11 – laboratoriya mashg‘ulot
Nochiziqli boshqarish sistemalarini modellashtirish
Ishdan maqsad:
Mexanik tizimlarni modellashtirish va ularni
MatLab tizimida amalga
oshirishni o’rganish.
Nazariy qism:
Matematik modellash – modellarni qurish va o‘rganish
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda, o‘rganilayotgan ob'ekt o‘rniga
model deb
ataluvchi moddiy ob'ekt olinadi. O‘rganilayotgan ob'ektga o‘xshash
modelning
jarayonlari boshqa fizik hodisaga mos, lekin bir xil tenglamalar bilan tavsiflanadi.
Matematik modellar hisoblash mashinalari yoki to‘g‘ri
analogli qurilmasi orqali
amalga oshiriladi. Hisoblash mashinalarida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning
matematik tavsifini bir qator elementar matematik operatsiyalar bajarib tiklanadi.
Bu operatsiyalar bir nechta elementlarni bir vaqtda yechish yoki bitta elementni ko‘p
marta yechish bilan bajariladi. To‘g‘ri analogli modellar, hisoblash mashinasidan
farqli ravishda alohida elementlarga bo’linmaydi. Ular boshlang‘ich nisbatlarni
qurilmada o‘tayotgan hodisa xususiyatlariga ko‘ra tiklaydi. Bunda doimo model va
haqiqiy jarayon parametrlari o‘rtasidagi bir ma'noli moslashuvi (tanlangan analogiya
tizimiga ko‘ra) ko‘rsatish mumkin.
O‘rganilayotgan ob'ektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi
nisbatan aniqlovchi
tenglamalar tizimi
matematik tavsif
deyiladi. Ob'ektning
matematik modelini qurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
bosqichlarni bajarish demakdir.
Modellash vazifasini aniqlash:
-ob'ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi;
-matematik tavsifni tuzish;
-modellovchi algoritmni ishlab chiqish;
-olingan model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash;
-modellash (ob'ektning matematik modelini tadqiq qilish;
-olingan ma'lumotni tahlil qilish.