz o‘qitish samara bermaydi. Bunda xodimlar tomonidan egallanayotgan bilimlar o‘qitish tugashi bilan iqtisodiy va ijtimoiy samara bera boshlashi, o‘qitish davri esa iloji boricha qisqa bo‘lishi darkor. O‘qitish va malaka oshirish dasturlari buyurtmachi ehtiyojlariga muvofiq amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim.
Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalarda shuning uchun personalni o‘qitish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish loyihalari, yangi texnika va boshqa innovatsiya jarayonlarini o‘zlashtirish rejalariningtarkibiy qismigaaylangan.
Kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, an’anaviy usullarda olib boriladigan korxonalarda o‘qitishni oliy o‘quv yurtlari standart dasturlari asosida tashkil etish juda ko‘p uchraydigan jiddiy xatodir. Bunday dasturlarda muayyan rahbar yoki mutaxassisni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan ishlab chiqarish kutayotgan natija hisobga olinmaydi.
SHuning uchun o‘qitish dasturlari va rejalari personali o‘qitiladigan korxona va tashkilotlar rahbarlari, bosh mutaxassislari bevosita ishtirokida ishlab chiqilishi, so‘ng ular tomonidan tasdiqlab berilishi kerak. Bunda ixtisoslik va mansab lavozimlarining har bir toifasi uchun ish joyi pasportlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, xodimlar muayyan bilimi, ko‘nikmasiga asoslanib namunali (baza) dasturlari ishlab chiqilishi talab etiladi.
Ana shunday yondashuvda o‘qitish va qayta tayyorlash faqat bilim zaxirasini ko‘paytirish uchungina emas, balki korxona va tashki-lotlar aniq maqsadlarini hal etishga xizmat qiladi.
O‘qitish dasturlari yuqorida bayon etilgan qoidalar asosida ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda hamma hollarda ham quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • ish joyida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar;

  • seminarlar va guruhiy bahslar;

  • o‘quv markazlarida o‘tiladigan o‘quv kurslari. Bu bilan o‘qitishda amaliy tayyorgarlik va amalyy sifatlarni rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirishga urg‘u beriladi.


Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin