2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja


menejment yoki personalni boshqarish”



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix01.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#82137
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11

menejment yoki personalni boshqarish” fani negizida 
tarkib
topa 
boshladi. 
Hozirgi 
vaqtda 
“Personalni 
boshqarish” 
va 
“Inson 
resurslarini boshqarish” 
tushunchalari 
farqlanishi e’tirof etiladi. Xususan, iqtisodchi olim Stori shaxsiy, ishlab chiqarish 
munosabatlari bilan inson resurslarini boshqarish o‘rtasida 27 ta farq mavjudligini 
asoslaydi. Ushbu xususiyatlar umumlashtirilgan holda “personalni boshqarish” 
bilan “inson resurslarini boshqarish” 
o‘rtasidagi asosiy farqlar 1.3-jadvalda keltirilgan. 
Ushbu jadvalda inson resurslarini boshqarish tobora global tus 
olayotganligini kuzatish mumkin. Ya’ni, inson resurslarini boshqarish ekologiya, 
sog‘liqni saqlash, ta’lim masalalari bilan uzviy bog‘liqlikni tashkil etmoqda. 
Personal bilan tashkiliy ish olib borish avvallari asosan xodimlar- ning 
kundalik masalalarni hal etishiga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda korxonaga oid 
strategik masalalar tobora birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. 


1.3-jadval 
Personalni boshqarish bilan inson resurslarini boshqarish o‘rtasidagi 
tafovutlar
1
 
 
T/r Xususiyatlar 
Personalni boshqarish Inson resurslarini 
boshqarish 

Atrof-muhit 
Mamlakat doirasida, 
ichki 
Global darajada, tashqi 

Tashkiliy vazifalar 
Tezkor, ishchi kuchini 
jalb etish, saqlash, 
rag‘batlantirish 
Strategik, pirovard 
natijalar 

Boshqaruv uslubi 
Funksiyali 
Sheriklik 

Personal bilan ishlash 
xodimlari 
Tor ixtisosli 
mutaxassislar 
Keng ixtisosli 
mutaxassislar 

Korxona, tashkilot 
personali bilan ishlash 
Mehnat nizolarini hal 
etadi 
O‘zaro munosabatlarni 
uyg‘unlashtiradi 

Amaliy ish uslublari 
Tor yo‘nalishda – 
diqqat markazida 
alohida xodim turadi 
Keng yo‘nalishda – 
diqqat markazida butun 
personal turadi 
 
Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha xizmatlar korxona asosiy ta’minotchilari 
va mijozlari bilan bog‘liq masalalar ham shug‘ullanadilar. Agar kadrlar 
bo‘limlarining asosiy vazifasi ishchi va mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularni joy-
joyiga qo‘yish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, rag‘batlantirishdan iborat 
bo‘lsa, inson resurslarini boshqarishda pirovard natijalar: korxona raqobatbardoshligi, 
rentabellik, ishchi kuchining raqobatchilarnikiga qaraganda yuqori malakaligi va 
demakki, yuqori samara keltira olishi faoliyatning asosiy mezoniga aylangan. 
Inson resurslari bo‘yicha mutaxassislar keng ixtisosli xodimlar bo‘lishi kerak. 
Ular personal bilan ishlashda avvalgi vaqtlardagi korxona mehnat nizolarini oldini 
olish bilan shug‘ullanish o‘rniga e’tiborni ko‘proq mehnat jamoasi a’zolari 
o‘rtasida uyg‘unlikni, do‘stona muhitni yaratishga qaratmoqdalar. 
Inson resurslarini boshqarish xizmatlari korxona pirovard natijaga erishishi 
uchun quyidagi omillar orqali ta’sir ko‘rsatishlari mumkin: 
1. 
Mehnat unumdorligini oshirish. 
2. 
Mehnat sifatini yaxshilash. 
1
Управление человеческими ресурсами. Энциклопедия, Санкт-Петербург. - 2002. - С. 167 


3. Huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. 
4. Raqobatda ustunlikka erishish. 
5. Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini oshirish. 

Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin