TEXNIK YONDASHUV
Axborot tizimlariga texnik yondashuv – axborot tizimini tadqiq qilishga asoslangan matematik modellarga, hamda bu tizimlarning fizik texnologiyasi va rasmiy imkoniyatlariga e’tibor qaratadi. Texnik yondashuvga olib keladigan fanlar - bular kompyuterga oid fanlar, boshqaruv va tadqiqot fanlaridir.
17.9-rasm. AXBOROT TIZIMLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV
Texnik yondashuv
Informatika
Operatsiyalar tadqiqoti
Sotsiologiya
Boshqaruv ilmlari
MAT
Psixologiya
Iqtisod
Muomalaviy yondashuv
Axborot tizimlari texnik va tabiiy fanlar yutuqlarini inobatga oladilar.
Hisoblash nazariyasi informatika bilan hisoblash usullari, nazariy va amaliy ma’lumotlarni saqlash va foydalanish usullarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqarish hakidagi fan qaror qabul qilish va boshqarish amaliyoti uchun modellar ishlab chiqishga urg‘u beradi. Operatsiyalarni tadqiq etish yuk tashish, inventarizatsiya va operatsion harajatlar kabi qurilmalarning tanlangan parametrlarini optimallashtirish uchun o‘z diqqatini matematik metodlarga qaratadi.
Faoliyatli yondashuv
Axborot tizimlari maydonining muhim qismi axborot tizimlarini rivojlantirish va uzoq muddatli xizmat ko‘rsatishi kabi faoliyatli masalalari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Strategik biznes integratsiya, loyihalash, amalga oshirish, ulardan foydalanish va boshqarish kabi masalalarni texnik yondashuvga asoslangan modellar bilan samarali o‘rganib bo‘lmaydi. Boshqa faoliyatli fanlar muhim tushunchalar va usullarini qo‘shadi.
Misol uchun, sotsiologiya axborot tizimlarini guruhlar va qurilmalar tizimlarni ishlab chiqishni shakllantirishi va tizimlarning alohida shaxslar, guruhlar, qurilmalarga qanday ta’sir etishini o‘rganadi.
Psixologlar axborot tizimlarini formal axborotni qaror qabul qiluvchi insonlar tomonidan qanday qabul qilinishi va foydalanishini o‘rganadi. Iqtisodchilar axborot tizimlarini raqamli tovarlarni yetkazib berish, raqamli bozorlarni harakatga keltiruvchi kuchlar, firma doirasida yangi axborot tizimlari boshqaruv strukturasini qanday o‘zgartirishi va harajatlar strukturasini qiziqish bilan o‘rganadi.
Faoliyatli yondashuv texnikani inkor qilmaydi. Haqiqatdan ham, aksariyat holda axborot tizimlari texnikasi faoliyatli muammo yoki muammo uchun stimuldir. Lekin bu yondashuvning markazi, odatda, texnik yechimlarda emas. Aksincha, u yo‘nalishlar, boshqaruv, tashkiliy siyosat va xossalarning o‘zgarishida mujassamlashadi.
Dostları ilə paylaş: |