va u eski paradigma sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va yangi paradigmaning yuzaga kelishi
bilan yakunlanadi. Yangi paradigmaning qaror topishi fanda inqilob yasalishiga sabab bo‘ladi.
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi,
chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub'ektdan tashqarida va undan qat'iy nazar mavjuddir. Haqiqat
– bilimlarning ob'ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in'ikosining
natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar
ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba'zan boshqa,
yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma'noda haqiqat –
bilish
rivojlanishining yakuni va omilidir.
Dostları ilə paylaş: