ishdan bo‘sh vaqtlarida yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga
oshirishga qaratiladi. Shu bilan birga xodimlarning ish joylarida o‘rindoshlikda
faoliyat yuritishlari, ularni boshqa xizmat vazifalariga o‘tkazish odatiy holatga
aylangan.
Boshqarishning “yaponcha modeli” personal faoliyatini muntazam ravishda
har taraflama chuqur baholab borishni taqozo etadi. Amaliyotda bu personal ish
haqini oshirish yoki uni mansab vazifasida yuqoriroq lavozimga ko‘tarish juda
sinchiklab tekshiruvlardan so‘ng amalga oshirilishini anglatadi. Bunda asosiy
e’tibor nomzodning yoshi, ish staji, ma’lumoti, jinsiga qaratiladi.
Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari
“inson resurs- larini
boshqarish” tushunchasini ham qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish ishlab
chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan. “Inson resurslari”
tushunchasi XX asr 70-yillarning oxiri va 80- yillarning boshida
“shaxsiy
Dostları ilə paylaş: