bevosita band bo’lgan ishlovchilar mehnatiga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
urug’lik va ko’chatlar, yonilg’i va moylash materiallari, zaharli moddalarning qiymati; traktorlar
va qishloq xo’jalik mashinalarining amortizasiyasi; ishlab chiqarish binolari, mashinalar va
inventarlarni joriy ta’mirlash, avtotransport, elektrostansiya va hokazolar tomonidan ko’rsatilgan
xizmat va bajarilgan ishning qiymati.
Chorvachilikning bevosita xarajatlariga quyidagilar kiradi: chorva mollariga qarashda
bevosita band bo’lgan ishlovchilar mehnatiga haq tarzida to’lanadigan xarajatlar, chorvachilik
binolari, mashinalar, inventarlar va asbob-uskunalarning qiymati, yordamchi ishlab chiqarish
xizmatining qiymati va hokazolar.
Ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar
bilvosita xarajatlardir. Bu xarajatlar yetishtirilgan u yoki bu mahsulot tannarxiga bevosita
kiritilishi mumkin emas. Bilvosita xarajatlar umumxo’jalik va umumishlab chiqarish
xarajatlariga bo’linadi.
Umumxo’jalik xarajatlari umuman xo’jalikni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish bilan
bog’liq bo’lib, unga quyidagilar kiradi: xo’jalik raislari, ombor mudirlari, qorovullarga
to’lanadigan haq, yengil transportni saqlash va xizmat safarlariga qilingan xarajatlar, idora,
pochta, telegrafga va boshqa sarflar. Imoratlar va inshootlar (yo’llar, ko’priklar), umumxo’jalik
inventarlari va asbob uskunalarining ammortizasiyasi, ularni joriy ta’mirlash va saqlashga
sarflangan xarajatlar ham umum xo’jalik xarajatlari jumlasiga kiradi.
Ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlari, masalan, dehqonchilik, chorvachilik, qurilish va
hokazolarni boshqarish hamda ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar
umumishlabchiqarish xarajatlaridir. Umumishlab-chiqarish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
bo’lim boshliqlari, yoqilg’I quyuvchilar mehnatiga xaq to’lash uchun ketgan xarajatlar; mehnatni
muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga qilingan xarajatlar; dala shiyponlariga, ishlovchilarni
tashishga va hokazolarga sarflangan xarajatlar.
Mahsulot tannarxini, shuningdek ko’rsatilgan xizmat va bajarilgan ish haqini hisoblab
chiqish kalkulyasiya deb ataladi.
Xo’jaliklarda tannarxni rejadagi va amaldagi kalkulyasiyasi olib boriladi. Amaldagi
kalkulyasiyani ishlab chiqarishning butun sikli tugagandan keyin buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari bo’yicha qilingan amaldagi xarajatlar asosida tuzib chiqiladi.
Amaldagi va rejadagi kalkulyasiyalar natijalarini tahlil qilish va taqqoslab ko’rish,
yetishmovchiliklarni aniqlash hamda kelgusi hisobot davri uchun tannarxni kamaytirish
yuzasidan tadbirlar belgilash imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: