2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari


Kutubxona-axborot faoliyati amaliѐtida marketing turlarini qo’llanilish



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə5/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

2.2.Kutubxona-axborot faoliyati amaliѐtida marketing turlarini qo’llanilish


2.2.1.Ichki marketing.
2.2.2.Narx marketingi
2.2.3.Marketingning boshqa turlari


2.2.1.Ichki marketing


Ichki marketing /umuman marketing/ kutubxona-axborot tashkilotlarini ishini tashkil etish falsafasi va bir vaqtni o’zida kutubxona xodimlariga marketing ѐndashuvini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. U raxbariyatni quyi pog’onadagi bajaruvchilarga o’z vaqtida rejalashtirilgan tadbirlarning mazmuni, yo’nalishlari va ularni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Ichki marketing raxbariyatga kutubxonachilarni xulq-atvoriga, ularni ishiga baho berish shkalasini tashkil etish va kasbiy darajasiga ta’sir ko’rsatish quroli sifatida ѐrdam ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda u o’ziga xos ichki “pablik releyshnz”-ya’ni kutubxona xodimlari o’rtasidagi aloqalarni juda ham mustaxkamlab yuboruvchi va jamoani quyidagi shior bilan marketing kontsetsiyasini amalga oshirishga chaqiruvchi tadbirdir: “Birgalikda bilish, birgalikda amalga oshirish, birgalikda g’alaba kozonish”.
Kutubxona o’z oldida turgan vazifalarni marketing qonuniyatlarini qo’llagan holda samarali bajarishi uchun, marketing kutubxonachining ongiga kirishi, shu jumladan joydagi raxbarlarni turli xil shakldagi va axborot
etkazish vositalari orqali. Adabiѐtlarda ko’rsatilishicha yapon boshqaruvchilari o’z ish soatlarini 30% iga yaqinini firmaning xodimlari bilan muloqotda o’tkazar ekan. Muloqotlar ularga shaxslararo munosabatlarni takomillashtirish, xodimlarni kommunikatsiya bilan ta’minlash va shu orqali ishlab chiqarish unumdorligini oshirish bo’yicha fikr almashish imkonini berar ekan. Xizmatchilarni firmani gullab-yashnashiga g’amxo’rlik qilish, ishga sadoqat ruhida tarbiyalash ularni diqqat markazida turuvchi ishlardan hisoblanar ekan.
Kutubxonani boshqarish jaraѐnida kasbiy va nofarmal muloqotlar natijasida kutubxonachilar bir-birlarini yaxshi bilib olishadi, ular birgalikda ko’zlangan maqsad sari intiladilar. Bu esa kutubxona rahbariyati tomonidan qo’yilgan vazifalarni bajarilishini tezlashtiradi. Kutubxonachilarni faoliyatlarida o’zgarishlar qilishga ishontirish, o’z majburiyatlarini fikrlab bajarishga undaydi. Muhimi kutubxonachilarni ertaga nima qilishlari kerakligi, yakin vaqt ichida va istiqbolda nima ish qilishlari kerakligi haqidagi axborot berish tizimini o’ylab topish va uni yurgizishdir. Hamda bu jaraѐnni to’xtovsiz ishlashini ta’minlashdan iboratdir.
Kutubxonada aniq axborot berish tizimini yaratilishi, har bir xodimga o’zini ishini yaxshi bilishiga, bu ishni kutubxonalarning umumiy faoliyatidagi o’rnini bilishga, rahbariyat uchun faktlarni va ularni ahamiyatini to’g’ri tushunishga ѐrdam beradi.
Ichki marketing tushunchasining ko’plab sinonimlari ichida biz uchun eng yaqin bo’lgani “tashkil etish madaniyat” tushunchasidir. Tashkil etish madaniyati ѐki kutubxona ishini tashkil etish madaniyati- ko’p qirrali hodisa bo’lib, unga kasbiy ishonch va me’ѐrlar, jamoa xodimlarining axlokiy qadriyatlari hamda ijodiy ishlash va ishonchli muhitni qo’llab-quvvatlovchi tadbirlar kiradi.
Har bir kutbxonadagi tashkil etish madaniyati shunday aniqlik bilan va jamlangan holda yo’nalishlar berishi kerakki, har bir kutubxonachi uni qiynalmasdan tushunishi va avtomatik ravishda bajarishi, rahbariyat esa bu ishlarni nazorat qilish darajasida bo’lishi lozim. Bir kancha chet el kutubxonalarida (jumladan GFR dagi Roytlingem ommaviy kutubxonasida) yangi ishga olingan xodimlar uchun alohida tashkiliy madaniyat shakli ishlab chiqilgan. Yangi kutubxonachiga kichikroq hajmdagi broshyura topshiriladi. Undan kutubxona haqidagi asosiy ma’lumotlar va ushbu jamoadagi “o’yin shartlari”- ishni zudlik bilan bajarish, muomilalilik, jonbozlik, do’stona munosabat, iste’molchilarga sidqidildan xizmat ko’rsatish kabi qoidalar ѐzilgan bo’ladi.
Kutubxonalarni tashkiliy madaniyatining mazmuni va yo’nalishlari xodimlar uchun turli xil holatlarda o’zlarini tutishlari uchun namuna vazifasini bajaradi. Kutubxonalarni tashkiliy madaniyatini tashkil etish jaraѐnini o’rganish uchun Bilefeld shahridagi (Germaniya) ommaviy shahar kutubxonasida ichki marketingni joriy etilish tajribasi bilan tanishamiz. Bu tadqiqot Nemis kutubxonachilik instituti tomonidan 90-yillarning birinchi yarmida o’tkazilgan bo’lib “Ommaviy kutubxonalarda marketing kontsepsiyasidan foydalanish va joriy etish” deb nomlangan. Avvaliga
markaziy kutubxonadagi ahvol har tomonlama o’rganildi. Shu maqsadda 116 ta xodimning 82 tasidan intervyu olindi. Olingan natijalar xodimlar av kutubxonadan foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yaxshi emasligini ko’rsatdi. Kutubxonachilar o’zlarini ma’rifatparvarchi va hamma narsani biluvchi, iste’molchilarni aniq so’rovlarini tushunishdan yiroq ekanliklarini, so’rovlarni bilamiz deb hisoblashlari ma’lum bo’ladi. Shu bilan birga kutubxona jamoasida ham birlik yo’qligi, turli bir-biriga qarshi guruhlar borligi ma’lum bo’ldi. Bu negativ holatni o’zgartirish uchun kutubxona xodimlarini o’z-o’zlarini bir-birlarini tushunishlari kerakligi, jamoada yaxshi kommunikatsiya tizimini joriy etish, bozor munosabatlari bo’yicha fikr yuritish, iste’molchilarni o’rganish tavsiyalari berildi. Bu tavsiyalar joriy boshqaruv vazifalarini aniqlash uchun asos bo’ldi.
Yana ham aniqroq natijalar olish uchun, jamoa xodimlarini fikr- mulohazalarini bilish maqsadida alohida anonim so’rov o’tkazildi. Ushbu so’rovdan maqsad mutaxassislarni aniq kutubxonani faoliyati bo’yicha (maqsadi, vazifalari, kelajak rejalari va h.k.) fikr-mulohazalri, ularni kasbiy motivlari, bo’sh vaqtni o’tkazish shakllari va boshqalar aniqlandi.
Bilefeld kutubxonachilarining javoblariga ko’ra ularni ko’pchiligi quyidagi shaxsiy qadriyatlarni maqullashlari ma’lum bo’ldi: tartiblilik, intizomlilik, kamtarlik, yuqorida berilgan barcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish va h.k. Lekin bu holatlarni ko’pchiligi zamonaviy, bozor iqtisodѐti sharoitini o’ylovchi kutubxonachilar kategoriyasiga mos kelmasligi ma’lum bo’ldi.
Olingan natijalar va boshqa joylarda o’tkazilagn turli ko’rsatkichlar jamlanib tablitsalar, sxemalar va grafiklar tariqasida kutubxonachilar o’rtasida muhokama qilindi. Bu ishlar ularni o’zlarini yaxshi bilishga bir qator muammolarni tushuniga ѐrdam berdi. Intensiv ravishda rahbariyat bilan birgalikda fikr almashishlardan so’ng joriy va istiqbol vazifalari belgilandi va bunda har bir hodim kutubxona faoliyatida o’z o’rnini yaqqol ko’rdi.
Bilefeld shahar kutubxonasida turli bo’lim xodimlari tomonidan yo’naltiruvchi va loyihalovchi guruhlar tashkil etildi. Bular markaziy kutubxonada va uning shahobchalarida ma’lum bir ichki marketing vazifalarinii amalga oshira boshladilar. Masalan, shunday guruhlardan biri har xaftada erta bilan 15-20 minutlik tadbir tashkil etadi. Bu tadbirda kasb- korlik bo’yicha eng so’nggi yangiliklar, tayinlanishi va o’zgartirilish haqidagi ma’lumotlar, ish grafigini o’zgarganligi va boshqa axborotlar beriladi. Xuddi shu vaqtda yangi xodimlar bilan tanishuv ѐki hamkasabalar bir-biri bilan muloqotda bo’ladi. Xuddi shu guruh tomonidan 6 xafta mobaynida kutubxona uchun individual marketing kontsepsiyasi tayѐrlandi. Unda kutubxonaning maqsadi aniqlandi, bozor iqtisodiѐti sharoitida ko’rsatilaѐtgan xizmatlar va mahsulotlar tahlil qilindi. Kutubxonaning faoliyatining asosiy madaniyatini belgilovchi oltita shior ishlab chiqildi:
1). “Biz bu yerda Siz uchun”; 2). “Madaniyat abstrakt emas, aniq”; 3). “Siz so’rang-biz javob beramiz”; 4). “Muvaffaqiyatga -bilim orqali”; 5). “Biz bilan birga o’ynab-kuling”; 6). “Bizda hamma narsa bor”.
Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki kutubxona faoliyatida marketing kontsepsiyalarini joriy etishda, alohida xodimlar tomonidan unga ishonmaslik, kutubxona rahbarlari va tashabbuskor guruhning ishlarini yo’qqa chiqaruvchilar ham topiladi. Ularni ishontirish va qayta ishontirish shart emas. Shuning uchun kutubxona sharoitida ichki marketingni qo’llashni optimal vositalarini ko’rsatib o’tamiz:
-turli darajadagi rahbarlarni shaxsiy namunasi;
-oldinda turgan ishlarni strategiyasi va taktikasini birgalikda (kollegial) muhokama qilish;
-ilg’or ish tajribasiga ega bo’lgan hamkasabani (funktsional mutaxassisni) boshqa xodimlar bilan bevosita tanishtirish.
-menedjerlarni “asosiy” bajaruvchilar bilan yakka tartibdagi xizmatlari;
-mehnat jamoasiga jamoatchilik fikrini yaratuvchilar orqali ta’sir ko’rsatish.
Shunday qilib, har bir kutubxona uchun ichki marketing zarur. U marketing kontseptsiyasini amalga oshiruvchi vositadir. Bozor iqtisodiѐti sharoitida ichki marketing kutubxona jamoasini kelgusidagi farovonligini ta’minlashning asosidir. Faqat ma’lumotli va motivatsiya qilingan kutubxona xodimigina mashhur “bozor tarkibi”dagi beshinchi “R” bo’lishi mumkin: “reorle”-odamlar, to’rta boshqa klassik qo’shimcha sifatida “R”-rroduct (mahsulot, tovar-xizmat), “rrice” (baho), “rlace” (bozordagi joy), “rromotion” (iste’molchiga intilish).



Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin