2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari


Kutubxonalarning maxsus marketing xizmati



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə2/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

2.1.2 Kutubxonalarning maxsus marketing xizmati.


Kutubxona strukturasida marketing tadbirlari siklini koordinatsiyalash va doimiy ravishda o’tkazish uchun alohida muammoli yo’naltiruvchi xizmatni ajratish zarar: markazlar, bo’limlar, sektorlar, marketing ѐki vaziyatli iqtisodiy faoliyat guruhlarini.


Ko’pgina kutubxonalarda, jumladan Rossiya kutubxonalarida shunday analitik-boshqaruv markazlar tashkil etilgan. Xozirda mavjud bo’lgan marketing bo’limlarini nomlanishi ko’proq ularni faoliyatlarini yo’nalishlari bilan bog’langan, masalan:
-Kutubxona marketingi;
-Innovatsiya va kutubxona marketingi;
-Kutubxona marketingi va innovatsiya-uslubiy faoliyat;
-Marketing va yangi texnologiyalar;
-Iqtisodiy taxlil va kutubxona marketingi;
-Marketing va koordinatsiya;
-Marketing va reklama;
-Marketing va pablik releyshinz;
-Marketing va bo’sh vaqt.
Kutubxonalarning bunday bo’limlari haqidagi nizomlarni taxlili ular uchun asosiy vazifa va ish yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi va ular quyidagilardan iborat:
-kutubxona-axborot xizmati bozorini o’rganish va uni o’sib borishini kuzatish;
-axborotga bo’lgan joriy so’rovlarni taxlil qilish va unga mos xizmat servisini tashkil etish;
-axborotdan foydalanuvchilarni axborotga bo’lgan potentsial talablari diagnostikasini o’rganish;
-tashabbuskor xo’jalik faoliyati aspektlarini iqtisodiy-huquqiy asoslash;
-tavsiya etilaѐtgan kutubxona-axborot va unga yaqin bo’lgan xizmatlarni (mahsulotlarni) nomenklatura ro’yxatini yaratish;
-axborot mahsulotlarini yangi turlari, xizmat ko’rsatish variantlarini iste’molchilarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiruvchi usullarni ishlab chiqish;
-pullik xizmat ko’rsatish shakllarida (baho marketingi) baholash siѐsati printsiplarini aniqlash;
-shartnoma munosabatlarini amalga oshirishni ta’minlash;
-kutubxonaning turli faoliyatlarini reklama qilish.
Kutubxona-axborot marketingi xizmatlari ko’p aspektli kompleks tadqiqot va taxliliy ishlarni, boshqa bo’limlar faoliyatini tuzatish ishlarini amalga oshirishi mumkin.
Marketing xizmatini tashkil etishda funktsional belgilar bo’yicha tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda xodimlarni qabul qiladigan karorlarga bo’lgan ma’suliyati va ishlarini nazorat qilish imkoniyati bo’ladi. Bunda quyidagi faktorlaga e’tibor qaratish muhimdir:
-ichki va tashqi sharoit /holat/
-belgilash va maqsad /strategiya/
-amalga oshirish yo’llari va vositalari /taktika/
-moliyaviy harajatlar /byudjet/
Ma’lum bir maqsadlar va yo’nalishlar faoliyatida kutubxona-axborot muassasasining marketing kompleksi komponentlari har xil bo’lishi mumkin, lekin ularning ketma-ketligi va menedjerlik vazifalaridan kelib chiqqan holda mantiqiy jihatdan bir xil bo’ladi.
Masalan:

  • ob’ektiv ravishda kutubxona-axborot va kutubxona taklif qilaѐtgan xizmatlar ѐki mahsulotlarga muxtoj bo’lgan iste’molchilarni potentsial tarkibi va sonini aniqlash;

xaqiqiy va potentsial iste’molchilarni madaniy-ta’lim, axborotga bo’lgan talablarini, shuningdek ma’lumotlar xizmatlar va soha bo’yicha mahsulotlarni mazmunini aniqlash;

  • kutubxona xizmat ko’rsataѐtgan turli xil iste’molchilarning joriy so’rovlarini o’rganish (shu jumladan mutaxassislarni asosiy kategoriyasini );

-kitobxonlar va tashkilotlarni raxbarlarini kutubxona haqidagi va uning imkoniyatlari haqidagi mulohazalarini;
-axborot so’rovlarini rivojlanishini prognozlash va uni qondirish istiqbollarini (raqobatchilar va hamkorlarni faoliyatini taxlil qilish, professional innovatsiyani hisobga olgan holda).
-strategik va joriy ishlarni ajratib olish uchun vazifa, yo’nalish va ishning mazmunini kompleks ravishda asoslash; (axborot xizmati ko’rsatish guruhini shakllantirish, axborot-bibliografik va boshqa faoliyatlarni raqobatbardoshliligini prognozlash ishlarini kiritgan holda);
-kitob-jurnal bozorini o’rganish va asosiy va maxsus (muammolarga mo’ljallangan) fondlarni ratsional ravishda komplektlash siѐsatini ishlab chiqish, shu jumladan alternativ kitob bilan ta’minlash kanallari orqali;
-mavjud moddiy va kadrlar bo’yicha resurslarni ko’rsatadigan xizmatni strukturasi va hajmini belgilash uchun funktsional qiymati bo’yicha taxlil qilish, soha bo’yicha xizmat va mahsulotlarni sifatini belgilash bo’yicha mezonlarni belgilash;
-axborot va bibliografik unga yaqin bo’lgan xizmatlar va mahsulotlar, tavsiya etilaѐtgan servis, shuningdek ularni modifikatsiyalash variantlari haqida reklama;
-jamoatchilik fikrini yaratish - kutubxonani hamma uchun ochiq bo’lgan va axborot, ta’lim va madaniy dam olish maskani sifatidagi jiddiy muassasa ekanligi haqidagi fikrni yaratish;
-qilingan ishlarni natijalarni, samaradorligini va sifatini ichki o’z- o’zini nazorat qilish orqali aniqlash;
-asosiy yo’nalishlar bo’yicha joriy ko’rsatkichlarga asoslangan holda kutubxona faoliyati va uning stukturasiga o’zgartirishlar kiritish;
-xodimlarni iste’molchilarga kutubxona-axborot xizmati ko’rsatishning yangi shakllari, usullariga o’rgatish.
Yuqorida qayd etib o’tilgan soha bo’yicha faoliyat ko’rsatish akpektlari, marketing xizmatini kutubxonalarni boshqarishdagi muhim bo’g’ini ekanligini ko’rsatmokda. Aniq bir kutubxonaning marketing bo’limini samarali faoliyat ko’rsatishida, uni strukturasini ratsional ravishda aniqlash, bajaradigan ishlarini aniq belgilab olish va ushbu ishlarni amalga oshirishga qobiliyati bo’lgan kadrlani tanlashga ko’p jihatdan boqliqdir.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin