Bugungi kunda inson resurslarini boshqarishning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan tashqi va ichki muhitni o‘rganish, tahlil etishga hamda inson resurslarini
rejalashtirishga bog‘liqdir. Inson resurslari sohasidagi faoliyatning barcha
turlarida huquqiy me’yorlarning roli beqiyosdir.
Bular qatorida tashqi muhitning boshqa jihatlarini, shu jumladan mamlakat
ichkarisidagi va jahon bozoridagi raqobatni, demografik o‘zgarishlar va ishchi
kuchlari o‘zgarishini hamda umumiy iqtisodiy va tashkiliy tendensiyalarni
o‘rganish hamda tahlil etib borish talab qilinadi. Kompaniya yoki firma ichki
muhitining muhim xususiyatlari qatoriga korxona yoki tashkilot strategiyasi,
maqsadlari, yuqori daraja rahba- riyatning maqsad va qadriyatlari, mehnat
madaniyati va tarkibi kiradi.
Ushbu xususiyatlarni muntazam o‘rganib borish va tahlil etish kompaniya
yoki firma ehtiyojlarini ta’minlashni kafolatlash bilan bir qatorda, inson resurslarini
boshqarish bo‘yicha chuqur asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Inson resurslarini rejalashtirish qisqa muddatli va istiqbolli bo‘ladi.
Rejalashtirishda ish joylari uchun kerak bo‘lgan ishchi va mutaxassislar malakasi
va qobiliyatlarini aniqlash uchun kompaniya yoki firmadagi mehnat jarayonini
chuqur tahlil etish kerak bo‘ladi.
Inson resurslariga ehtiyojni rejalashtirishda yuqorida qayd etilgan jihatlarni
hisobga olish:
1.
Bugun qanday malakaga ega bo‘lgan va qancha miqdordagi personal kerak
hamda kelgusida qancha kerak bo‘lishini.
2.
Ana shunday personalni qaysi yo‘l bilan (ishchi va mutaxassislarni
tashqaridan jalb etish orqali yoki korxonada mavjud bo‘lgan ishchi kuchidan
foydalangan holda) ishga jalb etish.
3.
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash uchun qanday
o‘rgatuvchan va personalni rivojlantiradigan dasturlar zarur bo‘lishini aniqlash
imkonini beradi.
Kompaniya yoki firmaning inson resurslariga qo‘shimcha ehtiyoji ma’lum
bo‘lgandan so‘ng personalni tanlash yuzasidan amaliy ishga kirishiladi.
Dostları ilə paylaş: