12-Mavzu. Qishloq xo’jalik korxonalarining moliyaviy faoliyati tahlili Reja



Yüklə 359,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix18.10.2023
ölçüsü359,17 Kb.
#156867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Lecture - 12

Qo’shimcha adabiyotlar 
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22 oktyabr 2012 yildagi «O’zbekistonda 
fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora- 
tadbirlari to’g’risida”gi PF- 4478- sonli Farmoni. 
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 sentyabrda Namangan viloyatiga 29-
30 sentyabr kunlari Farg’ona viloyatiga tashriflari chog’ida bergan topshiriqlari bo’yicha chora - 
tadbirlar. 
3.Abdug’aniyev A., Abdug’aniyev A.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. - T.: «O’zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg’armasi», 2004. - 346 bet. 
4.Komiljonov B.I. Innovasiyaviy menejment uslublarini takomillashtirish. - Toshkent: 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2007. 
5.Samatov G’.A, Yodgorov J.Yo, Rustamova I.B. Qishloqda zamonaviy bozor infratuzilmasini 
kompleks rivojlantirish va servis xizmatini tashkil etishning asoslari (fermerlar tayyorlash va 
qayta tayyorlash bo’yicha biznes maktablar tinglovchilari uchun qo’llanma).-T.:ToshDAU 


taxririyati 2004y. 
6.Umurzoqov U.P. va boshq. Fermer xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. - T.: “Iqtisod-
moliya”, 2007. 

276 b. 
7.Farmonov T.H. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish istiqbollari. - T.: «Yangi asr avlodi», 2004. 
- 144 s. 8.Shakirov F.K., Korolev Yu.B., Pastuxov A.K. i dr. Organizasiya 
selskoxozyaystvennogo proizvodstva i menedjment: uchebnik dlya vuzov. - M.: Kolos OOO, 
2008. - 607 s. 
12.1. 
Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatini o’rganish usullari. 
Qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatini o’rganishda tahlil uslubiga ko’ra, taqqoslash, 
tekshirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish stastistik guruhlash, o’rtacha va nisbiy ko’rsatkichlar, 
zanjirli bog’lanish usullari, matematik usullar va hokazolardan foydalaniladi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatini yuqorida qayd etilgan usullar yordamida 
o’rganish xo’jalikdagi foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlashga, ularni ishlab chiqarishga 
joriy etish ish faoliyati samaralorligini oshirishga imkon yaratadi. Bunda eng ko’p 
qo’llaniladigan usullardan biri taqqoslashdir. Bu uslda bir necha iqtisodiy ko’rsatkichlardan 
foydalaniladi. Jumladan: 
- hisobot ko’rsatkichlari rejada keltirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi; 

hisobot yilida erishilgan natijalarni ko’rsatuvchi o’tgan yillardagi bajarilish ma’lumotlari 
bilan solishtiriladi; 
- ishlab chiqarish yo’nalishida bir necha yil davomida o’zgarishlar dinamikasi aniqlanadi; 

qishloq xo’jalik bo’linmalarining ishlab chiqarish natijalari tuman, viloyat va respublika 
bo’yicha erishilgan ko’rsatkichlar, hamda dehqon va fermer xo’jaliklari ish natijalari bilan 
birgalikda solishtiriladi. Bu orqali ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash va ularni joriy etish 
choralarini belgilash imkoniyati ayonlashadi. 
Taqqoslash usuli yordamida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida o’zaro uzviy bog’liq ko’p 
ko’rsatkichlar bir-biriga solishtiriladi. Xususan, har gektar qishloq xo’jalik yeri hisobiga 
qanchadan daromad olish, mehnat unumdorligini mahsulot tannarxi, mahsulot sotishni, qishloq 
xo’jaligida 513ovar mahsulotlarining o’sishi, xo’jaliklarning daromadi va ularning taqsimlanishi, 
texnikadan foydalanishi, mehnat, yem-xashak balansi, xo’jalik iqtisodiyotining rivojlanishi va 
boshqa ko’rsatkichlarni taqqoslash mumkin. 
Har bir taqqoslash o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib, korxonalarning ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlarini yaxshilash yo’nalishi uchun zarur muammolarni topishga imkon beradi. 
Taqqoslash usulidan foydalanishda taqqoslash uchun solishtirish mumkin bo’lgan 
ko’rsatkichlardan foylananish kerak. Masalan, bir necha yil davomida yetishtirilgan qishloq 
xo’jalik mahsulotlarining umumiy xajmidagi o’zgarisho’larni belgilash uchun haqiqiy sotish 
narxlarini emas, balki bir birlikka keltirilgan narxlarni taqqoslash zarur. Guruhlarga ajratligan 
uslub, guruhlash ma’lumotlarini ma’lum belgilarga ko’ra guruhlarga bo’lish demakdir. U 
513ovar513513513i tahlilning muhim usuli hisoblanadi. Uning yordamida xo’jalik tarmoqlari, 
hosildorlik, mahsulot hajmi, chorva mollari mahsuldorligi va boshqalar aniqlanadi. 
Iqtisodiy ko’rsatkichlar sifat jihatdan bir xil bo’lgan guruhlarga bo’linadi. Ko’rsatkichlar 
o’rtasida bir-biriga bog’lanishlar borligini o’rganilayotgan hodisalarning eng muhimlardan biri 
ekanligi aniqlanadi. Har bir omillarning ishlab chiqarish natijalariga qay darajada, qanday ta’sir 
qilishi belgilanadi. Strategik guruhlash uslubi qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlarni 
aniqlab berishning muhim vositasidir. Uning yordamida sifati bir xil bo’lgan ko’rsatkichlar bir 
guruhga birlashtiriladi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida tahlil qilish ishlarini tashkil etishning asosiy shakli iqtisodiy 
tahlil bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy kengashdir. Uning asosiy vazifasi xo’jalikning va ishlab 
chiqarish bo’linmalarining ma’lum davr ichidagi ish natijalarini har tomonlama o’rganishdan 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning joriy istiqboli rejalarini ishlab chiqishda qatnashishidan, 
imkoniyatlarni aniqlanishidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llarini belgilashdan 


iborat. 

Yüklə 359,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin