Bugungi iqtisodiyotda personalni boshqarish (personal menejmenti) korxona
(tashkilot) darajasida ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish uchun shart-
sharoitlarni yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-
tadbirlar tizimidir.
Personalni boshqarishda xodimlardan yuksak samara olish, demakki,
korxona (tashkilot) faoliyatida yuksak pirovard natijalarga erishish ular qiziqishini
aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda o‘zgartirishga qaratilgan uzluksiz jarayondir.
Hozirgi sharoitlarda personal bilan ishlashning asosiy maqsadi yuksak mas’uliyat,
jamoa psixologiyasi, yuqori malaka, mulkdorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan shaxsni
shakllantirishdir.
Personalni boshqarishda
funksiya jihatidan kadrlar sohasidagi ishlar bilan
bog‘liq barcha vazifalar (masalan, kadrlarni tanlash, ulardan foydalanish,
malakasini oshirish, mehnatga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish va hokazolar)
tushuniladi.
Tashkiliy jihatdan esa bu tushuncha kadrlar bilan ishlash uchun mas’ul
bo‘lgan barcha shaxs va tashkilotlarni (masalan, rahbar xodimlar, kadrlar
bo‘limlari, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari) qamrab oladi.
1.1.
Personalni boshqarishning hozirgi davr yo‘nalishlari
Ma’lumki bozor iqtisodiyoti muttasil o‘zgarib borish xususiyatiga ega.
Shunday ekan korxona ham (agar u bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajada
samarali faoliyat ko‘rsatishga intilsa) nafaqat bu tashqi o‘zgarishlarga, balki
o‘zgarishlar sur’atiga ham tez moslasha olishga qodir bo‘lishi kerak.
Shu jihatdan an’anaviy korxona va yangi tipdagi korxonani farqlay olish
darkor.
Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari korxona ichki muhitida
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar (iqtisodiyotda, texno- logiyalarda, ijtimoiy sohada,
huquqiy munosabatlarda) bilan bog‘liqdir. Ularni quyidagi shaklda (1.3-rasm)
tasavvur etish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq ijtimoiy va huquqiy sohalardagi o‘zgarishlar
boshqaruvning yangi yo‘nalishlarini shakllantiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
Dostları ilə paylaş: