2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə20/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Taqdimot- bu mustaqil tadbir bo’lib, qabul marosimiga o’xshab ketadi. Bu biron bir shaxs faoliyatini, yangi nashr etilgan kitobni, internet kursini, kutubxonaning elektron katalogini ѐki yangi bir muvaffaqiyatli tadbirni ko’pchillikka, jamoatchilikka taqdim etish marosimidir. Buni tayѐrlash bosqichlari quyidagilardan iborat:
-maqsadni aniqlab olish. Maqsad yangi kitobxonlarni jalb etish, jamoatchilik o’rtasida kutubxona imidjini ko’tarish, kutubxonaning qiѐfasini namoish etish, yangi homiylarni jalb etish, faollar safini
kengaytirish, mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan aloqani mustahkamlashdan iborat bo’lishi mumkin.
-g’oyani shakllantirish va tadbirni tashkil etish. Bunda asosiy goya nimadan iborat ekanligini ko’rsatish, tadbirni o’tkazish joyi va vaqti, tadbir ishtirokchilarining tarkibi, tadbir tashkilotchilarining tarkibi, zarur sarf-harajatlar belgilab olinadi.
Davra suhbati. Bu tadbir turli guruh jamoatchilik vakillari orasida biron bir muammoni muhokama qilishga bag’ishlanadi. Masalan, dolzarb ijtimoiy-siѐsiy masalaga oid muammoni davra suhbatida muhokama etishda davlat boshqaruv apparati, nufuzli jamiyatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashadilar. Suhbat mavzusi va rejasi avvaldan rejalashtirilib, jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
Ko’rgazmalar. Bu tadbir butun dunѐda Pablik rileyshnzning muhim vositasiga aylanib bormoqda. Ko’rgazmalar namoyish etilaѐtgan mahsulotni harakatga keltirishda iqtisodiy samara beruvchi vosita. Bunda joy, vaqt, mahsulot narxi, harajatlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ko’rgazma bir vaqtni o’zida katta auditoriyaga mahsulot haqida keng ma’lumot beradi, mijozlarning shaxsan va bevosita tanishib chiqishlari va xulosa qilishlariga imkon yaratadi. Namoyish etilaѐtgan kitob haqida keng va tushunarli ma’lumot berish, mijozlarning qiziqishini o’rganish, talablarini aniqlash imkonini beradi. Ko’rgazma televidenie orqali namoyish etilishi, u haqida radio va vaqtli matbuot sahifalarida ma’lumot berib borilishi mumkin. Ko’rgazma davomida turli mashhur kishilarning o’ta do’stona muhitda uchrashuvlariga va fikr almashuvlariga sharoit yaratadi. Ko’rgazma tashkilotning imidjini oshirishga, jamoatchilik o’rtasida ta’sir doirasini kengaytirishga, yangidan yangi hamkorlar va homiylar topishga yul ochib beradi.
Kutubxonaning Pablik rileyshnz faoliyatida kutubxona haqidagi, kutubxonada o’tkazilgan tadbirlar aks ettirilgan videofilmlar va boshqalar ham muhimdir. Bular orasida press-reliz aloxida qimmatga ega.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin