2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə9/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Qo’llab quvvatlovchi marketing kutubxona tomonidan taklif etilaѐtgan xizmatlar va mahsulotlarni sifati va tarkibini ma’lum bir darajada saqlab turish uchun zarur. Marketing siѐsati shundan iborat bo’lish kerakki realizatsiya qilinaѐtgan xizmatlar va mahsulotlarni, shu bilan birga qo’shimcha xizmatlar uchun, kutbxona tomonidan o’rnatilgan xizmatlar uchun narxlarni bir maromda saqlab turishdan iborat bo’ladi.
Demarketing esa ma’lum bir kutubxona-axborot xizmatlari va mahsulotlargaa bo’lgan talablar kutubxonani imkoniyatlaridan oshib ketgan taqdirda, iste’molchilarda kutubxona haqida salbiy qarashlar paydo bo’lmasligini olidini olish (navbatlar, xizmat ko’rsatish sifatini pastligi buyurtmalarni bajarish muddatlarini uzoqligi va h.k.) uchun qo’llaniladi. Bunda mavjud so’rovlarni kamaytirish maqsadida qo’shimcha xizmatlar va mahsulotlar uchun narxni oshirish, reklama tadbirlarini to’xtatish, ba’zi xizmat turlarini markazdan o’zoqroq joydagi kutubxona-shaxobchalariga ko’chirish ishlarini amalga oshiriladi. Shu bilan birga real so’rovlarni qondirishning chora-tadbirlarini ham o’ylab qo’yish lozim bo’ladi.
Qarshi harakat marketingi o’z mazmun mohiyatiga ko’ra ijtimoiy-etik marketing bilan moslashadi. U kutubxonada jamiyat a’zolarining ko’pchili tomonidan ma’qullanmaydigan xizmat va mahsulotlarga bo’lgan so’rovlarni kamaytirishga xizmat kiladi. (masalan, pornonashrlarni yo’lini to’sish insonni taqqirlash g’oyalarini, millatchilik, zo’ravonlik, qurollanish va h.k.). Kutubxona shu bilan birga boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ushbu marketing orqali chekishga, alkogolizmga va narkotik moddalarga qarshi ishlarni olib borishi mumkin.
Yuqorida qayd etib o’tilgan marketing turlarini kutubxonalar o’zlarining oldilariga qo’ygan maqsadlari, real holatlardan kelib chiqqan
holda amalga oshirishlari mumkin. Bunda marketing turlarini alohida holda emas, balki ularni birgalikda ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Mavzu bo’yicha asosiy tushuncha va atamalar





Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin