6.4.2 . Pablik rileyshnz faoliyatining ob’ektlari
Jamoatchilik bilan o’zaro aloqa ( Pablik rileyshnz) bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Turli xil axborot manbalarining ko’payishi, axborotga bo’lgan talabning ortib borishi bilan birga kutubxonalarning jamiyatdagi o’rni, ularning potentsial imkoniyatlari, eng muhimi – boshqa axborot muassasalaridan farq qiluvchi o’ziga xos imkoniyatlari va xizmatlarini keng ochib berish kutubxonalarning shu kungi siѐsati bo’lib qolmoqda.
Kutubxonashunoslikka oid bir qancha maqolalarda kutubxonaning potentsial imkoniyatlarini jamiyat a’zolariga yetkazuvchilar va ish shakllari haqida bir qancha fikrlar bildirilgan. Mutaxassislar fikricha, birinchi navbatda kutubxona o’z kitobxonlari, ya’ni kutubxonaga qatnovchi va uning imkoniyatlarini bilgan hamda unga ishongan kishilar bilan o’zaro yaqin muloqatda bo’lishi kerak. Xuddi shu odamlar kutubxonaning yangi ish faoliyati,
rejalari haqida har tomonlama axborot olishni istaydilar. Shu bilan birga, kutubxona “kitobxon bo’lmagan” odamlar guruhi bilan muloqatda bo’lishga ham alohida e’tibor qaratishi lozim. Ularni o’quv zali ѐki abonement, axborot xizmati, ommaviy tadbirlarga qatnashish foydali ekanligiga ishontira olinsa, ular bo’lg’usi kitobxonlarga aylanadilar.
Kutubxona o’zaro muloqat olib borishi lozim bo’lgan ikkinchi guruh, mutaxassislarning fikricha bu – yuqori tashkilotlar va moliyaviy organlarda ishlovchilardir. Madaniyat sohasida siѐsat yaratuvchilar, mahalliy va hududiy hokimiyat rahbarlari – o’z hududlarida kimlarga kutubxona zarurligi va uni foydasi haqida xech qanday shuhbalarga bormasliklariga erishish kerak. Boshqaruvchilar va moliyachilarning kutubxonaga ijobiy qarashlari kutubxonaning moddiy-texnik muammolarini hal qilishga ѐrdam beradi. Shuning uchun ham kutubxona mahalliy hokimiyat rahbarlari bilan yaqin aloqa o’rnatishi, ularning asosiy axborot oluvchi manbasiga aylanishi lozim.
Jamoatchilik fikrini yaratuvchilarni keyingi guruhiga – jamoat tashkilotlari, turli birlashmalar, uyushmalar, har xil partiyalarning faollari, bizning sharoitimizda esa mahalla oqsoqollari va faollarini kiritish mumkin. Kutubxona bu tashkilot, uyushma va birlashmalarga o’z binosida majlislar, turli yig’ilishlar va uchrashuvlar o’tkazishga imkoniyat yaratishi, ularni o’z tadbirlariga taklif etishi kerak. Ular esa, o’z navbatida hamfikrlari, a’zolari o’rtasida kutubxona, uni imkoniyatlari haqida ijobiy fikrlar tug’diradilar. Shu bilan birga kutubxonalarni mashhur shaxslar bilan yaqin aloqada bo’lishi ham kutubxona amaliѐtida keng qo’llanilmokda. Masalan, Amerika kutubxonalarida mashhur kino yulduzlari, ѐzuvchilar, vrachlar va boshqalarning rasmlari tushirilgan plakatlardan foydalaniladi, ular haѐtida kitob va kutubxonaning ahamiyati haqidagi fikrlar ham keng targ’ib qilinadi. Bu esa ularning muxlislarini kutubxonaga bo’lgan qiziqishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Barcha kutubxonalarda eng faol kitobxonlar bu maktab o’quvchilaridir. Shuning uchun ham ular kutubxona haqida eng to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Shuni ham unutmasligimiz kerakki- o’quvchilar bo’lg’usi katta ѐshdagi kitobxonlardir. Bu kitobxonlar bilan ishlaganda ular qalbida kutubxona va kitobga muhabbat uyg’otishda katta kuchga ega bo’lgan o’qituvchi- pedagoglar guruhini ham unutmaslik kerak.
Kutubxonalar faoliyati haqida ham ijobiy, ham salbiy baho beruvchi tashkilot bu- matbuotdir. Shuning uchun ham kutubxona uning juda keng imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Matbuot juda ham qudratli kuchdir. Matbuot kutubxona faoliyati haqida jamoatchilikka turli xil axborotlarni yetkazishi mumkin, masalan, kutubxonani yangi binoga ko’chganligi haqida, o’n minginchi kitobxon haqida, kutubxonaning yubiley kuni haqida, kutubxonachilarning mashaqqatli va shonli mehnati haqida kitobxonlarni fikr-muloxazalarini, kutubxona tomonidan o’tkazilgan va o’tkazilmoqchi bo’lgan tadbirlar, uchrashuvlar va boshqalarni. Shu bilan birga “janjalli” hodisalar – kutubxonadan kitob o’g’irlanishi, kutubxonani suv bosishi, istilmasligi, umuman kutubxona mavjudligi haqidagi axborotlar ham jamoatchilik e’tiborini jalb qiladi.
Va nihoyat, mutaxassislar fikricha, kutubxonaning jamiyatdagi o’rni, uni mavqei kutubxona rahbariga ham bog’liq. Amaliѐtdan ma’lumki, o’z xodimlari va mahalliy hokimiyat boshqaruvida obro’- e’tibori bo’lgan, shaxs sifatida shakllangan kutubxona rahbari, kutubxonaning turli muammolarini, tashabbuzsiz va hech bir jihatlari bilan ajralib turmaydigan rahbarlarga nisbatan tezroq hal qila oladi. Kutubxona rahbari jamiyat a’zolariga kutubxona timsoli sifatida ko’rinishini unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: |