Tushunchalar.
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi.
Ko‘p sonli odamlar, hodisalar va obyektlami tasavvur qilish uchun biz ulami konsept (tushuncha)larga o‘xshash obyektlar, hodisalar va odamlar guruhiga borgancha soddalashtiramiz. “Stul” tushunchasi o‘zida ko‘plab aniq predmetlami umumlashtiradi - bola uchun stul, tirsak qo‘ygichli stul, tushlik qiladigan stol atrofidagi stullar, tish shifokorining kreslosi44. Hayotni tushunchalarsiz tasavvur qilib ko‘ring.
Bizga har bir obyekt va g‘oya uchun alohida nom kerak bo‘lardi. Biz boladan “koptokni ot” deb iltimos qila olmasdik, chunki “koptok” tushunchasining o ‘zi yo‘q bo‘lardi. “Ularning jahllari chiqdi” deyish o ‘m iga bizga yuz ifodasi, ovozdagi keskinlik, imo-ishoralar va so‘zlam i ifodalab berishimizga to ‘g‘ri kelardi. “Koptok” va “jahldor” kabi tushunchalar eng kam darajadagi bilim lar m avjud bo‘lganida bizga ko‘p m a’lumot beradi.
Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz.
Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yuritishga to‘g‘ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’sak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi qayd qilinyapti.
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o‘qish jarayonida bolada asosan tabiat va jam iyat hodisalari haqida tushunchalami tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo’lad.
Odatda, tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi.
Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag‘och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek, narsalar o ‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, oqlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug‘lik, qiymat haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar ko ‘lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to ‘planma tushunchalarga bo ‘linadi.
Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Yakka tushunchalaming xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz m avjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsga mansub bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar.
To‘planma tushunchalar bir jinsga mansub bo'lgan narsa va hodisalar to‘plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig‘ilish va hokazolar. To‘planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to'planma tushunchalar bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi yakka to‘planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalq, millat va boshqalar umumiy to‘planma tushunchasiga misol bo‘la oladi. Yetti og‘ayni yulduzlar to‘plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to‘planma tushunchalar jumlasiga kiradi.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so‘z o‘zaro bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Bir tomondan so‘z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so‘z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so'zdan, o‘zbek xalqi ikki so'zdan, qahramon o‘zbek xalqi uch so‘zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqlar degan tushuncha to‘rt so‘zdan tashkil topgan.
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalami yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar y o’zaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so‘zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo'lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so‘zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: |