1-bosqich. Signalni o‘tish testi o‘tkaziladi:
- ijobiy natijada 2-bosqichga o‘tiladi;
- salbiy natijada nosozliklarni bartaraf etish amalga oshiriladi va o‘lchov ijobiy natija olingunga qadar takrorlanadi.
2-bosqich. Sutkalik test o‘tkaziladi:
- ijobiy natijada xar bir xatolik xodisasi uchun RFS (trakt ekspluatasiyaga qabul qilishga tayyor) holat e'lon qilinadi;
- calbiy natijada istalgan xatolik xodisasi uchun nosozliklarni bartaraf etish amalga oshiriladi va yangi sutkalik test o‘tkaziladi.
Agar istalgan o‘lchov muddati davomida notayyorlik xaqidagi xabar yuzaga kelsa, u holda notayyorlik sabablari tadqiq etilgach, yangi sinov o‘tkaziladi. Agar notayyorlik xabarlari yangi sinovlarda xam yuzaga kelsa, sinov tugatiladi.
Barcha sinov natijalari kelgusi qo‘llash uchun qayd etiladi.
Yuqori tartibli trakt ekspluatasiyaga qabul qilinib bo‘lganda, bir xil trassali bir necha komponentli traktlarni sinash jarayoni 15.3-rasmda ko‘rsatilgan.
15.2- rasm. Raqamli traktlarni sinash jarayoni
Agar aloqani uzmasdan nazorat qilish qurilmasi (XTK-xatoliklarni topuvchi kodli, raqamli TOAT)ga ega bo‘linsa, komponentli traktlarning barchasi uchun 15 daqiqali test o‘tkaziladi.
Bu traktlar ketma-ket ulanishi va bir vaqtda o‘lchanishi mumkin, bunda S15 chegara bir yo‘nalish traktining uzunligiga asoslangan holda hisoblanishi kerak.
15.3 –rasm. Bir necha komponentli traktlarni sinash jarayoni
Quyidagi xolatlar yuzaga kelishi mumkin:
- ijobiy natijada xamma xatolik xodisalari uchun RFS (trakt ekspluatasiyaga qabul qilishga tayyor) xolat e’lon qilinadi;
- calbiy natijada istalgan xatolik xodisasi uchun nosozliklarni bartaraf etish amalga oshiriladi va salbiy natija bergan trakt uchun yangi test o‘tkaziladi.
Agar aloqani uzmasdan nazorat qilish qurilmasi (XTK-xatoliklarni topuvchi kodli, raqamli TOAT) mavjud bo‘lmasa, u holda o‘lchash aloqani uzib, psevdotasodifiy raqamli ketma-ketliklar (PTRKK) yordamida o‘tkaziladi. O‘lchov bir sutka davomida olib boriladi. 15.2-jadvalda bu ketma-ketliklarning parametrlari keltirilgan.
Raqamli traktlarni sinash jarayoni ikki bosqichdan iborat.
A bosqich. Komponentli traktlarning biri uchun sutkalik test o‘tkaziladi:
- ijobiy natijada B bosqichga o‘tiladi;
- calbiy natijada nosozliklarni bartaraf etish amalga oshiriladi va yangi sutkalik test o‘tkaziladi.
15.2-jadval
Ketma- ketliklarning uzunligi, bit
|
Nollarning maksimal ketma-ketligi
|
XEI tavsiyalari
|
Ketma-ketliklarning qo‘llanilishi
|
211 – 1
(2047)
|
10
|
О.150
О.152
|
64 va 64xN kbit/s uzatish tezliklarida fazalar titrashi va xatoliklarni o‘lchash
|
215 - 1
(32767)
|
15
|
О.150
О.151
|
2048 va 8448 kbit/s uzatish tezliklarida fazalar titrashi va xatoliklarni o‘lchash
|
223 - 1
(8388607)
|
23
|
О. 150
О. 151
|
34,368 va 109,264 Mbit/s uzatish tezliklarida fazalar titrashi va xatoliklarni o‘lchash
|
B bosqich. Komponentli traktlarning qolganlari uchun ikki soatlik test o‘tkaziladi:
- ijobiy natijada barcha xatolik xodisalari uchun RFS (trakt ekspluatasiyaga qabul qilishga tayyor) xolat e'lon qilinadi;
- salbiy natijada istalgan xatolik xodisasi uchun nosozliklarni bartaraf etish amalga oshiriladi va salbiy natija bergan trakt uchun yangi test o‘tkaziladi.
Bu traktlar ketma-ket ulanishi va bir vaqtda o‘lchanishi mumkin, bunda S2 chegara bir yo‘nalish traktining uzunligiga asoslangan holda hisoblanishi kerak.
Yangi yuqori tartibli traktda, bir xil trassali bir necha komponentli traktlarni sinash jarayoni 15.4-rasmda ko‘rsatilgan.
15.4-rasm. Bir xil trassali bir necha komponentli traktlarni sinash jarayoni
Sinov jarayoni ikki bosqichdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |