Qisqacha xulosalar
Personalni boshqarish – bu alohida xodim va umuman korxona manfaatlari
maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan
tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar
tizimidir.
“Personalni boshqarish” fani mehnat munosabatlari va insonning
korxonadagi faoliyatini ilmiy tadqiq etib, ushbu ilmiy izlanishlar quyidagi
darajalarda olib boriladi: boshqaruv jarayonlari darajasi; korxona darajasi
va inson darajasi.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda, ham
alohida menejerlar, ham umuman butun boshqaruv apparatining faoliyat
turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi.
Xodimlar salohiyatini shakllantirish – bu personal mehnat
munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan
tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga Sohibqiron Amir
Temur va g‘arb olimlaridan A.Smit, F.Teylor, G.Emerson, A.Fayol, G.Ford
va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Personalni boshqarish zamonaviy yo‘nalishlari “inson resurslarini
boshqarish” tushunchasini qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish
ishlab chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: |