2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari


Kutubxona reklamasining shakllari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə12/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

2.3.2.Kutubxona reklamasining shakllari


Kutubxona reklamasi amaliѐtida ko’rgazmali, og’zaki, bosma va kompleksli reklamalar ishlatiladi. Ularni qo’llanilishi reklamalar mo’ljallangan auditoriya va kutubxonaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Maqsadli auditoriyaga ko’ra kutubxona reklamasi kutubxonaning kitobxonlariga mo’ljallangan kutubxona ichki reklamasi va potintsial kitobxonlarga mo’ljallangan tashqi reklamaga bo’linadi. Shu bilan birga reklama faoliyatining ko’plab vositalari ham kutubxona ichki reklamasida ham tashqi reklamada ham ishlatilishi mumkin.
Bu asosiy bo’linishlar ichida reklamani quyidagicha ajratish mumkin:
-ommaviy, keng iste’molchilarga mo’ljallangan kutubxona resurslari va xizmatlaridan ommaviy foydalanishi;
-guruhli, ma’lum bir talab bozori segmentlariga (iste’molchilariga) mo’ljallangan;
-shaxsiy , yakka tartibda.
Kutubxona reklamasiningn reklama xabarlari mazmuni bo’yicha ularni quyidagicha bo’lish mumkin:
-Manzilli. Kutubxona va uni joylashgan o’rni haqida aholiga axborot berish maqsadida. Bunday reklamalarning asosiy shakli peshlavha (vivestka) bo’lib, u binoda kutubxona joylashganligi haqida xabar beradi. Peshlavxada kutubxonaning nomi haqidagi axborotdan tashqari ish rejimi haqida ham ma’lumot bo’ladi. Kutubxonalar amaliѐtida katta hajmdagi, turli ranglar bilan bezatilgan peshlavhalar, shuningdek ѐnib, o’chib turuvchi harflardan iborat (neon ѐritgichli) peshlavhalar ham qo’llanilmokda. Bunday peshlavhalar nafaqat odamni o’ziga jalb qiladi, shu bilan birga kunning qorong’i vaqtlarida ham ko’rinib turishi bilan samaralidir.
Nufo’zli. Bunday reklamalar iste’molchilarda kutubxona haqida ishonchli, oliy maqomli hamkor sifatida fikr uyg’otishga yo’naltirilgan bo’ladi. Nufuzli reklama kutubxona xizmatini martabasini oshirish bo’yicha yo’nalishning – “pablisti”ning tarkibiy qismi hamdir. “Pablisti” - bu kutubxonani ommalashtirish, uning faoliyati haqida, kutubxonaning imkoniyatlari va resurslarini jamoatchilik o’rtasida targ’ib qilish, hamda kutubxona haqida salbiy va xato qarashlarni rad etib beruvchi faoliyatdir.
Kutubxona imidjiga kutubxonaning reklama faoliyati, avvalom bor keng auditoriyaga mo’ljallangan nufuzli reklama sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Uning asosida kutubxona haqida ijobiy fikr uyg’otuvchi kutubxonaning individual firma uslubi ѐtadi. Kutubxonaning firma uslubi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-Firma belgisi. Kutubxona o’z mahsulotlariga qo’yadigan orginal ravishda bezatilgan grafik tasvir.
-Logotip. Kutubxonani so’z- tasvir vositasidagi simvoli bo’lib, kutubxonani nomini to’liq, qisqartirilgan ѐki abbreviaturalar shaklidagi ifodasi.
-Slogan. Kutubxona tomonidan tavsiya etilaѐtgan xizmatning asosiy g’oyasini bildiruvchi, qisqa so’z, chaqiriq, deviz, shior , da’vat.
Firma belgisi va logotipi kutubxonaning firma blokini tashkil etadi va u kutubxonaning barcha nashrlarida, reklama mahsulotlarida, ish qog’ozlarida, kitobxon biletida, konvertlarida, vizitkalarida, bedjiklarida ( ko’krakka taqiladigan, kutubxona xodimini ismi sharifi va lavozimi ko’rsatilgan kartochka) aks etadi. Shu bilan birga har bir kutubxona o’zini firmali esdaliklarini tayѐrlashi mumkin. Ularda kutubxona binosi tasvirlangan bo’lishi, slogan, nomi, firmali belgilari ѐzilgan bo’lishi mumkin. ªuyidagilar esdaliklarni o’rnini bosa oladi: ruchka, paket-sumka, znachoklar,ѐdgorlik va yubiley medallari, ѐn daftar, kundalik, esdalik konvert, plakat-kalendar va boshqalar. Barcha reklama-axborot belgilari kutubxonaning nufuzini eng birinchi ko’rsatkichi hisoblanadi.
Kutubxonada barcha iste’molchilar uchun axborot ma’lumotlari yuqori darajada qulay tashkil etilishi lozim. Axborotga ehtiѐj sezuvchi barcha iste’molchilar kutubxonadagi mavjud fondlarning xususiyati, turi, shakli to’g’risida, kutubxonada qanday obuna nashrlariga ega ekanligi, ular bilan qaerda tanishish mumkinligi haqida ko’prok axborot berish zarur.



      1. Yüklə 384,96 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin