Foydalanuvchi interfeys turlari va ularni ishlab chiqish bosqichlari Foydalanuvchi interfeysi foydalanuvchi kompyuter bilan o‘zaro aloqasini
ta’minlovchi dasturiy va apparat vositalari to‘plamidan iborat. Bunday o'zaro aloqa
asosini dialoglar tashkil etadi. Mazkur holatda dialog deganda inson va kompyuter
o‘rtasida reglamentlashgan axborot almashinuvi tushuniladi. Bu belgilangan
vaqt mobaynida bajariladi va ma’lum bir vazipredmeti hal etishga yo‘lnatiriladi.
Har bir dialog kiritish-chiqarishning alohida jarayonlaridan iborat bo‘lib,
foydalanuvchi va kompyuter aloqasini ta’minlaydi.
“Xabar” Axborot almashuvi xabarlar va boshqaruvchi singnallarini uzatish orqali oshiriladi.
Xabar bu dialog almashinuvida ishtirok etuvchi axborotning bir qismi.
U quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
• kirish xabarlari. Ular inson tomonidan klaviatura, manipulyatorlar, masalan
≪sichqon≫ kabi kiritish vositalari orqali tashkil etiladi;
• chiqish xabarlari. Mazkur ma’lumotlar kompyuter orqali matn, ovozli signallar va
(yoki) tasvir shaklida uyushtiriladi hamda foydalanuvchiga monitor ekrani yoki
boshqa qurilma vositasida chiqariladi.
Foydalanuvchi asosan quyidagi xabarlar turini uyushtiradi: axborotni so‘rash,
yordam so‘rash, operatsiya yoki funksiya so‘rovi, axborotni kiritish yoki
o`zgartirish, kadr maydonini tanlash va hokazo. Bunga javoban u quyidagilarga
ega bo‘ladi: ko‘makchi ma’lumot, axborot xabari, harakatni talab etuvchi xatolar
to‘g‘risida xabar, kadr olch am in i o‘zgartirish va hokazo.
Xabarlarni chiqarish Xabarlarni chiqarish uchun: • Monoxrom va rangli monitorlar — tezkor matn va grafik axborotni chiqarish;
• printerlar — matnli va grafik axborotning ≪qat’iy nusxasi≫ni olish;
• jadval tuzuvchilar — grafik axborotning qat’iy nusxasini olish;
• nutq sintezatori — nutq chiqishi;
• planshetlar — grafik kiritish;
• skanerlar — grafik kiritish;
• manipulyatorlar, yorug'lik perosi, sensor ekran — axborotni pozitsiyalash va
ekranda tanlash va hokazo.