5- mavzu. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy va
umuminsoniy demokratik tamoyillari.
R e j a :
Demokratik jamiyatning milliy va umumbashariy tamoyillari. Qadriyat tushunchasi va uning mohiyati.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi.
“Milliy-ma’naviy meros” tushunchasi, uning mazmun va
mohiyati.
Agressiv millatchilik, milliy ayirmachilik, buyuk davlatchilik
shovinizmi ekstremizm va terrorizmning demokratiya va milliy-ma’naviy negizlarga zidligi.
1. Mustaqillik yillarida demokratiyaning milliy umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan ug‘unlashtirish va to‘ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Birinchi Prezident I.A. Karimov asarlarida, nutqlarida keng va chuqur yoritilgan. Biz mazkur ma’ruza matnida O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarini yoritib beramiz.
Qadriyat tushunchasining ijtimoiy-gumanitar fanlar nuqtai nazaridan ta’riflari ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, ba’zan esa ularning butunlay bir-birini inkor etishi hollari uchraydi. Rus tilida «sennost», ya’ni qadriyat tushunchasiga, kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, ma’naviy dunyo qarashiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan. Qadriyat, voqelikdagi muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha.
Ushbu mavzuning dolzarbligini K.X. Xonazarov o‘zining bir qator risolalarida ko‘p jihatdan qadriyatlar tushunchasi, ayniqsa milliy qadriyatlar yangi masala, yangicha jumboq lardan biri ekanligi ko‘rsatadi. X.O.Shayxova ham umuminsoniy qadriyatlar mavzusi vaqt o‘tishi bilan yangi talqinlarni, turlicha tafakkur tarzini talab qilishini alohida ta’kidlaydi. Taniqli faylasuf Jondor Tulenov: «Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim» - deydi.
Qadriyatlar – jamiyatda kishilar o‘rtasida obro‘ga, e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar munosabatlari, holatlari moddiy narsalar va ma’naviy boylik lar majmuasidir. Qadriyatlarni bunday ta’riflash bu tushunchaning mohiyatini ancha mantiqiy ifodalasada, lekin qadriyatlarga berilgan ta’riflar ichida Q.N Nazarovning ta’rifi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan o‘zining ilmiyligi bilan boshqa ta’riflardan ajralib turadi va asosga ega degan fikrdamiz. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan, insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini, yashashining asosiy yo‘nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu umidlari va ideyalarini o‘zida aks ettira digan umumiy faoliyatidir. Shu o‘rinda insoniyat ning eng umumiy jamoati bo‘lgan jamiyatgina, umuminsoniy qadriyat larning yaratuvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko‘lamli va serqirra tushunchadir. Uning zamini eng avvalo ozodlik, tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan inson baxt-saodati kabi umum ijtimoiy ma’no va mazmun kashf etadigan qadriyatlardan iborat deyish mumkin.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘tmishdagi barcha sotsiologik ta’limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni masalasiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi dunyo ijtimoiy-falsafiy ta’limotlarda umuminsoniy qadriyatlar inson aqliy taraqqiyotning mahsuli deb qaralgan bo‘lsa, Turondagi ijtimoiy-fikrlar tarixida, Jumladan, «Avesto»dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat haqidagi fikrlar, uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi.
Qadriyatlarning eng muhim turlaridan biri milliy qadriyatlardir. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tushunchalarining demokratik uyg‘unligi dialektikasining qiyosiy tahlili Amir Temurning siyosiy-huquqiy qarashlarini o‘rganishda ham ko‘rish mumkin.
Binobarin, biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqlarning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qildi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu borada fikr yuritib shunday deb ta’kidlaganlar: «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston halqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi». Binobarin, har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam xodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Mustaqillik yillarida demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etgan asosiy tamoyillari mavjud.
Ular quyidagilar: Erkin va adolatli saylovlar, ochiq va hisobot beruvchi hukumatning mavjudligi, qonun va inson huquqlarining ustuvorligi, hokimiyat organlarining saylab qo‘yilishi, so‘z, matbuot va vijdon erkinligining kafolatlanishi, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi ko‘ppartiyaviylik tizimining mavjudligi, mulk shakllarining xilma-xilligi va hokozalarning amal qilishi bilan ajralib turadi:
Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi milliy tamoyillarga jamoatchilik diqqatini tortadi. Bu milliy tamoyillar 1992 yilda yozilgan «Istiqlol yo‘li muammolar va rejalar» hamda «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Bu xalqimiz tan olgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli» degan nom oldi.
Dostları ilə paylaş: |