12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xarita


Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə14/65
tarix22.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62071
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xari

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.



Asosiy tushunchalar:
O‘zgarmas miqdorlar, o‘zgaruvchi miqdorlar, sonli, belgili, satrli va mantiqiy o’zgarmaslar.


Darsning blok-chizmasi: E jadval

O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.


SJ, K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.
MY Darslikning avvalgi mavzusidagi yoki qo’shimcha misol va mashqlar.
BST BST-31 dan BST-46 gacha.
Mavzuni yoritish:
M Algebraik ifodalarda qo’llaniladigan sonlar, turli matnli axborotlar dasturda miqdorlar orqali ifodalanadi. Qabul qiladigan qiymatiga ko’ra miqdorlar bir necha turga bo’linadi. Paskal dasturlash tilida, asosan, belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi miqdorlar qo’llaniladi. Ular haqida a’lumotlar beriladi va misollar orqali yoritiladi.
AH O’quvchilardan sonlarning o’nli standart ko’rinishi haqida so’raladi va misol yordamida eslatiladi. Miqdorlarni tushuntirishda interfaol usulni qo’llash maqsadga muvofiq. Ya’ni, o’qituvchi miqdorning turini tavsiflaydi, o’quvchilar esa tavsifga mos miqdorga misollar keltiradilar.
M Dastur bajarilishi davomida qiymati o‘zgarmaydigan miqdorlar o‘zgarmas miqdorlar (o’zgarmaslar), qiymati o‘zgaradigan miqdorlar o‘zgaruvchi miqdorlar (o‘zgaruvchilar) deb atalishi eslatiladi. Shunday misol ham keltirish mumkin. O’zgaruvchilar o’z nomiga ega bo’ladi. Misol sifatida biror o’quvchini olish mumkin. Masalan, Sanjar. Sanjar - o’quvchining ismi (nomi). Agar u 15 yoshda bo’lsa, 15 uning qiymati. Keyingi yil Sanjar 16 yoshga to’ladi. Bunda 15 soni 16 ga aylanib qolmadi, balki Sanjarning qiymati (yoshi) o’zgardi. O’zgaruvchilar nomga ega bo’lgani uchun ularning qiymatini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Paskalda o’zgaruvchilar albatta dastur boshida tavsiflanishi, ya’ni ularning turi ko’rsatilishi kerakligi o’quvchilarga alohida ta’kidlanadi.
AH Butun sonlar ustidagi div va mod amallari aytilib, o’quvchilardan misollar keltirish so’raladi. Bunda sonning juft yoki toq xususiyati haqidagi xulosaning chiqarilishi muhumdir.
M Paskalda jadval ko’rinishdagi miqdorlar ham qo’llanilishi aytib o’tiladi. Jadval ko’rinishidagi miqdorlar bir vaqtning o’zida bir nechta qiymatga ega bo’lishi mumkinligi aytilib, ular haqida keyingi darslarda batafsil ma’lumot berilishi aytiladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin