15– amaliy mashg‘ulot
SINXRON RAQAMLI TOAT MULTIPLEKSORLASH SEKSIYALARIDA XATOLIK PARAMETRLARIGA EKSPLUATASION ME’YORLAR
15.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Sinxron raqamli TOAT multipleksorlash seksiyalarida xatolik parametrlariga ekspluatasion me’yorlar, raqamli traktlar va multipleksorlash seksiyalarini sinash va ekspluatasiyaga kiritish haqida qaror qabul qilish tartibi haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
15.2. Topshiriq
Mashg‘ulotga tayyorlanishda quyidagi o‘quv materiallarini o‘rganish va 15.3 bo‘limda keltirilgan nazorat savollariga javob tayyorlash (ulardan 6 savolga yozma ravishda javob berish) zarur:
15.3.1-15.3.18 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali [15.1] ning 326-335 betlarida, [15.3] ning 486-489, [15.4] ning 159-239 betlarida, [15.4] ning 261-288 betlarida bayon etilgan.
15.3.19-5.3.21 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali, [15.1] ning 335-346 betlarida, [15.2] ning 308-314 betlarida, [15.4] ning 288-313 betlarida bayon etilgan.
15.3. Nazorat savollari:
15.3.1. Ekspluatasiya so‘zining ma’nosini tushintiring.
15.3.2. Texnik ekspluatasiya (TE) tizimini ta’riflang.
15.3.3. «Ekspluatasiya nazariyasi» nimani o‘rgatadi?
15.3.4. TE o‘zida nimani namoyon etadi va TEdan maqsad nima?
15.3.5. Texnik xizmat ko‘rsatish deganda nimani tushinasiz?
15.3.6. TE jarayoni qanday tashkil etiladi?
15.3.7. TE jarayoni qanday tadbirlarni o‘zida namoyon etadi?
15.3.8. TEO deganda nimani tushinasiz?
15.3.9. Texnik xizmat ko‘rsatish deganda nimani tushinasiz?
15.3.10. Texnik xizmat ko‘rsatish qanday tadbirlarni o‘ziga birlashtiradi?
15.3.11. Texnik xizmat ko‘rsatishning qanday usullarini bilasiz?
15.3.12. Texnik xizmat ko‘rsatishni qanday optimallashtirish mumkin?
15.3.13. Tizim yoki elementlarni rad etish deganda nimani tushunsiz?
15.3.14. Nazorat qilish deganda nimani tushinasiz?
15.3.15. Ekspluatasion nazorat tushinchasini ta’riflang.
15.3.16. Nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz?
15.3.17. Nazorat qilinuvchi ob’ektlar qaysi holatlar orqali baholanadi?
15.3.18. Norma, buzilish, avariya tushinchalarini ta’riflang.
15.3.19. TE tizimi qanday tashkil etiladi?
15.3.20. TEOning qanday ishonchlilik ko‘rsatkichlarini bilasiz?
15.3.21. TEOning rad etmasdan ishlash ehtimolligi qaysi miqdoriy munosabatdan aniqlanadi?
Dostları ilə paylaş: |