2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix01.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#82137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11

mamlakat va raiyat vaziri viloyat va tumanlardan to‘planadigan hosil, soliq-
o‘lponlar va obodonchilik masalalari bilan shug‘ullangan. Ikkinchi – vaziri sipoh, 
deb atalib harbiy ishlar vaziri hisoblangan. Saltanatda tijorat (savdo), moliya ishlari 
vazirlari bo‘lgan. Qolgan uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar 
boshqaruvini nazorat qilgan. Bu uch vazir saltanatning “xolisa”, deb yuritilgan 
bosh nazorat hay’atini ham tashkil etgan. 
Yetti vazir devonbegiga bo‘ysungan va u bilan bamaslahat davlatning 
moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. 
Mamlakat ma’muriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga bo‘linib, ular hokim, 
noib va tuman boshliqlari tomonidan boshqarilgan. Bu boshqaruv rahbarlarining 
aksariyati harbiylar-amirlar bo‘lgan. Har bir shahar va viloyatlarning moliya devoni, 


qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi bo‘lgan. 
Buyuk Sohibqiron ishning ko‘zini biladigan tadbirkor, qobiliyatli insonlarni 
yuksak qadrlagan. “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, jang 
ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi, mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki 
tajribali bir kishi minglab kishiga ishbuyuradi”
1

Amir Temurning boshqaruvni mukammal tashkil etishi, intizomga qat’iy 
rioya etilishi ulkan saltanatni muvaffaqiyatli idora etish, beqiyos bunyodkorlik 
ishlarini amalga oshirish imkonini berdi. 
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga. XVII–XVIII asrlardagi 
sanoat inqilobi juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi bilan 
korxonalar uchun manufaktura xo‘jaligi chegaralari juda torlik qilib qoldi. 
Fabrikalarni rivojlashtirish uchun sarmoyaga bo‘lgan ehtiyoj keskin o‘sdi. Bu esa 
aksiya kapitaliga keng yo‘l ochib berdi. Ana shunday sharoitlarda boshqaruv 
faoliyatining mushkullashib ketganligi bu sohada yo‘llanma boshqaruvchilar va 
mutaxassislarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aksiyador mulk egalari o‘z 
manfaatlarini amalga oshirish vakolatini, buning uchun zarur bo‘lgan barcha 
huquqiy me’yorlarni ishlab chiqqan holda boshqaruvchi menejerlar ixtiyoriga 
berdilar. Bu jamiyat taraqqiyotida g‘oyatda muhim bosqich bo‘ldi. 
1776-yilda shotlandiyalik olim, professor Adam Smit tomonidan nashr etilgan 
Xalqlarning boyligi tabiati va sabablarini tadqiq qilish” asari erkin bozorga ega 
bo‘lgan iqtisodiy jamiyat taraqqiyotining nazariy asosi, qisman ijtimoiy modeli 
bo‘ldi. Bu mumtoz asardagi shaxsiy rag‘bat va mehnatning chuqur taqsimoti g‘oyasi 
menejment nazariyasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. 
Amerikalik muhandis-mexanik Frederik Teylor ilmiy menej- mentning 
asoschisi hisoblanadi. Uning “Sex menejmenti” (1903) va “Ilmiy menejment 

Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin