2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari


Pablik Rileyshnzning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə17/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Pablik Rileyshnzning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


Pablik rileyshnz bir vaqtni o’zida ham marketing, ham reklama, ham targ’ibot, ham boshqaruv qarorlariga ta’sir etish amaliѐtidir.
Pablik rileyshnz kutubxonalarning marketing kontseptsiyasidagi bosh komponentlardan biri hisoblanadi. Kutubxonalar faoliyatining tahlili
ushbu ish yo’nalishlari jaraѐnlarini harakterlashda ѐrdam beradi. Pablik rileyshnz – kutubxonalarning ijobiy, qulay obrazini tuzish texnologiyasi hisoblanadi. Uning vazifasi kutubxonalar haѐtidagi fakt va ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazishdan iborat, Kutubxona jamoatchiligiga quyidagilar kiradi:
-kitobxonlar;
-kutubxonachilik ishini boshqaruvchi organlar;
-jamoatchilik tashkilotlari;
-turli soha assotsiatsiyalari;
-maktab o’quvchilari;
-ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar.
Marketing kutubxonalar va uning iste’molchilari o’rtasidagi hamkorlik uslublarini belgilab olishda imkoniyat yaratadi. Agar iste’molchi va hamkor bir shaxs bo’lsa, marketing elementlarining turlicha ekanligi harakatni vujudga keltirishdagi omil bo’lib hisoblanadi. Masalan, Pablik rileyshnz elementlarini moddiy ѐrdam olish uchun ishlatish. Ammo kutubxonalarning asosiy hamkori- bu davlatdir. Davlat bu jamoat madaniyati va axborot sohasini kafolati sifatida tan olingan.
Shuningdek kutubxonalar hamkori bo’lib tijorat va notijorat tashkilotlar ham bo’lishi mumkin. Notijorat tashkilotlar- muzeylar, klublar kutubxonalar bilan birgalikda loyixalarni amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin. Shu bilan birga ular ham o’zlarining rivojlari uchun jamoatchilik ѐki tijorat tashkilotlaridan moddiy ѐrdam olishlari uchun harakat qilishlari kerak.
Kutubxonalarni axborot bozorida muvaffaqiyatli shakllantirish marketing qarorlarini tug’ri qabul qilish hamda Pablik rileyshnz, reklama va fandreyzing texnologiyalarini amaliѐtda qo’llash bilan birgalikda olib borilishi kerak. Shu yo’l bilan marketing kontseptsiyasi nafaqat kutubxonalarning faoliyatiga o’zgartirishlar kiritish, balki ularni shakllantirish, ish jaraѐnlarini natijali o’zgartira olish uchun yangicha yo’llar va usullar qidirib topish kerak.



Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin