qozisi, muftisi, mutavallisi va
muxtasibi bo‘lgan.
Buyuk Sohibqiron ishning ko‘zini biladigan tadbirkor,
qobiliyatli insonlarni
yuksak qadrlagan. “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, jang
ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi, mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki
tajribali bir kishi minglab kishiga ishbuyuradi”
1
.
Amir Temurning boshqaruvni mukammal tashkil etishi, intizomga qat’iy
rioya etilishi ulkan saltanatni
muvaffaqiyatli idora etish, beqiyos bunyodkorlik
ishlarini amalga oshirish imkonini berdi.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga.
XVII–XVIII asrlardagi
sanoat inqilobi juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi bilan
korxonalar uchun manufaktura xo‘jaligi chegaralari juda torlik qilib qoldi.
Fabrikalarni rivojlashtirish uchun sarmoyaga bo‘lgan ehtiyoj keskin o‘sdi. Bu esa
aksiya kapitaliga keng yo‘l ochib berdi. Ana shunday sharoitlarda boshqaruv
faoliyatining mushkullashib ketganligi bu sohada yo‘llanma
boshqaruvchilar va
mutaxassislarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aksiyador mulk egalari o‘z
manfaatlarini amalga oshirish vakolatini, buning uchun zarur bo‘lgan barcha
huquqiy me’yorlarni ishlab chiqqan holda boshqaruvchi
menejerlar ixtiyoriga
berdilar. Bu jamiyat taraqqiyotida g‘oyatda muhim bosqich bo‘ldi.
1776-yilda shotlandiyalik olim, professor Adam Smit tomonidan nashr etilgan
“
Xalqlarning boyligi tabiati va sabablarini tadqiq qilish” asari erkin bozorga ega
bo‘lgan iqtisodiy jamiyat taraqqiyotining nazariy asosi, qisman ijtimoiy modeli
bo‘ldi. Bu mumtoz asardagi shaxsiy rag‘bat va mehnatning chuqur taqsimoti g‘oyasi
menejment nazariyasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi.
Amerikalik
muhandis-mexanik Frederik Teylor ilmiy menej- mentning
asoschisi hisoblanadi. Uning “
Sex menejmenti” (1903) va “
Ilmiy menejment
Dostları ilə paylaş: