A bosqich. Yuqori tartibli trakt uchun:
- signalni o‘tish testi o‘tkaziladi;
- sutkalik test o‘tkaziladi;
- ijobiy natijada B bosqichga o‘tiladi;
- salbiy natijada nosozliklarni bartaraf etish amalga oshiriladi va yangi sutkalik test o‘tkaziladi.
B bosqich. Komponentli traktlar uchun:
Sinov aloqani uzmasdan nazorat qilish qurilmasining mavjudligiga bog‘liq holda bir necha komponentli traktlarni sinash jarayoniga mos ravishda olib boriladi.
Turli trassali bir necha traktlarni sinashda, xar bir trakt raqamli traktni sinash jarayoniga (15.2-rasm) mos holda alohida-alohida sinaladi.
Xatolik ko‘rsatkichlari uchun XEIning birinchi M. 2100 va M. 2101 tavsiyalariga muvofiq ekspluatasion normalarning quyidagi turlari qo‘llanilgan: uzoq muddatli va operativ turlari.
Uzoq muddatli normalar ekspluatasiya sharoitlarida 1 oydan kam bo‘lmagan uzoq muddatli o‘lchashlarni talab etgan. Bu normalar UF (umumiy foydalanish tarmoqlari)da avval qo‘llanilmagan, yangi uzatish tizimlarining raqamli kanal va traktlarining sifat ko‘rsatkichlarini tekshirishda qo‘llanilgan.
Operativ normalar ekspress-normalarga ta’lluqli bo‘lgan va o‘z baholanishi uchun nisbatan qisqa muddatli T=15 daqiqali, 1 soatli, 1 sutkali, 7 sutkali o‘lchovlarni talab etgan.
Ularning orasida quyidagi normalar farqlangan:
- traktlarni ekspluatasiyaga kiritish (1);
- ekspluatasiya vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish (2);
- tizimni qayta tiklash (3).
(1) – bu normalar qachonki, raqamli TOA tizimi qurilmasida tashkil etilgan kanal va traktlar tarmoqda avvaldan mavjud bo‘lganda va uzoq muddatli normalarga mos holda sinovlardan o‘tgan bo‘lganda o‘tkazilgan;
(2) – kanal va traktlarning ekspluatasiya jarayonidagi nazoratlarda va nazorat qilinuvchi parametrlari chegaraviy qiymatlardan chiqib ketganda ularni ekspluatasiyadan chiqarish zaruriyatini aniqlashda o‘lchangan;
(3) – qurilma ta’mirlangandan so‘ng traktni ekspluatasiyaga topshirishda o‘lchangan.
Nazorat natijalarining taxlili uchun T < 1 da davr mobaynida ES va SES sonlarining S1 va S2 chegaraviy qiymatlari va T = 7 sutkada bir BISO chegaraviy qiymat aniqlangan. Chegaraviy qiymatlarni hisoblash quyidagi tarzda olib borilgan:
RPO (reference perfomance objective):
RPO = D ∙ T ∙ B,
bu yerda, B – 27500 km uzunlikli, Xalqaro ulanish uchun ushbu xatolik ko‘rsatkichiga umumiy norma; T – kuzatish (o‘lchash) davri, soniya; D – B umumiy norma ulushining yig‘indi qiymati (L < 27500 km da);
T kuzatish davri mobaynida BISO (bringing-into-service objective) chegaraviy qiymat aniqlangan:
BISO = k ∙ RPO,
bu yerda, k – jadvalga muvofiq, (1), (2), (3) uchun ekspluatatsion nazoratning belgilanishi bilan aniqlanuvchi, koeffisient.
v) S1 va S2 chegaraviy qiymatlar aniqlangan:
S1 = BISO – 2 √ BISO, S2 = BISO + √ BISO.
Agar T kuzatish davri mobaynida TE (TXK) jarayonida ekspluatasion nazorat natijalari bo‘yicha ES va SES sonlarining S ga teng bo‘lgan qiymati olinsa, u holda bu quyidagilarni anglatadi:
S ≥ S2 - norma darajasidan chiqib ketgan sifat (AVARIYA);
S1 < S < S2 – yomonlashgan sifat (BUZILISH);
S ≤ S1 – ma’qul sifat (NORMA).
15.3-jadval
Uzatish tizimi
|
Tarmoq traktlari, uchastkalar, asosiy raqamli kanal (АРК)
|
Sinov turi
|
К
|
Sinov turi
|
k
|
Ekspluatatsiyaga kiritish
|
0,1
|
Ekspluatatsiyaga kiritish
|
0,5
|
Ta’mirlashdan so‘ng ekspluatatsiyaga kiritish
|
0,125
|
Ta’mirlashdan so`ng ekspluatatsiyaga kiritish
|
0,5
|
Past sifat bilan ekspluatatsiyaga kiritish
|
0,5
|
Past sifat bilan ekspluatatsiyaga kiritish
|
0,75
|
Etalon norma
|
1,0
|
Etalon norma
|
1,0
|
Ekspluatatsiyadan chiqarish
|
>10
|
Ekspluatatsiyadan chiqarish
|
>10
|
Agar T kuzatish davri mobaynida ekspluatasiyaga kiritishda (shu jumladan, qayta tiklanishdan so‘ng) ekspluatasion nazorat natijalari bo‘yicha ES va SES larning S ga teng bo‘lgan qiymati olinsa, u holda bu quyidagilarni anglatadi:
S ≥ S2 – ekspluatasiyaga qabul qilinmaydi;
S1 < S < S2 – kelgusi sinovlarni juda qisqa muddat ichida o‘tkazish sharti bilan trakt qabul qilinadi;
S ≤ S1 – trakt ekspluatasiyaga qabul qilinadi.
Bu yondashu qulay edi, chunki S1 va S2 chegaralar mos keluvchi avariya signalizasiyalarini ishlab chiqarishni aniqlagan.
Raqamli TOA tizimlarini tashkil etishga zamonaviy yondashuv asosi bo‘lib, ekspluatasiyaga kiritishda amalda faqatgina S1 quyi chegara olingan.
Trakt va seksiyani ekspluatasiyaga kiritish uchun normalar aniqlangandan so‘ng, sifatning pasayishi (DPL) va ruxsat etilmaydigan sifat (UPL) chegaralar uchun xatolik ko‘rsatkichlarini aniqlash joiz. Aniqlash vaqti 24 soat.
DPL = 0,75*APO (VK-n trakt va sinxron raqamli TOA uzatish tizimlari STM-N komponentli traktlar uchun);
DPL = 0,50*APO (sinxron raqamli TOA uzatish tizimlari STM-N seksiyalari uchun).
UPL ko‘rsatkich 15.4-jadvaldan aniqlanadi (o‘lchash vaqti 15 daqiqa).
15.4-jadval
VC traktlari
|
VC-12
|
VC-2
|
VC-3
|
VC-4
|
ES
|
120
|
120
|
150
|
180
|
SES
|
15
|
15
|
15
|
15
|
SТМ-N traktlari
|
SТМ-1
|
SТМ-4
|
SТМ-16
|
SТМ-64
|
ES
|
50
|
50
|
65
|
80
|
SES
|
10
|
10
|
10
|
10
|
Ta’mirlashdan so‘ng sifatga normalar (ARPL) aniqlanadi:
ARPL = 0,500*APO (BK-n trakt va sinxron raqamli TOAT STM-N komponentli traktlar uchun);
ARPL = 0,125*APO (sinxron raqamli TOAT STM-N seksiyalari uchun).
Hisoblashlarda xamma qiymatlar yaqin butun songa yaxlitlanadi.
Dostları ilə paylaş: |