Asosiy yo‘nalish
Xodimlar
1.3-rasm. Personalni boshqarish yo‘nalishlari
AQSHda shakllangan personalni boshqarish tamoyillari amerika- liklarning
o‘z davlatlarini “katta imkoniyatlar mamlakati” deb hisobla- nadigan tamoyili
negizida asoslangan. Ya’ni, Amerika Qo‘shma Shtat- larida har bir xodimga agar
u kuch-g‘ayratini ayamasa, o‘zining kasbiy mahorati va bilimini oshirib borsa,
albatta muvaffaqiyatga erishadi, degan qat’iy ishonch singdirilgan. Bunday
sharoitda faqat o‘z kuchiga ishonadigan, kichikroq bo‘lsa-da o‘z shaxsiy
korxonasiga ega, ishchan va malakali xodim tadbirkorlikning “eng maqbul
modeli” hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar uchun esa personalni boshqarishga
davlatning qonunchilik yordamida aralashuvi nisbatan kengroqdir. Xususan,
personalni yollash, xodimlarni ishdan bo‘shatish, ishchilar va ish beruvchilar
o‘rtasidagi munosabatlar qonun orqali muvofiqlashtirib boriladi. Bu mamlakatlarda
ish haqi to‘lash, xodimlarning salomatligi, mehnat xavfsizligi, ish vaqti miqdoriga
amaldagi qonunchilik tomonidan juda qat’iy talablar qo‘yilgan.
Xususan Yevropa Ittifoqi Iqtisodiy Rivojlanish tashkiloti tomonidan qabul
qilingan “Ijtimoiy harakat” dasturi orqali qit’a mamlakatlarida personalni
boshqarishga o‘z qonunchilik ta’sirini kuchaytirib bormoqda.
Personalni boshqarishga davlatning aralashuvi Yevropada faqat qonunchilik
bilan chegaralanib qolmaydi. Bu mamlakatlarda tashqi bozor uchun yuqori
malakali xodimlarni tayyorlash sarf-xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Shu
sababli Iqtisodiy Rivojlanish tashki- loti ma’lumotlariga ko‘ra Yevropada
malakali ishchi kuchi dasturlari uchun davlat sarf-xarajatlari AQSHga nisbatan
sezilarli darajada ko‘pdir.
Yevropada Shimoliy Amerikaga qaraganda mulkchilik shakllarida
Tashkiliy tuzilma
Dostları ilə paylaş: