2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə6/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

2.2.1.Narx marketingi.


Marketing strategiyasini amalga oshirishda xizmat (mahsulot) narxining shakllanishini, yangi xizmat (mahsulot)ga narx joriy etish ѐki mahsulot narxini o’zgartirish jihatlaridan tavsiflaydigan sohalardan biri narx marketingidir. Narx marketingining ajralmas qismi hisoblanadi va mahsulot tur-xili, mahsulot tavsifi, savdo usuli va shakllari servis kabi uning asosiy qismlariga jamlama mazmun beradi.
Narx marketingining o’tkazishda narxga ta’sir ko’rsatadigan xilma-xil omillar e’tiborga olinadi. ªuyidagilar asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan omillar jumlasiga kiradi: harajatlar, talab, raqiblar, narx belgilashdan ko’zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo’yicha hukumat tadbirlari.
Kutubxona-axborat muassasalari uzoq vaqtlar narx belgilashni amaliy masalalari bilan bilan shug’ullanganlar. Chunki mavjud bir bir qator pullik xizmat turlariga narx qo’yish markaziy davlat ѐki soha boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilar va bunda aniq bir kutubxonaning o’ziga xos tomonlari e’tiborga olinmas edi. Hozirgi sharoitda kutubxona masalalrida mikroiqtisodiѐt faoliyat ko’rsatish modellari rivojlanishi munosabati bilan bu muammo, ya’ni narx belgilash, kutubxonaning marketing kontsepsiyasini asosiy masalasiga aylanmoqda.
Kutubxona-axborot faoliyatining qo’shimcha xizmatlari va narx belgilash jaraѐni harakatni kalkulatsiyalash (tannarxini belgilash) va rentabelligini (foydasini) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu
kutubxona-axborot muassasasining moliyaviy rejalashtirish va boshqarishning tarkibiy qismini tashkil etadi. Kutubxonalarda ilmiy asoslangan narx siѐsatini amalga oshirishdagi usullarni jamlab bitta termin bilan, ya’ni “narx marketingi” deb atash maqsadga muvofiqdir.
Aniq bir kutubxonaning narx strategiyasini ishlab chiqishda narx belgilashga qo’yiladigan umumiy isbotlangan ѐndashuv va printsiplarga amal qilish talab qilinadi. Bunda asosiy e’tibor kutubxona tomonidan tavsiya etiladigan xizmat (mahsulot)larni argumentlashtirilgan tannarxi va yetakchi iste’molchilarni to’lovchilik qobiliyati hisobga olinishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni bir-biriga solishtirish natijasida umumiy daraja (yuqori- o’rta-quyi) va bozor narxining mumkin bo’lgan diapozoni (“dan”-“gacha”) aniqlanadi. Narx bu yerda egiluvchi marketing quroli rolini o’ynaydi va talabni, raqobatni va mahsulotni ko’payib ketishida moslashtiruvchi qurilma vazifasini bajaradi.
Narx belgilash siѐsatida, birinchi o’rinda mavjud talablar va iste’molchilarni potentsial talablarini o’rganish, hamda kutubxona-axborot xizmati va mahsulotlariga bo’lgan iste’molni (kommunikativ, ta’lim, madaniy-ma’rifiy va x.k.) hisobga olish lozim. Ushbu omillarni tahlil qilish natijasida soha buyicha maqsadli bozor narxini o’rnatish mumkin. Kutubxona muassasalari o’z amaliѐtlarida quyidagi umum qabul qilingan narx belgilash yo’nalishlaridan foydalanishlari mumkin:
-O’zgaruvchi (tushib boruvchi) narx, talab va taklif asosida belgilanadi; yangi iste’molchilarni jalb qilish, soha bozorini to’yinganligi natijasida asta sekin pasayib boradi.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin