12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xarita



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə13/65
tarix22.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62071
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xari

Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: o’quvchilarga Paskal dasturlash tilining o‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlari haqida tusuncha berish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga o‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar, ularning turi, qiymatlari, egallagan hajmi hamda ularning dasturda belgilanishi haqidagi bilim va ko’nikmalar beriladi.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga, fanlararo bog’lanishni xis qilish va o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

O‘zgarmas, o‘zgaruvchi miqdorlar. Belgili o‘zgarmaslar. Satrli o‘zgarmaslar. Mantiqiy o‘zgarmaslar. Sonli o‘zgarmaslar. Belgili o‘zgaruvchilar. Satrli o‘zgaruvchilar. Haqiqiy va butun sonli o‘zgaruvchilar va ularning turlari.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

Yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi. Paskal dasturlash tilining o‘zgarmas, o‘zgaruvchi va jadval ko‘rinishidagi miqdorlari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. Ularda Paskal dasturlash tilida dastur tuzishda qaysi so’zlarni ishlatish mumkin, qaysilarini ishlatish mumkin emasligi to’grisida tasavvur hosil bo’ladi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin