2.Tafakkur jarayon sifatida. Tafakkurning zamonaviy nazariyalari. Fikrlash operatsiyalari.
Tafakkur - bizning olamimizni tashkil etuvchi, ongimizni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, muammolami hal qilish va samarali yechim topishni ta’minlovchi deganidir. Biz muammoni yechish jarayonida qanday tipik usul hamda strategiyadan foydalanamiz? Qanday noto‘g‘ri, yanglish tushunchalar bizning oldimizda xato qilish xavfi borligini keltirib chiqaradi? Muammolami hal qilishda sun’iy aqldan insoniy aqlning afzalligi qanday? Shu kabi ko‘plab savollami yechishda inson tafakkuri ishga tushadi.
Tafakkur yoki bilim - bu ma’lumotlarga ishlov berish, qayta ishlash, ularni tushunish va o’zatish bilan bog‘liq aqliy faoliyatdir. Tafakkur psixologiyasi sohasini o‘rganish bilan kognitiv psixologlar shug‘ullanadilar, ular obrazlar yaratish, muammolami hal qilish, qaror qabul qilish va mulohazalami shakllantirishning mantiqiy, ba’zida esa nomantiqiy yo‘llarini tadqiq etadilar.
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalaming barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo‘ladi. Aks holda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogik obyekt bilan to‘qnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi. Ya’ni, biz ko‘rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi ta’noli, kerak bo‘Isa, ma’nili bo‘lishini xohlaymiz.
Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ta ’no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun har qanday kitob - hayotining ma’nosi bo‘lsa, dehqon uchun yer va undan olinadigan hosil - ahamiyatli hisoblanadi. Hattoki, bitta narsaning o‘zi turli odamlar uchun turli xil ma’no va mazmun kasb etadi. O‘sha kitob misolini oladigan bo‘lsak, kitob industriyasi bilan shug‘ullanuvchi muhandis uchun – ishlab chiqarish mahsuloti, kitob do‘koni sotuvchisi uchun - tovar - mahsulot, o‘quvchi uchun - ilm manbayi, muallif-olim uchun – ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir.
Har bir alohida narsaga bo‘lgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita ta’sir etadi, u goh ijobiy, goh salbiy bo‘lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan ham biz narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo‘lamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bag‘ishlangan ma’r o’za qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bo‘lganlar uchun pul, foyda va daromad olish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy so‘zning morfologik tahlili – shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalaming biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi.
+ Tafakkur - atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettirivchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochisnga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: |