3. Tafakkur turlari.
S. L. Rubinshteyn nazariyasiga binoan, tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmeti- jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishdir. Muallif tafakkur operatsiyalari, shakllarini shakllantirishda-jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa-fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S. L. Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub’ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataladi.
A. N. Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti y o’zasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to’g’risida nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P. Ya. Galperin fikriga ko’ra, tafakkur-bu orientirlash tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yachishda sub’ektning tafakkurga orientirovka qilish jarayonini o’rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P. Ya. Galperin tafakkurning boshqa jahatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta’kidlab o’tiladi. Yuqoridagi mualliflardan o’laroq, A. V. Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari mavjudligini dalillab ko’rsatadi.
Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.
4. Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur qilish operativ jarayondir.
Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operattsiyalarning asosiy turlaridir.
Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo’ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to’g’risidagi tushunchalar vujudga keladi.
Taqqoslash — shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar o’rtasida o’xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik bor-ligini, bir xillik yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi.
Taqqoslash fikr qilish jarayoni bo’lib, bu jarayon idrok qilinayotgan narsalarning o’xshashligi yoki tafovutini aniqlash lozim bo’lganda, yoxud sezgilarda va idrokda bevosita o’xshashlik va tafovutni topish lozim bo’lgan hollarda paydo bo’ladi. Amaliy taqqoslash bir narsani ikkinchi narsaga solishtirib ko’rilayotganda, masalan bir qalamni ikkinchi qalamga, o’lchov chizig’ini taxtaga va shu kabilarga solishtirib ko’rilayotganda sodir bo’ladi. Biz masofani santimetrli lenta bilan o’lchayotganimizda, og’irlikni tortib ko’rayotganimizda va boshqa shu kabi hollarda taqqoslash jarayoni sodir bo’ladi.Taqqoslash tasavur qilinayotgan yoki o’ylanilgan narsalarni bir-biriga fikran solishtirib ko’rish yo’li bilan ham bo’ladi. Masalan, biz o’zimiz turgan binoni boshqa ko’chadagi binolar bilan taqqoslab ko’rib, ularning o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni topishimiz mumkin.
Analiz — narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo’lish demakdir.
Analiz jarayonida butunning uning qismlariga uning elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo’lish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qismlarga bo’lish uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilarni biridan ajratib olish mumkin. boshqa ko’chadagi binolar bilan taqqoslab ko’rib, ularning o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni topishimiz mumkin.
Sintez — analizning aksi yoki teskarisi bo’lgan tafakkur jarayonidir. Bu jarayon obektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib qo’shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa, yoki hodisa tarkibiga kirgan elementlar, yoki qismlar tariqasida olingan buyum yoki hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bo’lgan munosabati aniqlanadi.
Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib qo’shishdan iboratdir, amaliy analiz bo’lgani singari, sintez ham amaliy bo’lishi mumkin. Chunonchi, mashinaning ayrim detallari bir-biriga tegishli tarzda biriktirilganda, ya’ni ular sintez qilinganda, yaxlit, butun mashina, masalan, odimlovchi ekskavator hosil bo’ladi. Kislorod bilan vodorodning kimyoviy birikishi natijasida suv hosil bo’ladi. Mana shu va shunga o’xshash hollarning hammasida sintez fikr qilish jarayon-larida va ish-harakatlarda sodir bo’ladiki, bu ish-harakatlar natijasida bir butun, yaxlit moddiy narsa hosil bo’ladi.
Analiz singari, sintez ham, o’qish jarayonida katta o’rin tutadi. Masalan, o’qishga o’rgatish vaqtida tovushlar va harflardan bo’g’inlar, bo’g’inlardan so’zlar, so’zlardan gap tuziladi. Mana shuning o’zi sintezdir. Adabiy asarlardagi ayrim qahramonlarning yoki tarixiy arboblarning qilgan ishlarini, fikrlarini, hislarini tasvirlash va analiz qilish yo’li bilan hamda sintez qilish natijasida shu arboblarning, shu qahramonlarning xarakteristikasi hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |