2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə21/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Press-relez bu matbuotda e’lon qilish uchun firma tomonidan tarqatiladigan tovar (ѐki xizmatlar) ѐki firma to’g’risidagi maxsus tayѐrlangan axborot. Press-reliz ( inglizcha Press –release – matbuot uchun) e’lon qilinadigan va tarqatiladigan hujjatlar va axborotlardan iborat matbuot, radio, televidenie xodimlariga mo’ljallangan maxsus axborotnomalar.
Marketing bo’yicha lug’atlardan birida press- reliz “Kompaniya ѐki tashkilot tomonidan tashkil etilgan va jamoatchilikni xabardor qilish uchun matbuotga ѐki elektron ommaviy axborot vositalariga yuborilgan voqea to’g’risidagi xabardir” deb ta’rif beriladi.
Press-reliz shu kunning eng yangi, muhim voqeasi va xodisasi haqida axborot beradi. Undagi yangilikning dolzarbligi, axborotni o’z vaqtida yetkazilishi kabi xususiyatlari uning ahamiyatini oshiradi.
Press-reliz berishda fikrlarni aniq, ravshan, ѐrqin va tushunarli bo’lishiga, jumlalarning qisqa va yig’am holda berilishiga e’tibor berilishi lozim. Tayѐr press-reliz kutubxonaning maxsus bo’limi ѐki mas’ul xodimi tomonidan yuboriladi. Har bir yirik kutubxonada ѐki boshqa tashkilotlarda press-reliz bilan shug’ullanuvchi press-kotib ish olib boradi. Uning vazifasi
kutubxonada maqsadli gurux ѐki kutubxona jamoatchiligini tashkil etish, ularning qiziqishi va mas’uliyatini o’rganish, turli guruxlarga mo’ljallangan tadbirlarni rejalashtirish va o’tkazishda ishtirok etish, ommaviy axborot vositalari yo’nalishini va xususiyatlarini ularni to’g’ri tanlash maqsadida o’rganish, jurnalistlar bilan muntazam aloqani o’rnatish, kutubxona faoliyatidagi axborot sabablarini qidirib topish, press-reliz, reklama va kutubxona imidjini tayѐrlash, jurnalistlar uchun press-konferentsiyalar tayѐrlash va o’tkazishdan iborat.
Kutubxonada o’tkazilaѐtgan tadbir, yangi dasturning tantanali ochilishi, turli xil bayramlar kutubxona faoliyatidagi muhim voqea, aniq shaxs faoliyati, ochiq eshiklar kuni, kitob haftaligi va boshqalar axborot sababi bo’lishi mumkin. Kutubxona jamoatchilik bilan bunday hollarda aloqa bog’lashi (xabar berishi) quyidagi vositalar ѐrdamida amalga oshiriladi: pochta, televidenie, radio, elektron pochta va internet, matbuot.
Kutubxonalar amaliѐtiga press-relizni olib kirish va undan foydalanishda quyidagi qat’iy qoidaga amal qilish zarar: tushunarli xabar – bunda berilaѐtgan xabar aniq, tushunarli, qisqa va mantiqan yuqori savodxonlik darajasida tuzilgan bo’lishi, real, haqiqiy bor narsa haqida axborot berish talab etiladi.



Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin