1) O‘qituvchining shaxsiy xislatlari: -bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;
-amaliy-psixologik akl-farosatlilik;
-mehnatsevarlik;
-jamoat ishlarida faollik;
-mehribonlik;
-kamtarlik;
-odamiylik, dilkashlik;
-uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo‘lish;
-o‘z bilimlarini oshirishga intilish.
2) Kasbiga xos bilimlari: -ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
-psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;
-etnopsixologik bilimlarni egallashi;
-hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
-hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;
-maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
-o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;
-o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini
bilishi;
-ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarning mazmunini bilishi.
3) O‘z kasbiga xos xislatlari: -milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;
-zamonaviy maktabda olib boriladigan o‘kuv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
-o‘qituvchining kuzatuvchanligi;
-o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;
-pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;
-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘la olishi;
-o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;
-pedagogik takt;
-nutqning emotsional ifodalanishi;
4) SHaxsiy - pedagogik uddaburonligi: -dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
-o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
-ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
-pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;
-bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtira bilishi;
-o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
-o‘zini talim-tarbiya ishlariga tayyorlash tizimni rejalashtira olishi.