2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari


Kutubxona-axborot faoliyati reklamasining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə11/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Kutubxona-axborot faoliyati reklamasining o’ziga xos xususiyatlari


      1. Kutubxona reklamasi: tushuncha, maqsad va unga qo’yiladigan talablar.

      2. Kutubxona reklamasining shakllari

      3. Reklama turlari, ularni tayѐrlash va joylashtirishning o’ziga xosligi

2.3.1.Kutubxona reklamasi: tushuncha, maqsad va unga qo’yiladigan talablar.


Marketing faoliyatining asosiy maqsadi turli xil pulsiz va pullik xizmatlarni joriy etish emas, balki iste’molchilarni ularga bo’lgan ehtiѐjlarini ta’minlashdir. Bu maqsadlarni amalga oshirishda kutubxonaning intellektual mahsulotlari va xizmatlarini nufuzini oshirish reklama xizmat kiladi. Nufuzni oshirish – kutubxonadagi xizmatlar va mahsulotlar haqida iste’molchilarga eslatish ѐki ularni ishontiruvchi turli shakldagi axborotlar berishdir. Kutubxonaning nufuzni oshirishning asosiy shakllari reklama, pablistlar (targ’ibotchilar), maxsus savdo va rag’batlantirishdir.


Kutubxona xizmatlarini nufuzini oshirishning asosiy vazifalariga:
-aholini, homiylarni, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari vakillarini, jamoatchilik tashkilotlari va boshqalarni ongida kutubxonaning nufuzli qiѐfasini ( imidjini) yaratish;
-kutubxona tomonidan joriy etilgan yangi xizmatlar haqida axborot berish;
-mavjud kutubxona xizmatlarini ommaviyligini saqlab kolish, iste’molchilarni ulardan foydalanishga chaqirish;
-potentsial iste’molchilarga ko’rsatiladigan xizmatlarni shart sharoitlari, joyi va vaqti haqida axborot berish;
-potentsial iste’molchilarni diqqatini kutubxonada taklif etilaѐtgan xizmatlarning o’ziga xosligi va foydaliligiga, xizmat ko’rsatishning asosiy shakllarining bepulligi va qo’shimcha xizmatlar uchun olinadigan haqlarni boshqa joylarga nisbatan arzonligini qayd etib,ularni kutubxonaga jalb qilish kerak.
Kutubxona xizmati va intellektual mahsulotlarni nufuzini oshirishning muhim shakli kutubxona reklamasidir. U kutubxona haqida, undagi xizmatlar va mahsulotlar haqida aniq va potentsial iste’molchilarga axborot beradi va shu bilan ulardan frydalanishni rag’batlantiradi. Kutubxona reklamasi funktsiyasiga resurslarga, kutubxona xizmatlari va mahsulotlariga bo’lgan talablarni shakllantirish va yangi kutubxona-axborot xizmatlarini ommalashtirish kiradi. Reklama iste’mol xizmatlarining
tarkibi, ularni manzillari, kimlarga mo’ljallanganligi, ularni olish va foydalanish shart- sharoitlari va boshqalar haqida ma’lumot berishi kerak.
Kutubxona reklamasining o’ziga xosligi shundan iboratki, avvalom bor, kutubxona fondi, uni turli xil iste’molchilar guruhi talablarini qondirishdagi imkoniyatlari haqida axborot berishda namoѐn bo’lishidir. Respublikamiz kutubxonalar o’z reklama amaliѐtida O’zbekiston Respublikasining “Reklama tug’risida” (1998 y. 12 dekabr) ªonuniga rioya qilishlari kerak. ªonun o’z oldiga – mahsulotlar, xizmatlar axborotini shakllantirish, tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish, reklamani davlat va jamoat manfaatlariga, ahlok va ma’naviyatning umum e’tirof etilgan me’ѐrlariga moslash, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik qobiliyatini oshirish, atrof- muhitni muhofazalash choralarini ta’minlash, mahsulot tayѐrlash usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va iste’molchilarni chalg’itadigan ѐlg’on va noaniq mahsulotlar, xizmatlarni reklama vositasida tarqalishini oldini olishni vazifa qilib qo’ydi.
Kutubxona reklamasiga qo’yiladigan asosiy talablar:
-aniq va potentsial iste’molchilarni keng qamrab olish;
-reklamani ularni talab va ehtiѐjlariga mos kelishi;
-jadallik va ishontirarlilik;
-doimiy yangilanib borish;
-qisqa va lo’ndalik, jo’shqinlik;
-reklama xabarlarini yengil eslab qolishlilik;
-topqirlik va tezkorlik;
-aniqlik, rang-baranglik, ko’zga yaqqol tashlanishlilik;
-xizmat darajasini reklamaga mos kelishi;
-bozor talablari mazmuni va shakllariga, alohida kitobxonlar qiziqishlariga mos kelishi.
Reklama iste’molchilarni kutubxona xizmatlari va uning intellektual mahsulotlariga diqqatni jalb qilishi, qiziqtirishi va reklamada ko’rsatilgan xizmatlardan foydalanishga undashi kerak. Faqat shunday reklamagina aholini kutubxonaga bo’lgan ishonchini oqlashi, iste’molchilarni boshqarish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Kutubxona reklamasi bir necha yo’nalishlarda bo’ladi:
-ma’lum bir mintaqada mavjud kutubxonalar tarmog’i, ularni imkoniyatlari haqida axborot berish bo’yicha;
-kutubxona ѐki uning bo’limlari haqida axborot berish bo’yicha;
-kutubxona fondi, uning tarkibi va tuzilishi haqida axborot beruvchi;
-kutubxona ko’rsatadigan xizmatlar va uning intellektual mahsulotlari haqida axborot beruvchi.

Kutubxonaning reklama faoliyati asosini marketing kommunikatsiyasi tashkil etadi. U doimiy ravishda bozor bilan aloqada bo’lish, kutubxona uning fondlari, resurslari, mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumot berishga yo’naltirilgan bo’ladi. Kutubxona reklama faoliyati quyidagi boskichlardan tashkil topadi:


-reklama faoliyatining vazifalarini belgilash;
-reklamaga sarflanadigan byudjetni aniqlash;
-reklama xabarlarini yaratish;
-reklamani tarqatish vositalarini tanlash.
Reklama faoliyati vazifalariga quyidagilar kiradi:
-aholi o’rtasida kutubxona, uning resurslari, xizmatlari va intellektual mahsulotlari haqida ma’lum bir bilimlar darajasini shakllantirish;
-iste’molchilarga reklama turlarini ta’sir ko’rsatishini aniqlash;
-kutubxona xizmati ѐki mahsulotlarning asosiy iste’molchilarini aniqlash;
-reklama bilan qamrab olish uchun zarur bo’lgan bozor segmentini ajratish;
-iste’molchilarni iste’mol xulqini, reklamaga javob reaktsiyasini, taklif qilinaѐtgan xizmatlar haqida iste’molchilarning xabardorligini o’rganish.
Reklama uchun mablag’, pulsiz xizmatlar ko’rsatish uchun byudjet mablag’idan ajaratiladigan mablagdan va pullik xizmatlardan keladigan daromadlar hisobidan olinadi. Reklama harajatlari xizmatlar va mahsulotlar narxiga qo’shiladi va bajarilgan xizmatlardan keladigan daromadni taxminan 10% ni tashkil etishi kerak.
Reklama faoliyatining asosida ixcham, ѐrqin va obrazli axborot vositasida kutubxona resurslari va xizmatlarini yaratish ѐtadi. Reklama xabarlari reklama qilinaѐtgan ob’ektlarni ( kutubxona, uning fondlari, mahsulotlari, xizmatlari) aniq harakteristikasini (sifatini) ochib berishi kerak. Reklama xabarlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-iste’molchilarga taqdim etilaѐtgan axborot yangi bo’lishi;
-iste’molchilarga reklama qilinaѐtgan xizmatni foydaliligiga ishontira olishi, unga harakteristika bera olishi;
-reklama qilinaѐtgan xizmatning o’ziga xosligi va boshqa xizmatlardan farq qiluvchi sifatlarini ko’rsatishi;
-xizmatdan foydalanish qoidasi va shartlarini ochib berishi;
-reklama tavsiya qilinaѐtgan auditoriyaning o’ziga xosligini,
ularni kutubxona haqidagi bilimlari va imkoniyatlarini e’tiborga olish.
Reklama xabarlarining mazmuni quyidagi savollarga javob berishi
kerak:
-iste’molchiga nima taklif qilinayapti?
-taklif qilinaѐtgan xizmatdan u qanday manfaat olishi mumkin?
-qaerda, qachon va qanday qilib bu xizmatlarni olish mumkin?
Reklama xabarlarini shaklini tanlash, ma’lum bir reklama turini belgilash, reklama mazmuniga bog’liqdir.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin