2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari


Reklama turlari, ularni tayѐrlash va joylashtirishning o’ziga xosligi



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə13/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Reklama turlari, ularni tayѐrlash va joylashtirishning o’ziga xosligi


Reklama faoliyatini kutubxonalar uchun maqbul bo’lgan quyidagi turlari mavjud:


-ommaviy axborot vositalaridagi reklamalar;
-tashqi reklama;
-kutubxona ichidagi reklama;
-reklama axborot materiallar;
-shaxslararo munosabatdagi reklama.
Kutubxonalar mahalliy matbuotda reklamadan faol foydalanmoqdalar. Lekin narxini qimmatligi munosabati bilan axborotni keng auditoriyaga zudlikdan yetkazib berishi va boshqa ko’plab imkoniyatlarga ega bo’lgan radio va televideniyadan baxtga qarshi kamroq foydalanilmoqda. Shuning uchun ham kutubxonalar ommaviy axborot vositalarida tug’ridan to’g’ri reklamalarni emas balki ularni kutubxonalar faoliyati haqidagi maqolalar, xabarlar, xodimlar va kitobxonlar bilan intervyular olib borish hamda kutubxona faoliyati haqida maxsus tayѐrlangan xabarlar – press- relizlar orqali amalga oshirishlari mumkin.
Kutubxonaning reklama faoliyatida kutubxonaning tashqi reklamasi muhim ahamiyatga ega . Tashqi reklama -bu kutubxona tashqarisida har xil lavxalar, plakatlar, planshitlar shaklidagi shitlarga o’rnatilgan kutubxona faoliyati, undagi xizmatlar va kutubxonaning intellektual mahsulotlari reklamasidir. Ko’pchilik hollarda tashqi reklama ob’ektlarining asosiy funktsiyasi kutubxona tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar tug’risida ommaga eslatish yo’li bilan boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan reklamani to’ldirish va mustahkamlash hisoblanadi. Bunday hollarda tashqi reklamaning bir qancha zarur qoidalariga amal qilish lozim. Bular:
-ko’zga tezlikda tashlanish;
-o’ziga e’tiborni jalb qilish;
-qisqalik va lo’ndalik;
-tushunarli bo’lish;
-yurib keta turib o’qish mumkinligi.
Ayrim kutubonalarda tashqi reklamani tashkil etish uchun imkoniyatlar cheklanganligini hisobga olib kirish joyida uncha katta bo’lmagan osma vitirina joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Vitirinaga o’z tadbirlari va xizmatlar to’g’risidagi dolzarb axborotni, o’zining reklama takliflari haqidagi rangli varaqalar joylashtiriladi. Asosiy kirish joyidan uncha uzoq bo’lmagan masofada har xil geometrik shakllarda ko’cha reklamasini joylashtirish mumkin. Bunday reklama kutubxonaga kirish joyini go’zallashtiribgina qolmay, balki o’tib ketaѐtgan yo’lovchini “to’xtashga” majbur qiladi. Tashqi reklama quyidagi xususiyatlarga ega: moslashuvchanlik, takroriy aloqalar tez-tez yuz berib turishi, narxini uncha baland emasligi, raqobatni kuchsizligi.
Kutubxona bilan tanishtiruv uning ijobiy obrazini yaratishdan boshlanadi, uning tashqi va ichki bezalishi bunga ѐrdam beradi. Kutubxona binosiga tashrif etuvchilarda kutubxona keng, qulay, va erkin harakat qila oladigan joy sifatida taassurot qoldirishi lozim. Bezash ishlari kutubxona binosining fasadidan, kutubxona peshlavhasidan, ish rejimi haqidagi axborotdan boshlanishi zarur.
Kutubxona to’g’risidagi birinchi taassurot uning vestibyulidan boshlanadi. Vestibyul- bu kutubxonaning o’ziga xos pasportidir. Kitobxon vestibyulga qadam qo’yar ekan, o’zi uchun kerakli bo’lgan adabiѐtni topish uchun endi qaysi tomonga yo’l olishini bilishi zarur. Buning uchun vestibyulda ish rejimi, kutubxonaga a’zo bo’lish tartib qoidalari, katalog zali va bo’limlarni qanday joylashganligi va boshqa axborotlar bo’lishi kerak. Kitobxonaga bu borada har xil yo’l ko’rsatkichlar ѐrdam berishi mumkin. Bundan tashqari kutubxona intererida o’simliklar bo’lishi uni bezabgina qolmay, balki o’ziga xos mikroiqlim hosil qilishiga ko’maklashadi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ranglar kutubxona intereri uchun muhim ahamiyatga ega. Ranglar kishini tinchlantirishi, ayrimlari ko’zg’atishi, kayfiyatni oshirishi ѐki aksincha bo’lishi mumkin. Kutubxona reklamasida bu omillarga alohida e’tibor bilan qarash kerak. Kutubxona vitirinasi ѐki intererini bezash uchun ranglarning uyg’unligini o’ylab ko’rish lozim, biroq ular kutubxona tomonidan umumiy firmali uslubga muvofiq bo’lishi kerak.
Kutubxona ichki reklamasida kutubxonaning resurs bazasi va xizmatlari to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bular kutubxona prospekti va bukletlar orqali amalga oshiriladi. Prospekt kutubxonaning tashrifnomasi hisoblanadi va u bilan kutubxonaga yangi a’zo bo’lgan kitobxonlar tanishtiriladi. Prospekt kutubxona yubileyiga ѐki biror boshqa vokeaga bag’ishlanishi ham mumkin. Buning uchun faoliyat yo’nalishlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar, suratlar, diogrammalar va boshqa ma’lumot beruvchi vositalar bilan birgalikda bayramona nashr tayѐrlasa ham bo’ladi. Ularda tarixiy ocherklar, bo’limlar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar, kutubxonaning asosiy nashr ishlarining
bibliografik ro’yxati, kutubxona jamoasining fotosuratlari joy olishi mumkin. Prospekt muqovasida odatda yubiley bilan bog’liq qaydlar, interer ѐki kutubxona binosining fasadi, firma belgilari joylashtiriladi. Matn ko’pincha mashhur shaxslar ѐki kutubxona direktorining murojaati bilan boshlanadi. Prospektda fotosuratlar hamda kutubxonani shahar ѐki tumanning qaerida joylashganligi xarita orqali ko’rsatilishi, kutubxonaga olib boradigan transportlar va bekatning nomi ko’rsatilishi mumkin.
Sof kutubxona aksessuarlari ham reklama axboroti berishi mumkin. Bular kitobxon va kitob formulyarlari, kitob qo’yiladigan moslamalar, kitobxonlarni mulohazalari daftari, yillik hisobotlar va ish rejalari va h.lar.
Kutubxonalar faoliyatida an’anaviy, ya’ni uzoq yillardan beri qo’llanib kelinaѐtgan bir qancha reklama turlari mavjud. Bularga, kitob ko’rgazmalari, bukletlar, reklama varaqalari, bosma kataloglar, kitob sharxlari, bibliografik ro’yxatlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin