Mansab darajalari quyi lavozimdan eng yuqori lavozimgacha bo‘lgan
rahbarlik mansablari pillapoyasidir.
10.
Tartib.
Moddiy tartib-qoidasi hamma uchun ma’lum: har bir buyum uchun muayyan
o‘rin va har bir buyum o‘z o‘rnida. Ijtimoiy tartib-qoidasi ham shunday: har bir
shaxs uchun muayyan o‘rin va har bir shaxs o‘z o‘rnida.
11.
Adolat.
Personalni o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan va sadoqat bilan ijro etishiga
rag‘batlantirish uchun unga yaxshi munosabatda bo‘lish kerak. Adolat – yaxshi
munosabat bilan huquq tartiboti yig‘indisidir.
12.
Personal tarkibining doimiyligi.
Personalning qo‘nimsizligi bir vaqtning o‘zida ishlar ahvoli qoniqarsiz
ekanligining sababi va oqibatidir. Shunga qaramasdan, tarkibda o‘zgarishlar
bo‘lishi muqarrar: personal yoshi, kasalligi, iste’foga chiqishi, vafoti ijtimoiy
tuzilma tarkibini o‘zgartiradi. Ayrim xizmatchilar o‘z vazifalarini ijro etish
qobiliyatini yo‘qotadilar, boshqa- lar esa zimmalariga yuksakroq mas’uliyat olishga
qodir bo‘lmaydilar.
Shunday qilib, boshqa tamoyillar kabi ishchi kuchi tarkibining doimiy
bo‘lishi tamoyili ham o‘z chegaralariga ega.
13.
Tashabbus.
Tashabbus deb, reja tuzish va uni amalga oshirish imkoniyatiga aytiladi.
Taklif va amalga oshirish erkinligi ham tashabbus kategoriyasiga taalluqlidir.
14.
Personalning birlashishi.
Personalni ayirish kerak emas. Biz uchun dushman kuchlarini ojizlashtirish
uchun ularni bir-biridan uzish mahoratdir. Biroq korxonadagi o‘z kuchlaringizni
uzish qo‘pol xatodir
1
.
Menejmentni
rivojlantirishda
klassik
davr
hisoblangan,
F.Teylor,
G.Emerson, A.Fayol tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv tamoyillari XX
asrning hech mubolag‘asiz eng muvaffaqiyatli tadbirkori hisoblangan amerikalik
Dostları ilə paylaş: