2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bilish nazariyasi (2)

Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq 
ta'riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga 
intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – 
mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir.
Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat 
sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina 
haqiqiydir, deb hisoblagan.
Foma Akvinskiy haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa 
o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd 
etgan.
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqyelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni 
bilish aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa faol aqlga 
qo‘shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan 
boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. Shuningdek Forobiy va uning 
izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham 
bir nechta bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani 
haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan
6

Haqiqat-tasavvufda ruhni kamolotga va uning so‘nggi maqsadi –Yaratganning diydoriga 
erishuv yo‘llaridagi to‘rtinchi bosqichdir. Bunda sufiy shaxs sifatida tugab, Xudoga mo‘ljallangan 
haqiqatga yetishishi, ollohga singib ketishi va natijada abadiylikka erishuvi zarur. Bu jarayon 
ma'lum davomli vaqtni talab etadi. Maxsus ruhiy, jismoniy harakat, faoliyat, sig‘inish, ibodatlar, 
ohanglar yordamida amalga oshiriladi”
7
. Bahovuddin Naqshbandiy haqiqat bu Allohni anglashdir 
deb hisoblagan. Haqiqat so‘fiylar talqinida shariat doirasidan chetga chiquvchi ichki mazmunni 
anglatadi. Ilk so‘fiylar shariat va haqiqat o‘rtasida jarlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka 
harakat qilganlar. Keyingi so‘fiylar, masalan, Abu Bakr az Zakok haqiqat haqidagi fan shariat sari 
yo‘lni oydinlashtiradi deb hisoblaydi. Darhaqiqat, diniy aqidalarni rad etish, odam shariat va 
tariqat bosqichlaridan o‘tib, haqiqatga erishganidan keyingina o‘zining «haqiqiy borlig‘i»ni kasb 
etishi, haqiqat bilan birikishi va o‘zi ham haqiqatga aylanishi haqidagi ta'limot so‘fizm 
rivojlanishining keyingi bosqichlari mahsuli sifatida vahdati vujud (borliqning birligi), ya'ni mistik 
panteizm haqidagi ta'limot asoschilari sanalgan Boyazid Bistomiy, Ibn Halloj va boshqalarning 
asarlarida ilgari surilgan.
Gegelda haqiqatni tushunish uning falsafasidagi asosiy tamoyil bilan bog‘liq. Bu tamoyilga 
binoan g‘oya o‘zining to‘liq va muayyan ko‘rinishida «o‘zida va o‘zi uchun borliqqa ega bo‘lgan 
haqiqat»dir. Gegel fikricha, haqiqat o‘zining mavhum ko‘rinishida muayyan mazmunning o‘ziga 
muvofiqligini anglatadi. Hamonki bu mazmunning to‘liqligiga mutlaq g‘oyaning o‘z-o‘zidan 
harakati natijasida erishilar ekan, Gegel o‘zining haqiqatni tayyor holda berilishi va shu holda 
cho‘ntakka solib qo‘yish mumkin bo‘lgan zarb etilgan tanga sifatida emas, balki sof tafakkur 
sohasida bilimlarning dialektik shakllanish jarayoni sifatida tushunish lozimligi haqidagi mashhur 
tezisini ta'riflaydi: «...hamma gap haqiqiy narsani substansiya sifatida emas, balki shuningdek 
sub'ekt sifatida», ya'ni tafakkur faoliyati sifatida ham tushunish va ifodalashda
8
.
6
Qarang.S.M. Hotamiy Islom tafakkuri tarixidan. –T.: Minhoj, 2003.-B.126
7
Qarang. Xayrullayev M. O‘rta Osiyo va uyg‘onish davri madaniyati. -T.: Fan, 1994. –B62
8
Qarang. Gegel G. Fenomenologiya duxa. -M.: Nauka, 1994. –S.196


Haqiqatni ob'ektiv-idealistik tushunishning o‘ziga xos xususiyati unga dunyoning ongda 
aks etish jarayoniga bog‘lamasdan qarash va uni insonning ob'ekt haqidagi bilimi xossasi sifatida 
emas, balki empirik borliqqa qo‘shimcha tarzda ob'ektivlashgan qandaydir vaqtdan tashqaridagi 
g‘oyaning xossalari sifatida talqin qilishda namoyon bo‘ladi.
Haqiqatni sub'ektiv idealistik tushunish esa inson bilimining xossalari va tarkibi bilan 
bog‘lanadi, biroq mazkur bilim unda tashqi, mustaqil dunyoning aks etishiga bog‘lanmaydi, 
chunki bunday dunyoning mavjudligi inkor etiladi. Haqiqat «tafakkurning tejamkorligi» sifatida 
(Max), foydali natijalarga erishish imkonini beruvchi jarayon, tafakkurimiz obrazidagi qulaylik 
sifatida (Jeyms), inson tajribasining mafkuraviy ta'rifni tashkil etuvchi shakli sifatida (Bogdanov) 
talqin qilinadi.
Idealizm falsafasi hal qila olmagan haqiqatni tushunib yetishdagi qiyinchiliklar shunga 
olib keldiki, faylasuflar insonga haqiqatni vahiy vositasida ochuvchi ta'limotni ilgari surdilar. Bu 
yo‘nalish intuitivizm degan nom oldi. Unga Shopengauer asos soldi. U aql va ilmiy bilishning 
ustuvorligini rad etdi, fanni intuitsiyadan keyingi o‘ringa qo‘ydi. Ilmiy izlanish intuitsiyaga 
asoslanadi, demak, unga bog‘liq bo‘ladi va bo‘ysunadi. Shopengauerning qarashlarini Bergson 
rivojlantirdi. U intuitiv bilimning ustunligini himoya qilar ekan, qumursqalarning instinktiv xulq-
atvoriga ishora qiladi, ya'ni instinkt – intuitsiyaning bir turi, degan g‘oyani ilgari suradi. Uning 
fikricha, qumursqalar haqiqatni darhol – tug‘ilgani zahoti anglab yetadi. Buni aql tushunishga 
qodir emas. Aql faqat munosabatlarni bilish bilan shug‘ullanadi. Narsalarning mohiyatini faqat 
instinkt tushunishga qodir. Inson texnikasi qay darajada qudratli bo‘lmasin, u qumursqa osongina 
bajaradigan ishni uddalay olmaydi. Bergson aqlga ishonmaslik va ko‘proq intuitsiyaga tayanishni 
maslahat beradi. Garchi inson intuitsiyasi qumursqalarning intuitsiyasi darajasida kuchli 
bo‘lmasa-da, har qalay, uning aqlidan kuchliroqdir, chunki aql «hayotni organik tushunish bilan 
tavsiflanadi». Bergson intuitsiyaga aqlga qarama-qarshi turuvchi instinkt nuqtai nazaridan 
yondashadi va uni haqiqatdan ustun qo‘yadi. 
Hozirgi zamon bilish nazariyasida haqiqiy bilim va uning shakllari haqida turli fikrlar 
mavjud.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin