chiqish kattaligining o‘zgarishi o‘rnatilgan rejimning buzilish davridagi kirish
kattaligining o‘zgarishiga bog‘liqliliga aytiladi. Kirish kattaligining o‘zgarishi
turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, bitta rostlanuvchi ob'ektning dinamik
xarakteristikalarini ifodalovchi grafiklar ham turlicha bo‘ladi.
Turli element va tizimlarning dinamik xarakteristikalarini solishtirish uchun
kirish kattaliklari o‘zgarishning namunali qonunlari ishlatiladi. To‘g‘ri
to‘rtburchakli impuls shaklidagi bir pog‘onali va sinusoidal ta'sirlar keng tarqalgan.
Dinamik xarakteristikalar
analitik usullar
bilan ham aniqlanadi. Dinamik
xususiyatlar analitik ravishda differensial tenglamalar orqali tavsiflanadi. Agar tizim
yoki bir bo‘g‘inning harakati mustaqil o‘zgaruvchilarning yakuniy qiymatiga
bog‘liq bo‘lsa, u parametrlari mujassamlangan ob'ekt bo‘ladi. Bunday ob'ektlarning
erkinlik darajasi qiymati tizimning mustaqil o‘zgaruvchilari qiymatiga teng. Bu
tizimlarning dinamik xususiyatlari tavsifi to‘liq hosilali tenglamalar orqali beriladi.
Parametrlari taqsimlangan tizimlar erkinlik darajasining cheksiz qiymatiga ega. Bu
tizimda parametrlar katta uzunlikda yoki vaqt mobaynida taqsimlanadi. Ularning
dinamik xarakteristikasi xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan tavsiflanib,
bu tenglamalarni tahlil qilish ko‘pincha qiyinlashadi. Hisoblashlar uchun ba'zan bu
tizim parametrlari mujassamlashgan tizim kabi qurilib, soddalashtiriladi. Bunday
yo‘l qo‘yishlar juda qo‘pol natijalar beradigan holatlarda, ya'ni parametrlari
taqsimlangan tizimlar birin-ketin ulanganda, parametrlari mujassamlangan bir
nechta tizimlarda kechikish bilan almashtiriladi. Masalaga bunday yondashish
tizimning dinamik xususiyatlarini oddiy differensial tenglamalar orqali aniqlash
imkonini beradi, tenglamalar esa chiqish koordinatasining tegishli o‘zgarish qonuni
bo‘yicha yechiladi. Tizimning muvozanat holatidagi chiqish va kirish
kattaliklarining tutashgan qiymatlarini aniqlab, tizimning dinamik xususiyatlariga
ko‘ra uning statik xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Mexanik tizimlarni o’rganishda fizik qonuniyatlarga tayanib ish ko’rilasi va
bunday tizimlar modellashtirish ancha osondir. Tizimni modellashtirishdan avval u
qaysi qonuniyat va teoremalarga bo’ysinishini aniqlash lozim. Ushbu qismda
ko’riluvchi fizik qonuniyat va teoremalar quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: