2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari


“Pablik rileyshnz” faoliyatining tashkil etish shakllari va usullari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə19/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

6.4.3. “Pablik rileyshnz” faoliyatining tashkil etish shakllari va usullari


Hozirgi kunda Pablik rileyshnz kutubxonalarini boshqaruv faoliyatining asosiy vositasi hamda uslubi bo’lib hisoblanmoqda. Aynan Pablik rileyshnz demokratik jamiyat kontseptsiyasiga, sivilizatsiyalashtirilgan bozor iqtisodiѐtiga tashkilotlarning ijtimoiy va moddiy holatini mustahkamlangan holda to’liq javob bera oladi. Kutubxona faoliyatining vazifasi va hajmidan kelib chiqqan holda Pablik rileyshnz o’z stilini, harakterini va mo’ljalli yo’nalishini belgilab oladi. Pablik rileyshnz jaraѐnida va Pablik rileyshnz jaraѐnlarini amalga oshirishda asosiy rolni kutubxonaning birinchi shaxslari ya’ni rahbarlar egallaydi. Kutubxona rahbarlari o’z vazifalarini qanchalik yaxshi bajara olsalar kutubxona reytingi shuncha yuqori bo’ladi va imidji iste’molchilarni o’ziga jalb qila oladi.
Hozirgi kunda jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha kutubxonalar tadbirlarini boshqaruv aspektlarini keng muhokama qilish ularni markazlashtirishdagi optimal darajani o’rnatish bo’lib hisoblanmoqda. Buning uchun juda ham oddiy va umumiy qoida mavjud: kutubxonalarda chizikli ѐki chizikdi –vazifali tashkillashtirilgan tuzilma bilan butun bir muassasa uchun muvofiklashtirilgan Pablik rileyshnz bo’limini tuzish mumkin; agar kutubxonalarda bazali ma’lumotlardan tashqari faoliyatning boshqa turli xil usullari mavjud bo’lsa (masalan, madaniy, muzeyli, kontsert, teatr va boshqa faoliyat) u holda shakllantirilgan Pablik rileyshnz bo’limchasidan tashqari alohida filial tarmog’i yaratish mumkin. Bu esa kutubxona kommunikatsiyasining tashqi siѐsatini yaratish uchun xizmat qiladi.
Kutubxonada Pablik rileyshnz faoliyatini tashkil qilishdagi muammo – kutubxonada bu faoliyat bilan shug’ullanuvchilarni tayѐrlash ѐki tashkaridan mutaxassislarni jalb qilishdir. Tashqi mutaxassislarni ishga olish vaqtida ulardan quyidagilar talab qilinadi:
-kutubxona xodimida yo’q bo’lgan ѐki hozircha yo’q bo’lgan tajriba ( pablik rileyshnz faoliyati bo’yicha ish tajribasi);
-yirik konferentsiyalar, press-konferentsiyalar, ko’rgazmalar, kutubxonaning yillik hisobot prezentatsiyalari va h.k.larni o’tkaza olish qobiliyati;
-alohida kutubxonalarda pablik rileyshnz ishini qo’llay olish qobiliyati.
Kutubxona xodimlari ichidan Pablik rileyshnz faoliyati bo’yicha tajribaga ega mutaxassislardan foydalanish kutubxona uchun ancha
samaraliroqdir. Birinchidan, bu kutubxona uchun ancha arzonga tushadi, ikkinchidan mutaxassis kutubxonaning moddiy- texnika imkoniyatlaridan tuliq foydalana olishi mumkin, uchinchidan esa, kutubxona va kutubxonani qo’llab- quvvatlovchi jamoatchilik uni ishonchliroq qabul qiladi.
Agar kutubxonada Pablik rileyshnz bo’limi tashkil qilingan bo’lsa uning asosiy maqsadi va yo’nalishi quyidagilardan iborat bo’ladi:
-ommaga kutubxonani faoliyati, imkoniyatlarini reklama ѐki targ’ib qilish;
-kutubxonani axborotlashtirish va faktlarni interpretatsiya qilish;
-jamoatchilikka Pablik rileyshnz natijalari va yutuqlari haqida ma’lumot berish;
-jamoatchilikni kutubxona – axborot xizmatiga bo’lgan qiziqishlarini o’rganish va ularni axborot bilan ta’minlashdan iborat.
Kutubxona ish tajribasida Pablik rileyshnz dasturini belgilashda quyidagilar hisobga olinadi: o’zini va o’zgalarni kimligini anglay bilish, xabarning ѐki axborotning nimadan iborat ekanligini, ommaning kimlardan tashkil topganini, nima uchun va nima maqsadda axborot berilaѐtganini, qanday usullar va vositalardan foydalanish zararligini, Pablik rileyshnzning qanday natijaga ega bo’lishini bilish talab etiladi.
Har bir kutubxona raxbari Pablik rileyshnz dasturini amalga oshirish maqsadida kutubxona mavqeini belgilashi, uning jamiyatda tutgan o’rni qay darajada ekanligini bilishi, istiqbolli rejalarini belgilash uchun vaqti-vaqti bilan siѐsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni hamda ularning ta’sirini o’rganib, tahlil qilib borishi zarur. Shunda kutubxona missiyasi, maqsadi va vazifalarini aniqlab olish mumkin bo’ladi. Buning uchun kutubxonaning eng kuchli va yaxshi tomonlarini, imkoniyatlarini, zaif tomonlarini, uning ishiga xalaqit beruvchi va salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni ko’ra bilishi va uni boshqalarga ham ko’rsata olishi kerak.
Pablik rileyshnzni qo’llashda quyidagi kanallardan va texnika vositalaridan unumli foydalanish uni samaradorligini oshiradi. Bular: Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda tadqimot, davra suhbatlari, press-reliz, press-konferentsiyalar, radio va televidenie orqali axborot berib borish bilan jamoatchilikni jalb etish. Bundan tashqari boshqa tashkilotlarni kutubxona faoliyatiga jalb etishda turli hamkorlarga ѐki shaxslarga jo’natiladigan xatlar, tadbirlar va ko’rgazmalarda ishtirok etish uchun taklifnoma –dasturlar, ochiq eshiklar kuni, taqdimotlar, mukofatlash marosimlari, saѐxatlar, aktsiyalar ham alohida ahamiyatga ega. Bunday tadbirlarni tayѐrlash va o’tkazish keyingi paytda kutubxonalar faoliyatida ham tez-tez amalga oshirilmoqda.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin