Sinxron raqamli TOAT multipleksorlash seksiyasini ekspluatasiyaga tushirishda chegaraviy qiymatlarni aniqlash ketma-ketligi
Real seksiya uchun ekspluatasion normalar (ES, SES va BBE)ning SPO ajratilgan ulushini (15.6.1) formula bo‘yicha aniqlash.
Real seksiya uchun ES, SES va BBE xatoliklar xaqidagi ma’lumotlarning APO ajratilgan ulushini yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlash.
APO ES ═ SPO ES · Т,
APO SES ═ SPO SES · Т,
APO BBE ═ SPO BBE · Т · BS.
Ekspluatasiyaga tushirishda berilgan trakt uchun BISPO – xatoliklar xaqidagi xabarlar sonini yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlash.
S ning chegaraviy qiymatini yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlash, u bo‘yicha sinxron raqamli TOAT traktini ekspluatasiyaga tushirish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Sinxron raqamli TOAT multipleksorlash seksiyasini ekspluatasiyaga tushirishda normalarni aniqlashga misol
1998 yil ishlab chiqarilgan apparatura yordamida, to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOATda tashkil etilgan, kabeli, L=700 km uzunlikli sinxron raqamli tizimining STM-4 magistral seksiyasini ekspluatasiyaga tushirishda chegaralarni aniqlashga misol (24 soat davomida o‘lchash).
MPOSESR = 0,001; αт = 3,
SPOSES = 2,59,
SSES = -0,98 ≈ 0.
Raqamli traktlar va multipleksorlash seksiyalarini sinash va ekspluatasiyaga kiritish haqida qaror qabul qilish tartibi
Ekspluatasiyaga kiritishda raqamli traktlar va multipleksorlash seksiyalarini sinash, quyida keltirilgan aniq vaqt davomida parametrlarni o‘lchashdan va bu o‘lchov natijalarini avvalgi bo‘limlarda aniqlangan chegaraviy qiymatlar bilan taqqoslashdan iborat.
O‘lchash xar bir uzatish yo‘nalishi uchun, sinaladigan trakt va seksiyalarda yuzaga keladigan barcha xatoliklar uchun o‘tkaziladi.
Ekspluatasiyaga kiritishdagi sinovlar XEI ning O.150, O.151, O.181 tavsiyalariga mos keluvchi psevdotasodifiy ketma-ketliklarni shakllantiruvchi o‘lchov apparaturasi yordamida amalga oshiriladi.
Ikki tomonlama traktlarni sinash ikki o‘lchov asbobi yoki shleyf bo‘yicha bitta o‘lchov asbobi yordamida ikkala yo‘nalishni bir vaqtda o‘lchash bilan amalga oshiriladi.
Shleyf bo‘yicha o‘lchov natijasi bir tomonlama trakt uzunligi uchun mo‘ljallangan chegara bilan taqqoslanadi.
Ikkala uzatish yo‘nalishi mos keluvchi ekspluatasion normalarni qoniqtirgandagina, trakt ekspluatasiyaga qabul qilinadi.
Trakt va seksiyalarni ekspluatasiyaga kiritishda quyidagi o‘lchov turlari qo‘llaniladi:
Signalni o‘tish testi (davomiyligi 15 minutdan kam).
Ikki o‘lchov asbobi yordamida o‘lchanganda test o‘lchov ketma-ketligida bitli xatoliklarni jo‘natish va xar bir yo‘nalishning qabul qilishida bu xatoliklarni qayd etishdan iborat. Shleyf bo‘yicha o‘lchanganda test halqaning ajralish va ulanish ketma-ketligidan va ajralish vaqtida avariya holati indikasiyasi signallari (AHIS)ni qayd etishdan iborat.
15 minutli test. Test 15 minut vaqt ichida xatolik xodisalarini qayd etish va uni S15 chegara bilan taqqoslashdan iborat. Xatolik xodisalari soni (ES, SES va BBE) S15 dan kichik yoki teng bo‘lsa, natija ijobiy hisoblanadi. Agar ularning soni S15 dan katta bo‘lsa, natija salbiy hisoblanadi.
2 soatlik test. Test xatolik xodisalarini 2 soat vaqt ichida qayd etish va uni S2 chegara bilan taqqoslashdan iborat. Agar xatolik xodisalarining soni (ES, SES va BBE) S2 dan kichik yoki teng bo‘lsa, natija ijobiy, agar S2 dan katta bo‘lsa, natija salbiy hisoblanadi.
24 soatlik test. Test xatolik xodisalarini 24 soat vaqt ichida qayd etish va uni S24 chegara bilan taqqoslashdan iborat. Agar xatolik xodisalarining soni (ES, SES va BBE) S24 dan kichik yoki teng bo‘lsa, natija ijobiy, agar S24 dan katta bo‘lsa, natija salbiy hisoblanadi.
Barcha turdagi sinovlar uchun salbiy natijalarda (agar test muvaffaqiyatsiz bo‘lsa), nosozliklarni bartaraf etish jarayoni olib borilish kerak.
Ekspluatasiyaga kiritishda sinov jarayonlari turli vaqt muddatlar
davomida o‘lchovlar yig‘indisidan iborat. Bu jarayonlar raqamli trakt va multipleksorlash seksiyalari uchun farq qiladi.
Seksiyalarni o‘lchash xar bir xatolik xodisalari uchun 24 soat davomida o‘tkaziladi. Ijobiy natijada RFS (trakt ekspluatasiyaga qabul qilishga tayyor) holat e'lon qilinadi. Multipleksorlash seksiyalarini sinash jarayoni 15.1-rasmda ko‘rsatilgan.
15.1 –rasm. Multipleksorlash seksiyalarini sinash jarayoni
Raqamli traktlarni sinash jarayoni ikki bosqichdan iborat (15.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |