menejment yoki personalni boshqarish” fani negizida
tarkib
topa
boshladi.
Hozirgi
vaqtda
“Personalni
boshqarish”
va
“Inson
resurslarini boshqarish”
tushunchalari
farqlanishi e’tirof etiladi. Xususan, iqtisodchi olim Stori shaxsiy, ishlab chiqarish
munosabatlari bilan inson resurslarini boshqarish o‘rtasida 27 ta farq mavjudligini
asoslaydi. Ushbu xususiyatlar umumlashtirilgan holda “personalni boshqarish”
bilan “inson resurslarini boshqarish”
o‘rtasidagi asosiy farqlar 1.3-jadvalda keltirilgan.
Ushbu jadvalda inson resurslarini boshqarish tobora global tus
olayotganligini kuzatish mumkin. Ya’ni, inson resurslarini boshqarish ekologiya,
sog‘liqni saqlash, ta’lim masalalari bilan uzviy bog‘liqlikni tashkil etmoqda.
Personal bilan tashkiliy ish olib borish avvallari asosan xodimlar- ning
kundalik masalalarni hal etishiga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda korxonaga oid
strategik masalalar tobora birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda.
1.3-jadval
Personalni boshqarish bilan inson resurslarini boshqarish o‘rtasidagi
tafovutlar
1
T/r Xususiyatlar
Personalni boshqarish Inson resurslarini
boshqarish
1
Atrof-muhit
Mamlakat doirasida,
ichki
Global darajada, tashqi
2
Tashkiliy vazifalar
Tezkor, ishchi kuchini
jalb etish, saqlash,
rag‘batlantirish
Strategik, pirovard
natijalar
3
Boshqaruv uslubi
Funksiyali
Sheriklik
4
Personal bilan ishlash
xodimlari
Tor ixtisosli
mutaxassislar
Keng ixtisosli
mutaxassislar
5
Korxona, tashkilot
personali bilan ishlash
Mehnat nizolarini hal
etadi
O‘zaro munosabatlarni
uyg‘unlashtiradi
6
Amaliy ish uslublari
Tor yo‘nalishda –
diqqat markazida
alohida xodim turadi
Keng yo‘nalishda –
diqqat markazida butun
personal turadi
Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha xizmatlar korxona asosiy ta’minotchilari
va mijozlari bilan bog‘liq masalalar ham shug‘ullanadilar. Agar kadrlar
bo‘limlarining asosiy vazifasi ishchi va mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularni joy-
joyiga qo‘yish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, rag‘batlantirishdan iborat
bo‘lsa, inson resurslarini boshqarishda pirovard natijalar: korxona raqobatbardoshligi,
rentabellik, ishchi kuchining raqobatchilarnikiga qaraganda yuqori malakaligi va
demakki, yuqori samara keltira olishi faoliyatning asosiy mezoniga aylangan.
Inson resurslari bo‘yicha mutaxassislar keng ixtisosli xodimlar bo‘lishi kerak.
Ular personal bilan ishlashda avvalgi vaqtlardagi korxona mehnat nizolarini oldini
olish bilan shug‘ullanish o‘rniga e’tiborni ko‘proq mehnat jamoasi a’zolari
o‘rtasida uyg‘unlikni, do‘stona muhitni yaratishga qaratmoqdalar.
Inson resurslarini boshqarish xizmatlari korxona pirovard natijaga erishishi
uchun quyidagi omillar orqali ta’sir ko‘rsatishlari mumkin:
1.
Mehnat unumdorligini oshirish.
2.
Mehnat sifatini yaxshilash.
1
Управление человеческими ресурсами. Энциклопедия, Санкт-Петербург. - 2002. - С. 167
3. Huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
4. Raqobatda ustunlikka erishish.
5. Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: |