Nutq turlarining psixologik tavsifi
Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion apparati paydo bo‘lgunga qadar, imo-ishoralardan foydalanib nutq so‘zlagan. Ma’lumki, qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday funksiyani bajarayotgan bo‘lsa, o‘sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma’lumotlar ko‘lami tor bo‘lgani tufayli insonlar noverbal nutqdan ko‘p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar.
Noverbal nutq 'turini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin: imoishora, exologik, ya’ni aks-sado, mimika, signifikatsiya, pantomimika, daktilogik (barmoq nutqi).
Avlodlar tarbiyasi, ma’lumotlar o’zatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va xususiy (shaxsiy) fikr o’zatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo‘lgan, tobora takomillashib borgan. Insoniyat yer yuzida hayot va faoliyat ko‘rsatish davrining dastlabki pallasida asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etadi.
Etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma’lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida o’zatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma’noli, mazmunli harakat turi imo-ishorali nutq deyiladi.
Masalan, o‘zbeklarda fikmi tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma’noni bulg‘orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi.
Yuz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok qilish, o‘zgalar fikriga javob qaytarish, tana a’zolari rangining o‘zgarishi hisobiga shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo‘luvchi noverbal nutq turiga mimika deyiladi.
Tabassum, jilmayish, miyig‘ida kulish, lab qisish va cho‘chchaytirish, til chiqazish, qosh uchirish va suzish, xullas turli psixologik holatlami, ayniqsa hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, pertseptiv xususiyatli nutq turi mimika bo‘lib hisoblanadi. Mimika yordami bilan haqgo‘ylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik, hasad: quvonch, qayg‘u, baxtiyorlik singari yuksak tuyg‘ular namoyish etiladi. Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda muomala jarayoni qisqa muddatli, yoki uzoq muddatli vaqt mezonini namoyon qiladi, qayg‘u, baxt hislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada, poliada ko‘rinishidagi
'Noverbal nutq ' turini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin: imoishora, exologik, ya’ni aks-sado, mimika, signifikatsiya, pantomimika, daktilogik (barmoq nutqi). hida ahamiyat kasb etgan. shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, fikmi o’zatish, qabul qilish, ta’sirlanish, ruhlanish kabi fonksiyani bajaradi. Hayotiy tajribaning ko‘payishi bilan ichki kechinmalami (interiorizatsiyalash) tashqi voqea-hodisalarga almashtirish (eksteriorizatsiyalash) bilan yakunlanadi, ko‘pincha individual va ijtimoiy tarbiya vazifasini bajaradi.
Yuz harakatlari, tana a’zolari, qaddi-qomat yordami bilan fikrlarni o’zatish, syujetli qoidali, ma’noli, dramatik kechinmali noverbal nutq turi pantomimika deb ataladi.
O’z mohiyati ko'lam i bilan mimikadan ustuvor xususiyatga ega bo‘lib, axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalar y o’zasidan o‘zgalarga m a’lumot o’zatish tarzida hukm suradi. Insonda turmush tajribasi ortib borishi, kasbiy faoliyat mazmunini rollarga va syujetga asoslangan holda ssenariysini yaratish, vaziyatga qarab qisqa va uzoq muddatli informativ funksiya bajaradi. Pantomimika yumor hissini, qo‘rqinch tuyg‘usini, zahmat obrazini, dahshat kechinmasini o ‘zida aks ettirib, ko‘pincha kommunikativ funksiyani ijro qiladi, hissiy aloqa o‘matish orqali taassurotlar mukammalligi ta’minlanadi.
Tashqi ta’sirlanish va uning teskari aloqasi kulgida, ko‘z yoshlarida (xoh quvonchli, xoh qayg‘uli bo‘lishidan qat’i nazar) ifodalanib, assotsiatsiyalami jonlantiradi va ko‘lamini kengaytiradi. Pantomimika sahna harakatiga nisbatan qobil, iste’dodli, iqtidorli salohiyat namunasini namoyish etib, maxsus qobiliyatli shaxslar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda ijro qilinadi, lekin istisno tariqasida o‘qituvchilik faoliyatida ham unumli foydalaniladi. Yaqqol ruhiy hodisalar, holatlar, xususiyatlar, shaxsning fazilatlari pantomimika ijrosi davomida faoliyat subyekti tomonidan bajariladi.
Ayrim his-hayajonli shartli tovushlarda mujassamlashgan axborot o’zatish va qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi, tabiiy to‘siqlarga urilib qaytuvchi aloqa vositasiga exologik yoki sado nutqi deyiladi.
Exologik yoki aks-sado nutq turi bir tomonlama aloqa (tog‘-inson, inson-jism) negizida vujudga keladi, ko‘pincha individual tovush harakati javob, masofa funksiyasini ijro etadi. Ekstremal favquloddagi hodisalar yuz berishi jarayonida shartli tovushlardan tuzilgan aloqa usulidan foydalaniladi. Tovushlaming qaytishi fazoviy chamalash, muayyan m o ijal olish uchun xizmat qiladi, qo‘rqinch, hayajon, umid, ishonch tuyg'ularining aloqaga kirituvchi shaxslar ruhiy dunyosida mujassam lashishini ta ’niinlaydi.
Aniq shartli alomatlar orqali muayyan mantiqiy yuklamani o‘zida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatli noverbal nutq turi signifikatsiya deyiladi.
U shartli belgilar, signallar, modellar shaklida ifodalanishi mumkin. Uzoq masofalarga xabar yoki m a’lumot o’zatish va qabul qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga o‘xshash «sun’iy til» nomi bilan mashhur kommunikativ manbalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Har bir «signal» o ‘z ko‘lami, takrorlanish sur’ati, tembri, chastotasi bilan muayyan m a’lumot o’zatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lib, shartli alomatlar negizida mazmun yoki mohiyat yotadi («doza», «porsiya» deb nom lanadi). Morze alifbosi va shunga o‘xshash signifikatsiya hozirgi zamon aloqa qurilmalari va qo‘l yordami bilan (asbobni bosish orqali) xabar o’zatishga yoki qabul qilishga moljallangan. Hozirgi zamon ratsiyalari ham xuddi shunga o‘xshash kommunikatsiya quroli vazifasini bajaradi.
Noverbal nutqning yana bir turidaktiologik (barmoq) nutq deb ataladi. Inson tana a’zolari, imoishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan muomala o‘rnatishga qaratilgan aloqa vositasi daktiologik nutq deyiladi.
So‘z orqali ifodalanuvchi nutq mazmuni ma’noli qo‘l, yuz harakatlariga, ayrim hayajonli sadoga, qahr-g‘azab, ilk tabassum, qahqahaga ko‘chiriladi. Harakatning takrorlanishi axborot mazmunini boyitadi, kuchaytiradi, m a’lumotlar uzluksizligini ta’minlab turadi. Umumbashariy xususiyatli nutq vositasi daktiologiya fani nomi bilan yuritiladi va maxsus o‘qitish, o‘rgatish orqali undan foydalanish kobnikmasi hamda malakasi soqov yoki kar-soqov odamlarda shakllantiriladi. Hatto ularda savol chiqarish ham xuddi shu tamoyil negizida quriladi.
Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika d) pantomimika, e) daktiologik;
2) tovushli: a) exologik (aks-sado), b) signifikatsiya (shartli belgilar, signallar, modellar).
Og‘zaki nutq noverbal turkumdan keyin paydo bo‘lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli ravishda quyidagi nutq ko‘rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, poliologik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig‘iq, qatra), affektiv (his-hayajon, jahl).
Pa o’za, mantiqiy urg‘u, tembr, chastota, ritmika va boshqa tashkiliy qismlar hamda mexanizmlarni o‘zida mujassamlashtirgan, tilning barcha qoidalari, qonunlari, shartli belgilar sifatida xizmat qilishga asoslanuvchi nutq turi og‘zaki nutq deb ataladi.
Noverbal nutq o‘zining asosiy funksiyasini bajarib bo‘lganidanso‘ng (uning ma’lum tarkiblari faoliyat ko‘rsatib davom etib kelmoqda) axborot o’zatish, tajribalami egallash, insonni kamol toptirish va shunga o‘xshash vazifalar tabiiy ravishda og‘zaki nutq zimmasiga yuklangan. Kommunikativ xususiyatli axborotlar oddiy xabar, so‘roq, undov ma’nosini anglatuvchi ma’lumotlar og‘zaki nutqning murakkab hamda rang-barang tuzilishiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Og‘zaki nutq o‘zining jarangdorligi, ta’sirchanligi, axborotlami qabul qilishdagi qulayligi, o’zatilishdagi ixchamligi, toliqishning oldini olish imkoniyati mavjudligi uning keng qirrali ekanligini bildiradi.
Yakka shaxsning ichki kechinmalarini til mexanizmlariga asoslangan holda aks ettiruvchi, uning o‘ziga qaratilgan (egotsentrik), ta’sirlanishini ifodalashga va axborot o’zatishga mo‘ljallangan nutq turi monologik nutq deb ataladi.
Diada shaklidagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o‘rtasida namoyon bo‘luvchi, axborot o’zatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan nutq turi dialogik nutq deb ataladi.
Unda shaxsiy his-tuyg‘ularning ichki va tashqi shakllari uyg‘unlashadi, shuningdek, o‘zgalar fikrini ifodali o‘qishda ham o‘z aksini topadi. His-hayajonni tashqi va ichki kechinmalar hamda ulaming mexanizmlari aniq, ravon, izchil aks ettiradi.
Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni ko‘pincha ustuvorlik qiladi, axborotlar qabul qilish va o’zatish o‘zaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala maromi buziladi, o‘zaro fikr almashuv muddatdan oldin yakunlanadi.
Bir nechta kishilar bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan, triada va poliada negiziga quriluvchi, axborot o’zatish va qabul qilishga yo‘na!tirilgan, bahs tarkiblari ishtirok etuvchi og‘zaki nutq turiga polilogik nutq deyiladi.
Muomalada muammo mohiyati har qaysi qatnashchi tomonidan anglashilgandan so‘ng uning tarkiblari qisqarishi mumkin, bu esa o‘zaro tushunishni osonlashtiradi. Mazkur nutq turida ham dialogic nutqqa xos bo‘lgan mexanizmlar, ta’sir o‘tkazuvchi vositalar ishtirok etib, uning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi, shaxslararo munosabat ko‘lamini kengaytiradi.
Artikulyatsion apparat orqali vujudga keluvchi, verbal holatlarda aks etuvchi, o‘zgalarga yo‘naltirilgan, har xil xususiyatli vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi nutq turi tashqi nutq deb ataladi.
Tilning barcha qoidalari va qonuniyatlari unda mujassamlashgan bo‘lib, o’zatish va qabul qilish, idrok etish va tushunishdan iborat muomala quroli, vositasi vazifasini bajaradi. Nutq, tempi, tembri, ritmikasi va chastotasi mavjudligi uchun axborotlami tinglash va idrok qilish yengilroq kechadi.
Muayyan axborotlarni tartibga keltirish, g‘oyalarni yaratish, fikriy dasturni ishlab chiqishga moljallangan, lekin latent davridagi ma’lumotlar majmuasidan tuziluvchi nutq turi ichki nutq deyiladi.
Ichki nutqning muhim xususiyatlaridan biri bu ko‘lam jihatdan tashqi nutqdan kengroq ekanligidir. Ikkinchi bir xususiyati esa tafakkuming mexanizm funksiyasini bajarishidir.
Axborotlar ichki mohiyatini tashqi his-hayajon tarkiblari bilan kuchaytiruvchi, shaxslararo munosabatning yaqqol ifodalanishini aks ettiruvchi, ovozli, til vositalariga asoslanuvchi nutq turiga ekspressiv nutq deyiladi.
Ichki kechinmalar shaxsiy fikrlash bilan uyg‘unlashishi tufayli fikriy bog‘lanishni vujudga keltiruvchi holatlar, hodisalar mohiyatini ichki va tashqi omillarga asoslanib aks ettiruvchi nutq turiga impressiv nutq deyiladi.
Mulohazalar mohiyati shaxs kechinmalari bilan munosabatga kirishishi natijasida o‘ziga xos voqelikni namoyish qiladi.
Millat va elatlarning til boyligi aforizmlar, maqollar, donishmandliklar, matallar sifatida shakllangan, yuksak mantiqiy yuklamaga ega bo‘lgan yig‘iq nutq turi lakonik, ya’ni yig‘iq, qatra nutq deyiladi.
Yetti o‘lchab bir kes, sabming tagi - oltin kabi maqollarda, ibratli so‘zlarda ifodalangani kabi.
Turli omillar ta’sirida birdaniga vujudga keluvchi, jahlning mahsuli hisoblanmish, qisqa muddatli nutq turiga affektiv nutq deyiladi.
Birdaniga suhbatdosh, raqib tomonga o’zatiluvchi, o‘ta ta’sirchan, xavfli, ruhiy nishon vazifasini bajaruvchi qisqa muddatli nutq affektiv deb nomlanib, zarbasi jihatidan altemativi yo‘qligi bilan boshqa nutq turlaridan keskin ajralib turadi. Jahl, qasos, alam, tajovuz kechinmalarini o‘zida aks ettirib, o‘ta tanglik, zo‘riqish (stress) mahsuli bo‘lib hisoblanadi (jahl kelganda aql ketadi: hissiyot bilan emas, balki aql bilan ish tut iboralari shu kabi holatlarda ishlatiladi).
Tilning barcha qoidalariga (orfografik, morfologik, sintaktik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonematik, flektiv va hokazo), qonuniyatlariga, mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma’no, mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutq turi yozma nutq deyiladi.
Nag bir tilning to‘la mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, uzoq va yaqin masofalar uchun axborot (kommunikatsiya) vositasi (quroli) vazifasini bajaradi.
Yozma nutq o‘z navbatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi: a) monologik (drama), b) dialogik (badiiy asar j anrlarida), d) ichki, e) lakonik (yig‘iq, qatra), f) epik (yoyiq, yirik roman, qissa va boshqalar).
Yozma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, og‘zaki nutqdagidan farqli o‘laroq til boyliklariga bevosita asoslanadi. Yangiliklar yaratish, ijod qilish so‘zlar orqali mohiyat kasb etadi, u yoki bu shaklda tartibga keltiriladi. Lakonik (yig‘iq, qatra) nutq ham og‘zaki nutq kabi ma’no kasb etadi. Epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar mohiyatini to‘laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqlanadi. Til mexanizmlaridan tashqari badiiy vositalar orqali ham inson ruhiyati tavsiflanadi
Dostları ilə paylaş: |