14 – amaliy mashg‘ulot to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tout apparaturasi bilan jihozlangan regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish


Kuchaytirish uchastkalari uzunligini hisoblash



Yüklə 463,73 Kb.
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü463,73 Kb.
#201215
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kuchaytirish uchastkalari uzunligini hisoblash


Optik kanalga kiritiladigan so‘nish bo‘yicha kuchaytirgichlar orasidagi masofaning maksimal uzunligini baholaymiz. Kuchaytirish uchastkasida har biri αaj = 0,5 dB so‘nishli naj = 2 ta ajraladigan ulagich mavjud deb taxmin qilamiz. Standart bir modali optik tolali kabelning o‘rtacha so‘nish koeffisienti
αк=0,22 dB/km. Tolali optik kabelning qurilish uzunligi lqur=2 km, ajralmaydigan ulagichlardagi o‘rtacha so‘nish αaj.y=0,03 dB ga teng deb qabul qilamiz. So‘nish koeffisientining ekvivalent qiymati


ekv.k = к + αaj.y/lqur = 0,22 + 0,03/2 = 0,235 dB/km

ni tashkil etadi.


Tolali optik kabeldagi so‘nishning kompensasiyasi nuqtai nazaridan kuchaytirgichlar orasidagi masofaning maksimal uzunligini formuladan kuchaytirgichning g = (25…30) dB kuchaytirishida baholaymiz:

Lkuch.max= = 102…123 km.




Topshiriq bo‘yicha uzatish liniyasining umumiy uzunligi 390 km ni tashkil etadi, shu tarzda kuchaytirish uchastkalarining soni Nku = 4 bo‘lishi kerak. KChOP va OQ-B orasidagi oxirgi uchastka uzunligi topshiriq bo‘yicha 390 - 190 = 200 km (optik tola turi bo‘yicha kuchaytirgichlar orasidagi nominal uzunlik 80, 120 va 160 km larni, regeneratorlarsiz umumiy uzunligi esa 360 km va 640 km ni tashkil etadi). Shuning uchun oxirgi uchastka uzunligini 100 km dan ikki uchastkaga bo‘lib, optik kuchaytirgich joylashtiramiz.
Ri nuqtada 4-uchastkaning shovqin quvvatini hisoblaymiz.
Shovqin sathi quyidagini tashkil etadi:


Psh.4 = рq.q – рchiq + а4 + рsh.kir = -7 - (+5) + (100 · 0,235 + 1) + (-52) = -39,5 dBq,


bu yerda psh.kir = -58 + nf = -58 + 6 = -52 dBq - koeffisientining tipli qiymatli nf 6 dB kirishga joylashtirilgan optik kuchaytirgichning shovqin sathi.
Ri nuqtada 4 - kuchaytirish uchastkasining shovqin quvvati


Ri nuqtada 3-uchastkaning shovqin quvvatini hisoblaymiz.
Shovqin sathi quyidagini tashkil etadi:


psh.3 = рq.q – рchiq + а3 + рsh.kir = -7 - (+5) + (100 · 0,235 + 1) + (-52) = -39,5 dBq.


Ri nuqtada 3 - kuchaytirish uchastkasining shovqin quvvati


Psh.3 = dec (0,1· рsh.3) = 10 0,1· (-39,5) = 1,12 · 10-4 mVt = 112 nVt.


OQ-A va KChOP orasidagi 190 km uzunlikli trassada optik kuchaytirgichlarni joylashtirish uchun mos keladigan aholi yashaydigan punktlarni aniqlaymiz. Mos ravishda 1inchi, 2-chi kuchaytirish uchastkalarining uzunligi 130, 60 km larni tashkil etadi.
2-kuchaytirish uchastkasining Ri nuqtada shovqin sathi va quvvatlarini hisoblashda kirish/chiqish multipleksorining filtridagi qiymati 16 dB gacha bo‘lgan so‘nishni e’tiborga olish kerak:


psh.2 = рq.q - рchiq+ а2+ рsh.kir = -7- (+5) + (60 · 0,235 + 1 + 16 ) + (-52) = -30,9 dBq,


Psh.2 = 10 0, (- 30,9) = 813 nVt.


1-kuchaytirish uchastkasining uzunligi 130 km ga teng, bu Lkuch.max= 123 km ruxsat etilgan maksimal qiymatdan katta. Shuning uchun ikkinchi uchastkaning EDFA oraliq kuchaytirgich kirishida dastlabki kuchaytirgich sifatida raman kuchaytirgichini joylashtirish zarur, u shovqindan himoyalanganlikni amaliy kamaytirmay kirish signallarining sathini oshirish xususiyatiga ega.
1-kuchaytirish uchastkasining so‘nishi 130 · 0,235 + 1 = 31,55 dB ni tashkil etadi. Raman kuchaytirgichining kuchaytirishini 5,9 dB ga teng deb belgilaymiz, u holda g1 = 31,55 – 5,9 = 25,65 dB < 30 dB.


psh.1 = рq.q - рchiq+ а1+ рsh.kir = -7- (+5) + (130 · 0,235 + 1 – 5,9) + (-52) = - 38,35 dBq,


Psh.1 = 10 0,1· (-38,35) = 0,146 ·10-5 mVt= 146 nVt.


Shu tarzda, Ri nuqtada barcha kuchaytirish uchatkalaridan yuzaga keladigan umumiy shovqin quvvati:


Рsh. Σ = Рsh.1 + Рsh.2 + Рsh.3 + Рsh.4 = 146 + 813 + 112 + 112 = 1183 nVt.


Bu nuqtada ruxsat etiladigan shovqin quvvati quyidagicha aniqlanadi:


Рsh. Σ.max = dec [0,1· (рq.q - Аhim)] = 10 0,1· (-7- 20) = 1,995 · 10-3 mVt = 1995 nVt.


Shu tarzda, berilgan OSShN 10 lg (1995/1183) = 2,27 dBq zahira bilan bajariladi.
Liniyada NRZ kodi qo‘llanilganda regeneratsiyalash uchastkasidagi umumiy dispersiyaning ΔTmax - maksimal ruxsat etilgan qiymati ΔTmax ≤ 0,7/B munosabatdan aniqlanadi.


B = 2,5 Gbit/s uchun


ΔTmax 0,7/2,5·109 = 0,28 ns.


Standart tolaning 1550 nm diapazonda dispersiya parametri 18 ps/nm·km ni tashkil etadi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturalarida qo‘llaniladigan lazer diodlarning -20 dB Δ -20 sath bo‘yicha nurlanish spektrining kengligi 20 GHz dan katta bo‘lmasligi kerak (Δ -20 = 20/125=0,16 nm).
L-3 = -3 dB sath bo‘yicha L nurlanish spektrining kengligini aniqlaymiz. Adabiyotlarda lazer diod nurlanish spektrining approksimasiya formasi Gauss egriligi y(x) = exp [-x2 /(2 σ2 )] bilan qabul qilingan. Ko‘rsatish mumkin:


,

bu yerda М = 0,1·ln10 0,23.




Li = -3 dB, Lj = -20 dB, = , = deb hisoblab, quyidagiga ega bo‘lamiz:
= /2,58 = 0,16/2,58 = 0,062 nm;
Δ -3 = 125 · 0,062 = 7,75 GHz.


Berilgan Lreg. uch =390 km uzunlikda umumiy dispersiya
ΔT = Dtola·Lreg. uch· = 18·390·0,062 = 435 ps = 0,435 ns > ΔTmax = 0,28 ns ni tashkil etadi.
Dispersiyani kompensasiyalovchi DCF tolaning dispersiya parametrining tipik qiymatiga DDCF=-340 ps/nm·km va so‘nish koeffisienti DCF =1,56 dB/km ga ega.
EDFA kaskadlari orasida joylashgan, dispersiyani kompensasiyalovchi modullardagi DCF tolaning umumiy uzunligi

L2 = = = 20,63 km


ga teng bo‘lishi kerak


DCF tolaning so‘nishi 20,63 · 1,56 = 32,18 dBq ni tashkil etadi.
Bunday so‘nish qiymati butun kuchaytirish uchastkasining so‘nishi bilan taqqoslanadigan darajada bo‘lgani uchun, so‘nishni bir necha kuchaytirish uchastkalari o‘rtasida taqsimlash kerak. Loyihalashtirilayotgan regeneratsiya uchastkasida ikkita dispersiyani kompensasiyalovchi modulni o‘rnatish (masalan 2 inchi va 4 inchi kuchaytirish uchastkalarida) maqsadga muvofiq.



Yüklə 463,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin