11- mavzu: tafakkur vz nutq asosiy savollar



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə5/7
tarix23.03.2023
ölçüsü35,88 Kb.
#89171
1   2   3   4   5   6   7
11- Mavzu TAFAKKUR VZ NUTQ

6. Nutq haqida tushuncha
Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tmish, hozirgi zamon vakelajakka oid narsalar, voqelik y o’zasidan axborot, xabar, ma’lumot berishimumkin. Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilanbog’liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanib, u oddiy qilibtushuntirilganda so’z va belgilar tizimi hamda yig’indisidan iboratdir. Belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funktsiyalari(ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tumanbo’lishidan qat’iy nazar ularning eng muhimi– bu so’zdir. Har bir so’z ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi.


7. Tilning asosiy funktsiyalari
1) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga o’zatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi;
2) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi;
3) til intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qiladi(muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam o’zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’iy nazar unirejalashtirib, buning echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriymasalalarini hal qilishning asosiy quroli til hisoblanadi.

Nutq faoliyati– odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish, avlodlarga o’zatish yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiyharakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. N.I.Jinkin bo’yicha nutq mexanizmlari quyidagicha izohlanadi:


- Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan oldin, maxsus kod orqali bu fikrning asosini t o’zamiz– u programmalashtirishmexanizmidir.
- Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o’tishbilan bir guruh mexanizmlar keladi.
- Esda olib qolish so’zlarning grammatik xususiyatlarini amaldaqo’llashni ta’minlovchi mexanizm.
- Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o’tishmexanizmi. Programma elementlarini grammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.
- So’zni ma’nosiga qarab qidirishni ta’minlovchi mexanizmlar.
- Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexanizmlar.
- Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovushlarni o’tish mexanizmlari.
- Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm.

Nutqning rivojlanishi quyidagi xususiyatlari va turlari


Nutqning rivojlanishi quyidagi xususiyatlarga
a) gugulash.
b) g’udurlanish(soxta so’zlar).
v) paradigmatik fonetika(1,3 - 1,5 yoshgacha) - buvi, buva, o’tir, o’tirdio’tiradi va h.k.
g) nutqning vaziyatbopligi(J.Piaje– situativ nutq).
d) nutq egotsentrizmi(J.Piaje– egotsentrik nutq).

Nutq turlarining psixologik tavsifi E.G’.G’oziev fikricha, nutqning muayyan asoslariga suyangan holda noan’anaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson-texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilib, u noverbal va verbal turlarga bo’linadi. Noverbal nutq genetik kelib chiqish jihatidan birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so’zsiz nutq turlari paydo bo’lgan bo’lib, u o’z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgan. Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko’rinishlarga ajratish mumkin: imo-ishora, mimika, pantomimika, exologik, ya’ni aks-sado, signifikatsiya, daktologik(barmoq nutqi).


Imo-ishora inson hayot va faoliyat ko’rsatish davrining dastlabki pallasida asosiy nutq turi sifatida alohida ahamiyat kasb etgan. Etnikstereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma’lum axborotlarni shaxslararomunosabat jarayonida o’zatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma’noli, mazmunli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o’zbeklarda fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma’noni bulg’orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatadi. Mimika yuz harakatlari(fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok qilish, o’zgalar fikriga javob qaytarish jarayonida shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo’luvchi noverbal nutq(tabassum, jilmayish, miyig’ida kulish, lab qisish va h.k.) turidir.
Pantomimika yuz gavda harakatlari, tana a’zolari, qaddi-qomat yordamibilan fikrlarni o’zatish, syujetli, qoidali, ma’noli, dramatik kechinmali no-verbal nutq turidir. U o’z mohiyati ko’lami bilan mimikadan ustuvorxususiyatga ega bo’lib, axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalary o’zasidan o’zgalarga ma’lumot o’zatish tarzida hukm surib, yumor hissini, qo’rqinch tuyg’usini, zahmat obrazini, dahshat kechinmasini o’zida aks ettirib, ko’pinchakommunikativ funktsiyani ijro etadi, hissiy aloqa o’rnatish orqali taassurotlar mukammalligi ta’minlanadi. Exologik yoki sado deganda ayrim his-hayajonli shartli tovushlarda mujassamlashgan axborot o’zatish va qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi, tabiiy to’siqlarga urilib qaytuvchi aloqa vositasi tushuniladi. Noverbal turkumga kiruvchi signifikatsiya boshqalardan o’z tuzilishi, mazmuni, shakli bilan keskin ajralib turib, u aniq shartli alomatlar orqalimuayyan mantiqiy yuklamani o’zida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatlinoverbal nutq turidir. U shartli belgilar, signallar, modellar shaklidaifodalanishi mumkin. Har bir«signal» o’z ko’lami, takrorlanish sur’ati, tempi, chastotasi bilan muayyan ma’lumot o’zatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib, shartli alomatlar negizida mazmun yoki mohiyat yotadi. Morze alifbosi va shunga o’xshash hozirgi zamon aloqa qurilmalari qo’l yordami bilan(asbobni bosish orqali) xabar o’zatishga yoki qabul qilishga mo’ljallangan. Hozirgi zamon ratsiyalari ham xuddi shunga o’xshash kommunikatsiya quroli vazifasini bajaradi. Noverbal nutqning yana bir turi daktologik(barmoq) nutq deb atalib, u inson tana a’zolari, imo-ishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan muomala o’rnatishga qaratilgan aloqa vositasidir. So’z orqali ifodalanuvchinutq mazmuni ma’noli qo’l, yuz harakatlariga, ayrim hayajonli sadoga, qahr-g’azab, iliq tabassum, qahqahaga ko’chirilib, bunda harakatning takrorlanishiaxborot mazmunini boyitadi, kuchaytiradi, ma’lumotlar uzluksizliginita’minlab turadi. Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratishmumkin:
1) og’zaki;
2) yozma;
3) monologik;
4) diologik;
5) polilogik;
6) tashqi;
7) ichki;
8) ekspressiv;
9) impressiv;
10) lakonik(qatra, yig’iq);
11) epik(yoyiq);
12) affektiv(jahl holatidagi)
Og’zaki nutq noverbal turkumdan keyin paydo bo’lgan nutq turidan birihisoblanib, u shartli ravishda quyidagi nutq ko’rinishlarida ifodalanadi: monologik, dialogik, polilogik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik(yig’iq, qatra), affektiv(his-hayajon, jahl). Og’zaki nutq pa o’za, mantiqiy urg’u, temp, tembr, chastota, ritmika va boshqatashkiliy qismlar hamda mexanizmlarni o’zida mujassamlashtirgan, tilningbarcha qoidalari, qonunlari, shartli belgilar sifatida xizmat qilishgaasoslanadi. Kommunikativ xususiyatli axborotlar oddiy xabar, so’roq, undovma’nosini anglatuvchi ma’lumotlar og’zaki nutqning murakkab hamda rang-barangtuzilishga ega ekanligidan dalolat beradi. Og’zaki nutq o’zining jarangdorligi, ta’sirchanligi, axborotlarni qabulqilishdagi qulayligi, o’zatilishdagi ixchamligi, toliqishning oldini olishimkoniyati mavjudligi uning keng qirrali ekanligini bildiradi. Monologik nutq og’zaki nutqning dastlabki turi bo’lib, u yakka shaxsningichki kechinmalarini til mexanizmlariga asoslangan holda aks ettiruvchi, uningo’ziga qaratilgan(egotsentrik), ta’sirlanishini ifodalashga va axborot o’zatishgamo’ljallangan nutq turidir.
Dialogik nutq ikki shaxs o’rtasida namoyon bo’luvchi, axborot o’zatishga vaqabul qilishga mo’ljallangan nutq turidir. Uning monologik turidan farqlitomoni fikr mohiyati nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yokibu shaklda qisqartirish imkoniyatiga ega. Polilogik nutq deb bir nechta kishilar bilan amalga oshirishgamo’ljallangan, triada va poliada negiziga quriluvchi, axborot o’zatish va qabulqilishga yo’naltirilgan, bahs tarkiblari ishtirok etuvchi og’zaki nutq turigaaytiladi. Artikulyatsion apparat orqali vujudga keluvchi, verbal holatlarda aks etuvchi, o’zgalarga yo’naltirilgan, har xil xususiyatli vaziyatlarda namoyon bo’luvchi nutq turiga tashqi nutq deb atalib, unda tilning barcha qoidalari vaqonuniyatlari mujassamlashgan bo’lib, u o’zatish va qabul qilish, idrok etish vatushunishdan iborat muomala quroli, vositasi vazifasini ijro etadi. Muayyan axborotlarni tartibga keltirish, g’oyalarni yaratish, fikriy dasturni ishlab chiqishga mo’ljallangan, lekin latent davridagi ma’lumotlar majmuasidan tuziluvchi nutq turi ichki nutq deyilib, uning muhim xususiyatlaridan biri– bu ko’lam jihatdan tashqi nutqdan kengroq ekanligidir. Yana bir xususiyati esa tafakkur mexanizmi funktsiyasini bajarishidir.
Ekspressiv nutq deganda axborotlar ichki mohiyatini tashqi his-hayajontarkiblari bilan kuchaytiruvchi, shaxslararo munosabatni yaqqol ifodalanishini aks ettiruvchi, ovozli, til vositalariga asoslanuvchi nutq turi tushunilib, u o’zining tezkorligi va vaziyat bopligi bilan boshqa nutqturlaridan ajralib turadi. Ichki kechinmalar shaxsiy fikrlash bilan uyg’unlashishi tufayli fikriy bog’lanishni vujudga keltiruvchi, holatlar, hodisalar mohiyatini ichki va tashqi omillarga asoslanib aks ettiruvchi nutq turiga esa impressiv nutq deyiladi. Millat va elatlarning til boyligi maqollar, donishmandliklar, hikmatlar, matallar sifatida shakllangan, yuksak mantiqiy yuklamaga ega bo’lganyig’iq nutq turi lakonik, ya’ni yig’iq, qatra nutq deyiladi. Masalan, «Etti o’lchab– bir kes», «Sabrning tagi– sariq oltin». Affektiv nutq turli omillar ta’sirida birdaniga vujudga keluvchi, jahlning mahsuli bo’lib, bunda u to’satdan suhbatdosh, raqib tomonga o’zatiluvchi, o’ta ta’sirchan, xavfli, ruhiy nishon vazifasini bajarib, zarbasi jihatidan alternativi yo’qligi bilan boshqa nutq turlaridan keskin ajralib turadi. Jahl, qasos, alam, tajovuz kechinmalarini o’zida aks ettirib, o’tatanglik, zo’riqish(stress) mahsuli bo’lib hisoblanadi(«Jahl kelganda– aqlketadi»; «Hissiyot bilan emas, balki aql bilan ish tut»).
Yozma nutq insoniyat tarixining taraqqiyot bosqichida paydo bo’lib, hozirgacha u o’z rivojlanishida davom etmoqda. E.G’.G’oziev ta’rificha, tilning barcha qoidalariga(orfografik, morfologik, sintaksik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonematik, fleksiv va h.k.), qonuniyatlariga, mexanizmlariga(jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyanshartli alomatlar(grafiklar) yordamida shakl, tuzilish, ma’no, mazmun vamohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutqturi yozma nutq deyiladi.
Yozma nutq turlari:
a) monologik(drama),
b) dialogik(badiiy asar janrlarida), v) ichki,
g) lakonik(yig’iq, qatra),
d) epik(yoyiq, yirik roman, qissa va boshqalar).
Yozma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o’zifodasini topgan bo’lib, og’zaki nutqdagidan farqli o’laroq til boyliklarigabevosita asoslanib, yangiliklar yaratish, ijod qilish so’zlar orqali mohiyat kasb etadi, u yoki bu shaklda tartibga keltiriladi.
Lakonik(yig’iq, qatra) nutq ham og’zaki nutqdagiday ma’no kasb etsa, epik(yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar mohiyatini to’laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqlanadi.
Nutqning buzilishi. Bosh miyaning organik zararlanish kasalliklari, jarohatlarida, kalla chanoq suyaklari shikastlanishida, isteriyalarda nutqning buzilishi k o’zatilib, u afaziya deyiladi. Afaziyaning bir necha turlari farqqilinadi, ularning ko’pgina umumiy va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari ham mavjud. Afaziya bilan og’rigan bemorlarda so’zlar va ularni tashkil etuvchi nutq tovushlarini to’g’ri tanlash buziladi, shuningdek, mustaqil nutqning grammatik tuzilishi ham buziladi. Bunday bemorlarning nutqi kambag’al, ishlatiladigan so’zlar zahirasi ancha cheklangan bo’ladi. Bir xil so’zlarni va bo’g’inlarni boshqalari bilan almashtirish k o’zatilib, gapning ayrim qismlari o’rtasidagi bog’lanish buziladi. Shuningdek, o’qish va yozishning yomonlashuvi ham k o’zatilishi mumkin. Afaziyalar motor, sensor, amnestik, totalafaziyalarga ajratiladi. Motor afaziya so’zlarni talaffuz qilishga qobiliyatsizlik yoki bu qobiliyatning sezilarli ravishda pasayishidir. Bemorlar gapirishga haraka tqiladilar, lekin faqat bir necha so’z yoki bo’g’inlarnigina ayta oladilar. Bunday buzilish kalla chanog’ining peshona qismi shikastlanganda k o’zatilib, bunda bemorlar o’zlariga qaratilgan nutqnigina tushunadilar.
Sensor afaziya atrofdagilar nutqini yomon tushunish bilan xarakterlanib, yozuvda qo’pol buzilish k o’zatiladi. Sensor afaziya bilan og’rigan bemorlarda o’zlariga nisbatan qaratilgan nutqni tushunish ko’proq yomonlashgan bo’ladi. Ular ko’pincha o’zlariga berilgan savollarni anglash u yoqdatursin, hatto oddiy imo-ishoralarni ham tushunmaydilar. Bunday bemorlar erkin gapiradilar, lekin ancha buzilgan va birmuncha tushunarsiz bo’lgan nutqda bir xil so’z va bo’g’inlarni boshqalari bilan almashtirishga ko’p marta yo’l qo’yadilar. Sensor afaziya uchun nutq beqarorligi (logoreya) xosdir.
Amnestik afaziya narsalarning nomlarini aytish qobiliyatlariningbuzilishida namoyon bo’ladi. Kerakli so’z ko’pincha bevosita so’zning narsa bilanbog’liqligidan emas, balki bemorning nutqi kontekstini anglashidan paydobo’ladi.
Total afaziya nutqning barcha turlari yo’qolishi bilan xarakterlanadi. Bemor gapirishga harakat qilib, ba’zan u yoki bu tovushni talaffuz qilishimumkin. Bu holat bosh miyada qon aylanishi buzilganda va atrofikshikastlanishda k o’zatiladi.

Yüklə 35,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin