2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə7/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Uzoq muddatli narx, oldindan belgilangan bir me’ѐrdagi va turli hollarda uzoq muddat davom etadi; kutubxona-axborot xizmatlari va mahsulotlari ommaviy so’rovlarida qo’llash mumkin.
Bozorni alohida iste’morlchilariga mo’ljallangan narx, aniq iste’molchilari guruhiga mo’ljallangan bo’lib, huddi shu xizmat ѐki mahsulot iste’molchilar va ularga ko’rsatiladigan servis xizmatiga ko’ra tabaqalashtiriladi.
Egiluvchan (elastik) narx, soha bozorining joriy holatiga moslashuvchi va zudlikda qiymatini o’zgartirishlarga moslashtiradi. Zarur xizmatlar va mahsulotlarni realizatsiya qiladi va shu orqali raqobatchilarga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Imtiѐzli narx-bozorda o’z mahsulotlariga bo’lgan talabni saqlash bozorda mavqeini saqlash hamda raqobatchilarga yo’l bermaslik maqsadida belgilanadi.
Kelishilgan narxlar- (hozirda amalda qo’llanuvchi termindan farq qiluvchi) bazaviy narxlar nisbatan arzon va turli imtiѐzlar bilan iste’molchi bilan ma’lum bir holatlarda kelishish asosida belgilanadi (masalan, ma’lum bir hajmdagi xizmat va mahsulotni olish, uzoq muddatli xizmat ko’rsatishga kelishish, to’lov shaklini, imtiѐzli shaklidan foydalanish va h. k).
Kutubxona-axborot mahsulotlariga narx belgilash siѐsati umumiy ѐndashishni harakterlar ekanmiz, kutubxona iste’molchilarni talabini hisobga olishi hamda rakobatchilarni ham e’tiborga olishi, shu bilan birga
narx bilan xizmat ko’rsatish /mahsulot/ ni sifati o’rtasidagi bog’liqlikni, narxni belgilashda tanlangan printsiplarni optimalligi va narx reklamasini, to’lov shakllarini, imtiѐzli narxlarni e’tiborga olishi lozim. Hatto nisbatan kichik kutubxonalar ham narx belgilashda mustaqil ravishda narx marketingi buyicha tadqikot o’tkazishi maqsadga muvofiq bo’ladi.


2.2.2.Marketingning boshqa turlari.


Yuqorida bir necha marotaba ta’kidlab o’tilganidek marketing avvalom bor, kutubxonani boshqarish kontsepsiyasi bo’lib uning asosiy e’tibori iste’molchiga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham uning mazmuni turli shakllarda bo’lishga qaramasdan bir xil bo’ladi. Lekin qo’yilgan vazifa, taklif etilaѐtgan xizmat (mahsulot), iste’molchilarni so’rovlarini holati, bozorni qamrab olinishi va boshqa bir qator parametrlarga ko’ra mutaxassislar ularni bir qancha tip va turlarga bo’lib o’rganadilar. ªuyida yuqorida ko’rib o’tilgan marketing turlaridan tashqari yana qanday marketing turlarini kutubxona-axborot muassasalarida qo’llash mumkinligi va ular haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz.


Kutubxona marketingiga ahloqiy printsiplar ko’p jihatdan ko’prok xos bo’lganligi uchun uning asosini ijtimoiy (sotsial-etik) marketing tashkil etadi. Ushbu marketing maqsadli bozordagi ehtiѐj, talab va so’rovlarni o’rganishga, uzoq muddatli jamoatchilik va shaxsiy qiziqishlarni qondirishga moslashgan bo’ladi. Bunday marketingga misol sifatida ko’pgina kutubxonalar amaliѐtida qo’llanilaѐtgan maqsadli marketing dasturlarini; nogironlarga xizmat ko’rsatish ko’p bolali oilalarni bolalariga xizmat ko’rsatish, mahalliy millat aholisiga mansub bo’lganlarga, qochoqlarga va boshqalarga xizmat ko’rsatish kiradi.
Kutubxonadagi aniq so’rovlar holat va tarkibiga ko’ra bir qator harakatchang marketing turlarini mumkin. Bunday marketing turlari har bir aniq holatda kutubxona faoliyatini optimal boshqarish imkonini beradi.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin