12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xarita


Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə10/65
tarix22.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62071
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xari

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.



Asosiy tushunchalar:
Dasturlash tilining alifbosi, konstanta (o’zgarmas), o’zgaruvchi, algebraik ifoda, operator, funksiya va protsedura, nishon, modul, identifikator.


Darsning blok-chizmasi: E jadval

O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.


SJ, K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.
MY Darslikning avvalgi mavzusidagi yoki qo’shimcha misol va mashqlar.
BST BST-31 dan BST-41 gacha.
Mavzuni yoritish:
AH O‘quvchilarga: “Ona tilida gaplar nimalardan tashkil topadi?”, “So’zlar nimalardan tashkil topadi?”, “Tilda qo’llaniladigan barcha harflar majmuyi nima deyiladi?” – kabi savollar berilib, ixtiyoriy til - alifbo, so’zlar majmui, tinish belgilari, grammatik qoidalar tizimidan iborat ekani xulosa qilinadi. Shu kabi ixtiyoriy dasturlash tili ham o’zining alifbosi, hizmatchi so’zlar va amallar majmui, hamda dastur tuzish uchun qoidalar tizimidan iborat ekani ta’kidlanadi.
M O’quvchilar Paskal tilining alifbosi, arifmetik amal belgilari, munosabat belgilari, mantiqiy amallar va maxsus belgilar bilan tanishtiriladi.
Identifikator, algebraik ifoda, operator, funksiya, protsedura, nishon va modul tushunchalari qisqacha tavsiflanib, ular alohida mavzularda batafsil yoritilishi ta’kidlanadi. Paskal tilidagi dasturning umumiy tuzilishi – til strukturasi tushuntiriladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
SJ Darslikdagi yoki qo’shimcha savol va topshiriqlar.
K Turbo Paskal alifbosi elementlari va misollar: 1) 16 lik sonlar; 2) mantiqiy amallar; 3) munosabat belgilari; 4) zahira so’zlar.
MY Darslikdagi 1-2-mashqlar.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin