14 – amaliy mashg‘ulot to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tout apparaturasi bilan jihozlangan regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish


Aloqani tashkil etish sxemasini ishlab chiqish



Yüklə 463,73 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü463,73 Kb.
#201215
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Aloqani tashkil etish sxemasini ishlab chiqish

Reneneratsiyalash uchastkasining uzunligini hisoblash natijasida hosil qilingan A B yo‘nalishdagi uzatish liniyasining aloqani tashkil etish sxemasi 14.1-rasmda keltirilgan.


Uzatish liniyasi OQ-A va OQ-B oxirgi qurilmalardan, KChOP-kirish/chiqishli oraliq punkt va ikkita KP-1 va KP-2 kuchaytirish punktlaridan iborat. Foydalanishga tushirish bosqichida OQ-A va OQ-B, shuningdek OQ-A – KChOP va KChOP – OQ-B punktlari o‘rtasida ikkita STM-16 oqimini uzatish ta’minlanadi. Oxirgi qurilmalarda optik multipleksor/demultipleksorlar joylashgan. Ular kengligi 0,1 nm li (12,5 GHz) 32 optik kanalga mo‘ljallangan. Tarmoqda mavjud SDH apparaturasi bilan moslashish uchun 2,5 Gbit/s tezlikka mo‘ljallangan transponderlar qo‘llaniladi.
OQ-A oxirgi qurilma chiqishida quvvat kuchaytirgichi, qolgan punktlarda EDFA (Erbium-Doped Fiber Amplifier – erbiy bilan legirlangan optik kuchaytirgich) o‘rnatilgan. KChOPda va OQ-B da DKM-dispersiyani kompensasiyalovchi modul kiritilgan. KChOP-kirish/chiqishli oraliq punktda KChM-kirish/chiqishli multipleksor joylashtirilgan.
Loyihalashtirish natijasi bo‘yicha raqamli signalni uzatish sifati ko‘rsatkichi – xatolik koeffisienti kxat=10-12 talabi (OSShNdB = 20 dBq) 2,27 zahira bilan bajarildi. Bu zahira kelgusida optik kanallarni rezervlashda ishlatilishi mumkin.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish, bu texnologiya asosida aloqani tashkil etishni loyihalashda talab etiladigan uzatish sifatining ta’minlanishiga e’tibor berish kerak. Ushbu ko‘rilayotgan masala, sifat mezonlaridan kelib chiqqan holda aloqani tashkil etishdagi hisoblashlar, to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlarini loyihalash masalalarini hal etishda dolzarblik kasb etadi. Chunki sifati ko‘rsatkichlari aloqa sifatini aniqlaydi.

14.1-rasm. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish apparaturasi qo‘llanilgan aloqani tashkil etish sxemasi



Yüklə 463,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin