11- mavzu: tafakkur vz nutq asosiy savollar



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə6/7
tarix23.03.2023
ölçüsü35,88 Kb.
#89171
1   2   3   4   5   6   7
11- Mavzu TAFAKKUR VZ NUTQ

8. NUTQNING RIVOJLANISHI
Nutqning rivojlanishi. Tabiat mo‘jizalaridan biri - bola tomonidan nutqni o‘zlashtirish qobiliyatidir. Bolalaming oddiy guv-guvlash jarayonidan bir so‘zli bosqichga va telegrafik, ikki so‘zli bosqichga yengil o‘tishlari olimlar o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Bixevioristik oqim namoyondalaridan Skinner biz tilni imitatsiya, ya’ni taqlid qilish va uni mustahkamlashning ma’lum tamoyillari vositasida o‘rganamiz, deb tushuntirgan. Lingvist Noam Xomski Skinner fikrlariga e’tiroz bildirib, bolalar biologik va fiziologik jihatdan so‘zlami o‘rganish va grammatikadan foydalanishga tayyor bo‘ladi!ar, deydi. Biroq grammatikani o‘zlashtirish inson hayotining dastlabki bir necha yilini egallashini inobatga olganda uning fikrlari o‘ta bahsli va tanqidiydir.
Hayvonlarda nutq paydo bo‘lishi mumkinmi? Yana bir hayotiy masala - nutq yagona insoniy fenomen hisoblanadimi? Shubhasiz, hayvonlar muloqot qiladilar. Masalan, asalarilar ozuqa bor joyni raqsga oid harakatlaming jimjimador uyg‘unlashuvi va tovushli signal vositasida yetkazadilar. Psixologlaming bir necha guruhi esa odamsimon maymunlar, shu jumladan, shimpanzening bir necha turlarini odamlar bilan belgilar yordamida yoki kompyuterga biriktirilgan knopkalami bosish vositasida muloqot qilishga o‘rgatdilar. Maymunlar ahamiyatli darajada lug‘at boyligini egalladilar. Ular mazmunni yetkazish, iltimosni ifodalash va mantiqan tugallash uchun gaplar tuzdilar. Skeptik (har narsaga shubha bilan qarovchi)lar inson va odamsimon maymunlaming tilga qobiliyatlari, ayniqsa, sintaksisdan foydalanib so‘zlami bir-biriga bog‘lash qobiliyati o‘rtasidagi muhim tafovut va farqlar borligini ta’kidladilar. Shunga qaramay, ushbu tadqiqotlar odamsimon maymunlaming deyarli bilishga oid qobiliyatlari borligidan guvohlik beradi.
Tilsiz tevarak olamning mohiyati tushunarsiz va biz til orqali ifodalaydigan olam madaniylashmagan bo‘lar edi. Til bizning nimalar haqida xayol qilishimiz, idrok etishimiz va eslab qolishimizga ta’sir ko‘rsatadi. Shubhasiz, ta’lim bizning so‘zlash va fikrlash kuchimizni, qobiliyatimizni oshirish imkoniyatiga ega. Biroq fikrlash jarayoni aksariyat holda so‘zsiz olib boriladi.
Tafakkur va til o‘zaro o‘ta jumboqli tarzda chatishib, qo‘shilib, birikib ketgan jarayondir. Psixologlar oldida turgan “birinchi bo‘lib nima paydo bo‘lgan tafakkurmi yoki til?” - degan savol go‘yoki “tovuq oldin paydo bo‘lganmi yoki tuxum?” tarzidagi savollar turidan biri bo‘lib, muhim masala hisoblanadi. Balki g‘oyalarimiz awal paydo bo‘lib, keyin ulami so‘zda ifodalashimizni kutar? Yoki bizning fikrlarimiz so‘zga kiydirilgan va ularsiz mazmunga ega emasdir?

9.


Yüklə 35,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin